Ionlovchi nurlarning turlari, manbalari va birliklari

Ionlovchi nurlarning turlari, manbalari va birliklari

O'quvchilarga / Kimyo
Ionlovchi nurlarning turlari, manbalari va birliklari - rasmi

Material tavsifi

Ionlovchi nurlarning turlari, manbalari va birliklari Reja: Ionlovchi nurlarning turlari. Ionlovchi nurlarning manbalari va xossalari. Radiologik kattaliklar, birliklar. Radiatsiyani qayd qilish prinsiplari va dozimetriya usullari. Ionlovchi nurlardan saqlanishning fizik usullari va radioaktiv moddalardan tozalanish. Radioaktiv ifloslanishdan saqlash va uni bartaraf qilish Ionlovchi nurlarning turlari. Ionlovchi nurlar tabiati bo'yicha ikki katta guruhga-korpuspulyar va kvant nurlarga bulinadi. Korpuspulyar nurlar o'ta mayda, elementar zarrachalardan tartib topgan. Eslatma. Moddiy muhit atom va molekulalardan tarkib topgan. Atom kimyoviy bulinmaydigan eng kichik zarracha bo'lib, (atom - bulinmas demakdir) tuzilishi - musbat zaryadli, ogir yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan tarkib topgan. Atom yadrosi nuklonlar deb atalmish (nukleus - yadro) zarrachalardan tarkib topgan. Nuklonlar ikki xil, musbat zaryadli zarachalar - protonlar va zaryadsiz zarrachalar -neytronlardan iborat. Proton va neytronlar massasi atom massa birligiga, ya'ni 1ga teng. Protonlar zaryadi +1ga teng. Elektronlar zaryadi -1, massasi o'ta kichik, 11837 atom massa birligiga teng zarrachalardir. Atom massasini belgilashda elektron massasi e'tiborga olinmaydi. Elektronlar, protonlar, neytronlar elementlar zarrachalar hisoblanadi, ulardan atomlar tarkib topadi. Bu zarrachalar, alohida yoki turli nisbatda boglangan holatda, nur sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Proton va neytronlar tugal zarrachalar bulmay, yanada kichik zarrachalardan tarkib topgan, hozirgi paytda 40 ga yaqin zarrachalar tafovutlanadi. Al'fa (α) nurlar - tarkibi geliy atomi yadrosiga o'xshash, 2 proton va 2 neytrondan iborat zarrachalar oqimi (42Ne). Al'fa zarrachaning massasi 4 atom massa birligiga teng, zaryadi +2. Bu nur asosan tabiiy radioaktiv moddalar (uran, radiy, toriy, poloniy, rodon va boshqalar) dan tarkaladi. Al'fa zarrachalarning muhitdan utuvchanligi kichik bo'lib, energiyasiga bog'liq holda havoda 1-16 sm (o'rta hisobda 10 sm), yumshoq to'qimalarda bir necha un mikronni tashkil qiladi (0,1 mm-dan oshmaydi) al'fa nurlar odam terisining shox qatlamida deyarli tulik tutilib koladi. Al'fa zarrachalar muhitdan utayotib atom elektronlariga tuknashib, ularni orbitadan urib chikaradi va buning uchun o'rta hisobda 35 EV energiya sarf qiladi. Radioaktiv atomlardan uchib chikuvchi al'fa-zarrachalar energiyasi 2-11 MEV (milion EV) ni tashkil qiladi. Zarrachalar muhitdan to'g'ri yo'nalish bilan utadi, o'z yo'lida dastlab nisbatan siyrak, uning nixoyasida o'ta zich ionlar - ionizatsiya ustuni hosil qiladi. Al'fa nurlari vositasida tashqaridan nurlash biologik o'zgarishlar chakirmaydi, chunki bu nurlar yutilgan terining shox qatlami ulik hujayralaridir. Aksincha, al'fa nuri manbasining organizmga kirishi (ichki nurlash) chuqur o'zgarishlar keltirib chikaradi. Bu sharoitda, nur tirik hujayralar orqali utadi, unda kuchli ionizatsiya va biologik o'zgarishlar chakiradi. Beta nurlar (β) asosan manfiy zaryadli zarrachalar - elektronlar (e-) yoki ularning aks zarrachasi pozitronlar (e+) okimidir. Bu nurlar yengil zarrachalarga kiradi. Aksariyat beta nurlar sun'iy radiaktiv moddalardan tarkaladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.19 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.19 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga