Ionlovchi nurlar ta'sirining struktura-metabolik asoslari Reja: hujayralarda struktura metabolik o'zgarishlar. Organizmning yangi nurlanishda ruy beradigan biologik jarayonlar. Uglevod va milidlar almashinishining buzilishi. Total nurlanishda menerallar almashishlarning buzilishi. Ionlovchi nurlarning turli maqsadda, tirik hujayralardan to organizmlargacha ta'sirini o'rganishda ma'lum umumiy qonuniyatlar aniqlangan. Ularning eng ahamiyatlilari kuyidagilar: hayotiy jarayonlarning chuqur buzilishi, xatto organizmning ulishi juda kichik miqdorda yutilgan energiyadan kelib chikadi va odamzod bu ta'sirni sezmaydi. Nur ta'sir etgandan to biologik o'zgarishlarning klinik belgilari namoyon bulguncha ma'lum vaqt utadi. Ya'ni pastradiatsion o'zgarishlar rivojlanishining yashirin davri mavjud va uning davomiyligi yutilgan dozaga teskari bog'lanishga ega. Yutilgan doza ortishi bilan yashirin davr qisqarib boradi va aksincha. Yuzaga keluvchi biologik o'zgarishlarning chuqurligi dozaga o'zgarishlarning klinik turi nurning tanada tarqalishiga bog'liq. qayta nurlashlarda biologik o'zgarishlarning kumulyatsiyasi ruy beradi. Biologik effekt, avvalgi nurlashdan yuzaga kelgan o'zgarishlar koldigi bilan kushilib chuqurlashadi. har xil mavjudot turlari, hujayralar, to'qimalar, organlar individiumlar nurga turlicha ta'sirchanlikka ega. hujayraning faoliyati - nafas olishi, o'sishi, muhit o'zgarishlariga ta'sirchanligi bo'linish i - uning kichik strukturalari - yadro, mitoxondriyalar, ribasomalar, lizasoma va boshqalarning funksiyasiga bog'liq. Evolyutsiya jarayonida organellalar funksiyasining differentsiyasi ruy bergan. Ularning xar biri ma'lum bir funksiyani bajaradi. M: mitoxondriyalar asosan oksidlanish jarayonlari hisobiga makroergik moddalar ishlab chikaradi va u hujayraning boshqa organellalarini energiya bilan ta'min etadi; ribosomalarda maxsus oqsil va fermentlar sintezi amalga oshadi. Bu jarayonlar ergastoplazmaning eruvchan RNK-si va yadroning informatsion RNK-si ishtrokida yuzaga keladi; yadro DNK-si kod tarikasida mujassamlashgan irsiy informatsiyani saqlash va uni tsitoplazmaga va kiz hujayraga uzatish funksiyasini bajaradi. hujayra bo'linish i, kupayishi va rivojlanishi kabi murakkab jarayonlarda bir vaqtda ko'p organellalar ishtirok etadi. Yuzaki karaganda hujayraning hayotiy faoliyatida qandaydir bir struktura eng muhim va u xamma funksiyalarni boshqaruvchidek tuyuladi. hujayra yadrosi, undagi xromosomalar va spetsifik makromolekulalar -DNK shunday muhim ahamiyatli strukturalar hisoblanadilar. Ammo yadro, xromosomalar va DNK bajaruvchi funksiyalar kanchalik muhim bulmasin, bu funksiyalar mitoxondriyalar tomonidan hosil kilinadigan makroergik moddalar va hujayrani yuzlab mikrostrukturalarida hosil bo'luvchi birikmalarsiz amalga oshmaydi. Ular orasida DNK-makromolekulasi holatlarini nazorat qiluvchi moddalar bor. hujayra hayoti va faoliyati, uning ichki strukturasining o'zaro aloqasi hamda tashqi muhit bilan aloqaga bog'liq. tashqi muhit hujayra strukturalari va undagi modda almashinuviga ta'sir kursatadi va ularda ma'lum o'zgarishlar keltirib chikaradi. Ionlovchi radiatsiya, tashqi muhitning odatdan tashqari kuchli ta'sirchan faktori sifatida hujayradagi modda almashinishini buzadi, turli strukturalarda emirilishlar chikaradi, unga javoban hujayrada moslashuv va tiklanishdan iborat turli o'zgarishlar ruy beradi. Bu o'zgarishlarning chuqurlik darajasi, nurlanish shart-sharoitlari (doza, nurning turi) va organizmning reaktivligiga bog'liq. hujayralarda struktura-metabolik o'zgarishlar hujayra yadrosidagi o'zgarishlar. hujayra yadrosi, moddalarning murakkab strukturali ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.69 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.69 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: doc