Ionlovchi nurlarning oliy o'simliklarga va jonli dunyoning boshqa turlariga ta'siri Reja Ionlovchi nurlarning o'simliklarga ta'sirining umumiy tavsifi. o'simliklarga nur ta'sirining fizikaviy va kimyoviy mexanizmlari. Yadro nurlarining qishloq xo'jalik zararkunandalariga ta'siri va ularga qarshi kurashda qo'llash. Ionlovchi nurlarning davolash maqsadida kullanishining radiobiologik asoslari. Ionlovchi nurlarning qishloq xo'jaligida qo'llashga bo'lgan ehtiyoj o'simliklarga nur ta'siri, mexanizmlarni o'rganishni takozo qiladi. hujayralardagi modda almashinuvning asosiy jarayonlari anaerob va aerobli glikoliz, Krebs trikarbon sikli, oksidlovchi fosforlanish, nuklein kislotalar, oksidlar, fermentlar sintezi hayvonlar va o'simliklarda ko'p jihatdan o'xshash. Ammo o'simliklarda hujayralarning umumiy tuzilish sistemasi, modda almashinishi boshqarilishining hayvonlarga nisbatan ancha soddaligi ularda nur ta'sirida yuzaga keluvchi dastlabki o'zgarishlarni kuzatishni osonlashtiradi. Ionlovchi nurlarning o'simliklar urugiga, yosh nixollarga, voyaga etgan o'simliklarga ta'siri, turli nurlash sharoitlarida kuzatilgan. o'simliklarga nur ta'sirini, ularni maxsus gamma-maydonchalarda o'tkir va surunkalarni nurlab, yoki ularga radioaktiv moddalar kiritib urganilgan. Radiatsion effekt, asosan o'simliklarning o'sish va rivojlanish tezligining o'zgarishi, shoxlanishi, ular tuzilishida morfologik o'zgarishlar paydo bo'lishi, shishsimon usmalar rivojlanishi, o'simliklarning ulishiga karab belgilanadi. Tsitologik tekshirishlarda radiatsiya ta'sirida mitotik indeksning o'zgarishi, xromosoma aberratsiyalarning soni, o'simlik hujayralari yadrosi va tsitoplazmasidagi o'zgarishlar urganilgan. Nurlangan o'simliklar yangi naslida mutantlar, sterillik paydo bo'lishi va hosildorlikga e'tibor berilgan. hujayra nafas olishi, fotosintez, oksidlovchi fosforlanish, nuklein kislotalar va modda almashinishining boshqa kursatgichlariga radiatsiyaning ta'siri, hujayraning fizika-kimyoviy xarakteristikasi-o'tkazuvchanlik, ekzoosmos, plazma harakati, elektr o'tkazuvchanlik biopotentsiallar nur ta'sirida o'zgarishi kuzatilgan. tadqiqotlar ko'rsatishicha, o'simliklar radiatsiya ta'siriga hayvonlarga nisbatan ancha chidamli. Issik konli hayvonning yetuk yoshlilari bir miyorda, qisqa muddatli umumiy nurlanish sharoitida 10 gr atrofidagi nur ta'siridan uladi. Sovuk konlilar uchun letal doza - 15-40 gr. Voyaga etgan o'simliklarda bir necha ming Gr nur ta'sir etganda xam birorta seziladigan o'zgarish yuzaga kelmaydi. o'simliklarning har xil turlarining nurga ta'sirchanligi turlicha. Masalan: Gamma nurli maydonchalarda surunkali nurlab o'tkazilgan tajribalarda o'simliklarning tashqi morfologik o'zgarishlari, rivojlanishdan qolishi, majruxliklar kelib chiqishi e'tiborga olinadigan bulsa, ba'zi o'simliklarda (Tradescantia paludosa, Lilium Longifarum - udlennennaya liliya) rivojlanishining buzilishi surunkali nurlashda 0,3-0,5 gr kunlik dozadan yuzaga kelsa, gladioluslar kunlik doza 50-60 r-ga teng nur ta'sirida kuchsiz o'zgarishlar namoyon kiladilar yoki mutlok o'zgarish kuzatilmaydi. Dastlab olimlar o'simliklarning turlicha radiosezgirligi ularda xromosomalar soniga bog'liq bulsa kerak deb faraz kilganlar, ammo keyingi kuzatuvlar o'simliklar nurga ta'sirchanligining ularda xromosomalar soniga bog'liq emasligini kursatdi. M: Pisum sativum - (14 xromosoma) zararlovchi doza- 080 gr. Trifolium repens - (16 xromosoma) zararlovchi doza- 300 gr. Sinapis alba - (18 xromosoma) zararlovchi doza- 920 gr. Cannabis satila - (20 xromosoma) zararlovchi doza -075 gr. Helianthus annuus (34 xromosoma) zararlovchi doza -050 gr. o'simliklar xromosomalarining ploidligi ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.82 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.82 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: doc