Ionli polimerlanish Monomerlarning ionli polimerlanish jarayoni katalizatorlar ishtirokida boradi. Ionli polimerlanish ham radikal polimerlanishga o'xshash zanjir reaksiyalardan iborat bo'lib, faqat o'sayotgan zanjir uchidagi radikal o'rnida kation yoki anion bo'ladi. O'sayotgan makromolekula o'zining musbat yoki manfiy zaryadlarini zanjir boylab uzatishi orqali polimer zanjirining o'sishiga imkoniyat tug'iladi. Shu sababdan o'sayotgan makroionning zanjir uchida hosil qilgan ionning zaryadiga qarab kationli va anionli polimerlanish sodir bo'ladi. Shunday qilib, ionli initsiatorlar yoki jarayon tezligini ionlar yordamida tezlashtiruvchi moddalar ishtirokida sodir bo'ladigan polimerlanish jarayoni i o n l i p o l i m ye r l a n i sh deyiladi. Organik modda molekulasi tarkibidagi uglerod atomining zaryadlangan zarracha ( ion holida mavjud bo'lishini Valden 1903, Tang 1921 yillarda ba'zi organik moddalarning eritmalarini elektr o'tkazuvchanlik xossalarini o'rganish natijasida aniqlagan edilar. Keyinchalik N. Berrum 1926 yilda ximiya faniga juft zaryadli ionlar tushunchasini kiritdi. Faynman naftalinning natriyli tuzining EPR spektrini o'rganib, organik anionlarning metall atomlari bilan ion jufti holidatmavjud bo'lishini fizikaviy usullar yordamida isbotladi. Shunday qilib, fanda yuqori reaktsion aktivlikka ega bo'lgan ionlar ta'sirida yuqori molekulyar birikmalar olish usuli ishlab chiqildi va uning asosida ko'p miqdorda sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan polimerlar ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, ionli polimerlanish jarayonida faqat vinil monomerlari asosidagina emas, balki tarkibida aldegid, nitril, oksid gruppalari bo'lgan monomerlar asosida ham yuqori molekulyar birikmalar olish mumkin bo'ldi. Ionli polimerlanishning qulayliklaridan biri polimerlanish jarayonini nihoyatda past haroratda olib borish imkonini ( 50 dan 1300 C) beradi. Ion - koordinatsion polimerlanish. Stereoregulyar polimerlar. Ikki yoki uch komponentli ion komplekslar ta'sirida monomerlarning polimerlanib stereoregulyar tuzilishga ega bo'lgan yuqori molekulyar birikmalar hosil qilish jarayoni i o n k o o r d i n a ts i o n p o l i m ye r l a n i sh deyiladi. Ion - koordinatsion komplekslarining monomer molekulasi bilan o'zaro ta'sirlashuvi natijasida qutblangan monomer geterolitik parchalanib aktiv markaz, qutblangan monomer kompleksini hosil qiladi. Ion koordinatsiyasi tuzilishiga ega bo'lgan yuqori darajada faol maxsus katalizatorlarni Tsigler va Natta katalizatorlari deyiladi. Ular davriy sistemadagi 1 11 gruppa metallarining alkil hosilalari 1V V11 gruppalardagi d - metallarning hosilalari bilan hosil qilgan kompleks birikmalardir. Bunday maxsus fazoviy tuzilishga ega bo'lgan katalizator ta'sirida dien uglevodorodlar va olifenlar past haroratda ham katta tezlikda polimerlanib, makromolekula zanjiri qat'iy tartibli fazoviy tuzilishga ega bo'lgan polimerlar hosil qiladi. Sanoatda qo'llaniladigan bunday katalizatorlardan eng ko'p tarqalgan alyuminiy organik birikmasining titan xlorid bilan hosil qilgan kompleksidir; bu kompleks hosil bo'lishini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin: AL (C2 H5)2 CL + Ti CL3 ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.33 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.33 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: doc