Izobutilen. Izobutilenning kimyoviy xossalari Izobutilen olishning о'ziga xos usullaridan tashqarii etilen singari kо'p yoki oz miqdorda turli xil uglevodorodlarni yuqori haroratli о'zgartirish jarayonlarida hosil bо'ladi. Kreking gaz tarkibida, xususan neftni gaz fazali krekingida hosil bо'lgan gaz tarkibida 40% gacha izobutilen bо'ladi. Bu gazni past haroratli rektifikatsiyalash orqali 4 ta uglerodli uglevodorodlar ajratib olinadi va bu fraksiya izobutilen ishlab chiqarish uchun xomashyo hisoblanadi. Neopentanning pirolizi jarayonida ham yuqori unum bilan izobutilen hosil bо'ladi: Izobutilen etilen va propilen bilan birgalikda metilsiklopentanning pirolizida ham hosil bо'ladi. Undan tashqarii izobutilenni uchlamchi butil guruhi tutgan aromatik uglevodorodlarni termik parchalanishi mahsuloti tarkibidan ajratib olish mumkin. Diizobutilenning 216-428 0S da turli xil katalizatorlar ishtirokidagi depolimerlanishidan ham izobutilen hosil bо'ladi, masalan kaolin katalizatorligida: Butenning izobutilenga izomerlanishi kislotali katalizatorlar ishtirokida olib boriladi. Reaksiya Aniq muvozanat holatda amalga oshiriladi. Masalan, agar jarayon 300 0S da olib borilsa hosil bо'lgan izobutilen konsentratsiyasi n-butenlarning birgalikdagi konsentratsiyasiga teng bо'ladi. Reaksiyaning mexanizmi quyidagicha tushuntiriladi: dastlab qо'shbog'ga proton birikadi, keyin esa erkin holatdagi elektron juftlari hisobiga metil guruhi kо'chib о'tadi va proton qayta ajraladi: Sanoatda izobutilen asosan kreking gaz tarkibidan suyultirilgan sulfat kislotaga adsorbsiyalantirilib ajratib olinadi. Chunki izobutilen boshqa gazlarga nisbatan sulfat kislota bilan juda oson ta'sirlashib uchlamchi butilsulfat kislota hosil qiladi va qayta butilen hosil bо'ladi. Sovutilganda 65% li sulfat kislotaga izobutilen tо'liq (miqdoriy) adsorbsiyalanadi. -10 dan +15 0S gacha oraliqda adsorbsiyalanganda izobutilenning polimerlanishi juda kam bо'ladi. Jarayon konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida olib borilsa, birinchidan kuchli darajada sovutish talab qilinadi, ikkinchidan izobutilendan boshqa gazlar ham adsorbsiyalanishi mumkin. Bu usulda izobutilen olish uchun kreking-gazning butan-buten fraksiyasi ishlatiladi. Tabiiy gazga boy davlatlarda izobutilen ushbu xomashyodan ham olinadi. Tabiiy gaz tarkibi qazib olinish joyiga qarab turlicha bо'ladi va asosan metan, etan, propan, n-butan, izobutan, pentanlar va oz miqdorda yuqori uglevodorodlardan tashkil topadi. Past haroratli fraksiyalash yoki sulfat ksilotaga adsorbsiyalash yordamida alohida fraksiya ajratib olinadi va sо'ngra qayta ishlanadi. Sanoatda izobutilen ishlab chiqarishning uchinchi usuli butan fraksiyasidan degidrogenlash orqali butilen olish va undan izomerlash orqali izobutilen olishdir. Degidrogenlash jarayoni alyuminiy oksidiga о'tkazilgan xrom oksidi katalizatorligida 500 0S da, havo atmosferasida olib boriladi. Mahsulot tarkibida 25% gacha butilen, undan tashqarii vodorod, past molekulyar uglevodorodlar va reaksiyaga kirishmagan butan bо'ladi. Butan ajratib olinib jarayonga qaytariladi, butilen esa izobutilen olish uchun yuboriladi. Izobutilen ksilotali katalizatorlar yordamida polimerlanishga ham uchraydi. Buni oldini olish uchun butilen suv bug'i bilan aralashtirilgan holda reaktorga yuboriladi. Bu esa uning polimerlanishini oldini oladi. Ikki jarayonni, ya'ni butanning degidrogenlanishi va butilenning izomerlanishini bir bosqichda ham amalga oshirish mumkin. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
340.2 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
340.2 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: doc