Ishchilarda sog'lom turmush tarzi asoslari. Shaxsiy gigiyena

Ishchilarda sog'lom turmush tarzi asoslari. Shaxsiy gigiyena

O'quvchilarga / Kimyo
Ishchilarda sog'lom turmush tarzi asoslari. Shaxsiy gigiyena - rasmi

Material tavsifi

Ishchilarda sog'lom turmush tarzi asoslari shaxsiy gigiyena Reja: Ishchilarda sog'lom turmush tarzi asoslari Badan gigiyenasi va badanni chiniqtirish Psixogigiyenaning zamonaviy muammolari Ishchilarda sog'lom turmush tarsi asoslari Insonlarning hayot tarzi, ularning sanitariyaga doir bilimdonligi, bu bilimlarni kundalik turmushda qo'llay olishlari va unga qat'iyan rioya qilishlari, o'z organizmlari va badanlariga bo'lgan ongli munosabatlari, o'z salomatliklariga bo'lgan munosabatlari sog'liqni saqlashdagi eng muhim sharoitlar hisoblanadi. Ana shu elementlar salomatlikni, jismoniy va ruhiy faollikni, uzoq umr ko'rish, umrni uzaytiruvchi omillar hisoblanadi. Xar bir muayyan shaxsning salomatligi birinchi navbatda uning hayot tarziga, ana shu turmush tarzi elementlariga ongli yondoshishiga bog'liqdir. Shular bilan bog'liq holda aytish lozimki, sog'lom turmush tarzining asosida atrof muhitda bor bo'lgan barcha omillarning organizmga ta'sir etish mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lish, ana shu omillardan o'zining salomatligi uchun foyda keltiradigan tomonlaridan samarali foydalanaolishi muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun bugungi kundagi shaxsiy gigiyena tushunchasi avvaldan bizga ma'lum bo'lgan tushunchadan biroz farq qiladi. Bugungi kundagi shaxsiy gigiyena - xar bir odam (shaxs)ning kundalik turmushdagi turli tuman gigiyenik qoidalarning o'ziga xos jihatlariga og'ishmay rioya qilishi demakdir. Ammo, shu bilan bir qatorda gigiyenik bilimlarga ega bo'lgan xar bir odam o'zining salomatligi va mehnat qobiliyatini o'zi bemalol boshqara oladi, biroq xammamizga ma'lum bo'lgan atrof muhit omillari shunchalik turli-tumanki, ularning xammasini bir odam boshqara olmasligi xam mumkin. Gigiyenik bilimlarga ega bo'lgan xar bir ongli odam o'zining kundalik ovqatlanish tartibi va ovqatli moddalarning sifat va miqdor ko'rsatkichlarini bilishi va unga og'ishmay amal qilishi, kun tartibiga rioya qilish , mehnat va dam olish sharoitlarini yaratishi, o'zining badani, kiyimkechagi, turar-joylarini toza saqlashi, badanini chiniqtirishi uchun tabiiy omillardan unumli foydalana olishi, jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishi, zararli odatlarga o'rganmaslik, oilada va ish joylarida eng muvofiq psixologik munosabatlarni o'rnatish, odamlar bilan o'zaro munosabatlarni yaxshilash kabilarni o'zi boshqarishi mumkin. Keltirilgan omillarning tutgan o'rnini to'g'ri baholash va bu omillardan o'zining salomatligi uchun ijobiy foydalalanoladigan odamlardan hozirgi kundagi keng tarqalgan kasalliklarni kamaytirish mumkinligini kutish mumkin. Odamlarning sog'lom turmush tarzini shakllantirish xar qanday davlatdagi sog'liqni saqlash tizimining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. O'zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan va Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikaida istiqomat qiluvchi barcha fuqorolarning salomatligini muhofaza qilish haqidagi qonunning 2 bandida aytilganidek fuqorolarning sog'lom turmush tarzini shakllantirish vazifasi bejiz emas. Shundan kelib chiqqan holda bugungi kundagi umumiy turli yo'nalishdagi shifoqorining ish rejasida aholi o'rtasida tushuntirish, sanitariya-oqartuv ishlari uning faoliyatidagi asosiy vazifalardan biri bo'lib qolishi kerak. 18.2 Badan gigiyenasi va badanni chiniqtirish. Badan gigiyenasi (badan terisi, soch, og'iz bo'shlig'i va tishlar, badanni chiniqtirish) odamlarning salomatlik holatlarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.54 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.54 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga