Isaak Platonovich Tsukervanik (1901 -1968) Isaak Platonovich Tsukervanik - kimyo fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi. 1927 yildan 1968 yilgacha hozirgi O'zbekiston Milliy universiteta organik kimyo kafedrasida assistent, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. O'z zamonasining katta olimi bo'lgan I.P. Tsukervanik o'zida mohir pedagoglik va lektorlik qobiliyatlarini mujassam-lashtirgan o'qituvchi edi. U uzining ma'ruzaparida fanning eng yangi yutuqlaridan foydalanib, g'oyat maroqli dare olib borganligidan uning ma'ruzalariga nafaqat talabalar, balki boshqa kafedra va institut xodimlari ham kelib tinglashar, ilm va pedagogik mahoratlarini oshirar edilar. I.P. Tsukervanikning ilmiy ishlari aromatik birikmalarni alkillash va atsillash reaksiyalarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, bu sohada u katta yutu kd ar ga erishgan. Olim alkillash va atsillash reaksiyalarining obyekta sifatida benzol, naftalin, antratsen, fenantren va uning gomologlari, bir va ko'p atomli fenollar, naftollar va ularning metil- va etil- efirlari, benzol yadrosida turli o'rinbosarlar bo'lgan aromatik birikmalardan foydalangan. Alkillovchi agentlar sifatida spirtlar, galoidal-kanlar, galoidalkenlar, aril-, arilalkil-, sikloalkilgalo-genidlar, olefinlar, atsetilen birikmalari, o'zida ikkita funksional guruh tutgan (galoidefirlar, akrilonitril, digaloid birikmalar, galoidkislotalar va h.k.) birikmalardan ham foydalangan. Reaksiyalarning katalizatorlari sifatida proton kislotalar (sulfat kislota, fosfat kislota, polifosfat kislota va b.), aproton kislotalar (alyuminiy xlorid, temir xlorid, boshqa metall xloridlari, bor ftorid, alyuminiy va mis bromidlari), metall kukunlarini ishlatgan. I.G7. Tsukervanikning dastlabki ilmiy ishlari professor S. N. Naumov rahbarligida o'simliklar tarkibidagi efir moylarini o'rganishga bagishlangai va bu ishlar asosida u1930 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. I. P. Tsukervanik aromatik birikmalarni alyuminiy xlorid ishtirokida spirtlar bilan alkillash reaksiyalarini batafsil o'rganib, bu reaksiyaning mexanizmini aniqlagan va reaksiyada oraliq mahsulot sifatida alyuminiy alkoksixloridlari hosil bo'lishini ko'rsatib bergan. Bu ma'lumotlar o'z vaqtida organik kimyo darsliklariga kiritilgan. Uning bu sohadagi ilmiy ishlari «Aromatik birikmalarni spirtlar bilan alkillash» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasiga kiritilgan (1940 yil). I. P. Tsukervanik 1933-1968 yillar avomida hozirgi UzMU organik kimyo kafedrasining mudiri, 1938-1943 yillarda kimyo fakultetining dekani, 1943-1945 yillarda universitet koshida tashkil topgan Kimyo institutining direktori, 1944-1945 yillarda universitet prorektori bo'lib ishlagan. 1945-1962 yillarda O'zFA Kimyo institutida tashkil etilgan organik sintez laboratoriyasining mudiri, 1962-1968 yillarda O'zFA O'simlik moddalari kimyosi instituti organik sintez laboratoriyasining ilmiy maslahatchisi bo'lgan va kishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun ko'plab biologik faol birikmalar olish ishlariga rahbarlik qilgan. I.P. Tsukervanik Ikkinchi jahon urushi yillarida streptotsid, sulfidin, saxarin kabi tibbiyot preparatlarini, dizel yoqilg'isi, pikrin kislotasi kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonlariga bosh - qosh bo'lgan. I.P. Tsukervanik Boku shahrida tug'ilgan bo'lsa-da, uning o'quvchilik yillari Qo'qon shahrida o'tgan. Qo'qonda u o'kigan o'rta maktabga uning nomi berilgan. I.P. Tsukervanik rahbarligida 47 ta ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.96 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.96 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: docx