Izomeriya va tautomeriya

Izomeriya va tautomeriya

O'quvchilarga / Kimyo
Izomeriya va tautomeriya - rasmi

Material tavsifi

Izomeriya va tautomeriya Reja: 1. Izomeriya tushunchasining paydo bo'lish tarixi 2. Tuzilish izomeriya 3. Funksional guruh izomeriyasi 4. Holat izomeriya 5. Metameriya 6. Fazoviy izomeriya 7. Tautomeriya va tautomeriya turlari Izomeriya tushunchasini fanga birinchi bo'lib 1830 yilda Ya. Bertselius kiritgan. U vino kislotasini o'rganish jarayonida umumiy atom tarkibi bir xil bo'lgan turli moddalarni kuzatgan. Bu hodisani Ya. Bertselius oddiy atomlarnnig murakkab atomda turlicha joylashishi natijasida yuzaga keladi deb tushuntirgan. A.M. Butlerov tomonidan organik moddalarning tuzilish nazariyasi kashf etilgandan keyin izomeriya hodisasining sabablarini asoslab berish mumkin bo'ldi. Izmeriya tushunchasi grekcha isos -teng va meros qism degan so'zlardan olingan bo'lib atom tarkibi va molekulyar massasi bir xil bo'lgan, lekin tuzilish va shunga mos ravishda xossalari ham turlicha bo'lgan moddalarning mavjud bo'lish hodisasidir. Bugungi kunda izomeriya tushunchasiga aniq ta'rif berilgan va uning bir nechta turlari kashf etilgan. 1. Izomeriya tushunchasining paydo bo'lish tarixi 2. Tuzilish izomeriya Skelet izomeriya yoki uglerod zanjiri izomeriyasi. Bu turdagi izomeriya barcha sinf birikmalarida uchraydi. To'yingan uglerodlarda skelet izomeriya butandan boshlanadi. Butanning ikki xil skelet izomeri mavjud n-butan va izobutan Takidlanganidek tuzilish izomeriyasi barcha sinf birikmalarida uchraydi quyida biz bunga bir nechta misollar keltirib o'tamiz. sikloparafinlarda: Tuzilish izomeriyaning o'ziga xos ko'rinishi bu valent izomeriyadir. Valent izomeriyada bog'larni o'zgartirish bilan bir izomerdan ikkinchisini hosil qilish mumkin Bu turdagi izomeriya sinflar orasida uchraydi yani izomer birikmalar bir bir bilan funksional guruhga farqlanadi. Bunday izomeriyaning eng oddiysi alken-sikloalkan izomeriyadir. Bu birikmalar bir-biridan qo'shbog' va halqa bilan farqlanadi. 3. Funksional guruh izomeriyasi 4. Funksional guruhning holat izomeriyasi Funksional gruhning holat izomeriyasi ham tuzilish izomeriyasiga o'xshash bo'lib, unda bir xil uglerod skeletini tutan birikmalarda alkil guruhlar, funksional guruh, qo'shbog' yoki uchbog'larning holati o'zgarishi bilan izomerlar hosil qilinadi. Masalan To'yingan uglevodorodlarda alkil guruhlarning o'rnin almashtirish bilan yangi izomer moddalarni keltirib chiqarish mumkin Spirtlarda gidroqsil guruhining o'rnini almashtirish bilan birlamchi spirtlardan ikilamchi spirtlarni hosil qilish mumkin. Bu ham o'z navbatida funksional guruhning holat izomeriyasiga misol bo'la oladi. 5. Metameriya Tuzilish izomeriyaning o'ziga xos turi bo'lib, geteroatom bilan ajratilgan bir nechta uglevodorod radikallari orasida uglerod atomining turlicha taqsimlanishidir.Metameriya bir qator alifatik oddiy, murakkab efirlar, tiospirtlar va aminlar qatorida kuzatiladi. Izomeriyaning bu ko'rinishi A.M. Butlerov tomonidan ham kuzatilgan. Oddiy efirlardagi metameriya: 6. Fazoviy izomeriya . Geometrik izomeriya. Alkenlarda tuzilish izomerlari va qo'shbog'ning holat izomeriyasi bilan bir qatorda geometrik izomeriya ham uchraydi. Geometrik izomeriyannig yuzaga kelishining asosiy sababi qo'shbog' tutgan uglerod atomlarida turli xil o'rinbosarlarning bo'lishi va qo'shbog'ni uzmasdan turib bir holatdan ikkinchi holatga o'tish mumkin emasligidir, boshqacha qilib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:39 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga