IV guruhning P-elementlari Reja: 1. Umumiy xarakteristika 2. Uglerod birikmalari, xossalari 3. Kremniy, xossalari birikmalari 4. Germaniy, Kalay, Kurgoshin. IV guruhning r-elementlarini uglerod - C, kremniy - Si, germaniy- Ge, kalay Sn va kurgoshin- Pb tashkil qiladi. Bulardan uglerod va kremniy metallmaslar, germaniy, kalay va kurgoshin metallar jumlasiga kiradi. Bu elementlar o'z birikmalarida ikki xil +2, +4 ga teng oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Ugleroddan kurgoshinga utgan sayin, bu elementlarning +2 ga teng oksidlanish darajasi mustahkamlana boradi. Uglerod va kremniy faqat CO va SiO dagina +2 ga teng oksidlanish darajasiga ega. Bu ikki element uzlarining kupchilik birikmalarida +4 ga teng oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Bu gruppacha elementlari vodorod bilan RH4 tipidagi gazsimon birikmalar hosil qiladi. Bu birikmalarning barqarorligi ugleroddan kurgoshinga utgan sayin kamayib boradi. Uglerod - tartib rakami 6, elektron konfigurasiyasi 1s22s22p6. barqaror izotoplari 12C (tabiiy uglerodning 98.89%) 13C (tabiiy uglerodning 1.11%), 14C uglerodning radioaktiv izotopi bo'lib, uning yarim yemirilish davri 5600 yil. Uglerodning bu izotopi havoning ustki qavatlarida azotning neytronlar bilan tuknashuvi natijasida hosil bo'ladi: 14N + 1n -- 1H + 14C Uglerod tabiatda kalsiy va magniy karbonat minerali xolida hamda, kumir, neft va tabiiy gazlar tarkibida uchraydi. Erkin xoldagi uglerod ikki xil allatropik shakl o'zgarish: olmos va grafit hosil qiladi. Olmos rangsiz tinik modda bo'lib, uning zichligi 3.5gsm3 ga teng. U tabiiy moddalarning eng kattigidir. Olmosning shishani kesishi, tog jinslarini burgilaydigan asboblar sifatida ishlatilishi uning qattiqligiga asoslangan. Olmosning juda qattiq bo'lishiga sabab: kristall panjaradagi uglerodning xar bir atomi uzidan teng oralikda va muntazam tetraedrning uchlarida turgan boshqa to'rtta uglerod atomi bilan kovalent bog'langandir. hozirgi vaqtda olmos sun'iy yul bilan 200°S ga yaqin harorat va 100 atm bosim ostida grafitdan hosil qilinadi. Olmos kimyoviy ta'sirlarga juda chidamli, 800°S da kislorod ishtirokida kizdirilganda yonib CO2 ga o'tadi. U havosiz joyda kizdirilganda grafitga aylanadi. Grafit to'q kul rang tusli, kristallar ichida eng yumshoq modda bo'lib, olmosdan 1.5 marta yengil U juda yaxshi issiqlik va elektr o'tkazuvchidir. Sunggi vaqtda grafit yadro reaktorlarida neytronlar harakatini susaytiruvchi vosita hamda elektrodlar tayyorlashda ishlatilmokda. Uglerodning allotropik ko'rinishlari kimyoviy jihatdan inertdir. Masalan, olmos oddiy sharoitda kimyoviy reagentlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. yuqori haroratda unga kuchli oksidlovchilar; kislorod, zar suvi, nitrat kislota ta'sir etib, uni CO2 ga qadar oksidlaydi. Grafit olmosga nisbatan kimyoviy ta'sirlarga chidamsiz. Sanoatda uglerodning metallar bilan birikmalari - karbidlar katta ahamiyatga ega. Metallar bilan uglerod faqat yuqori haroratda reaksiyaga kirishadi. Aktiv metall karbidlaridan amalda eng ko'p uchraydigani CaC2. U kalsiy oksidi va kumir aralashmasini elektr toki yordamida ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: doc