Izomeriya va uning turlari 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 3-mavzu Kimyoviy tuzilish nazariyasini asosiy qoidalarning ikkinchi bandida moddalarning xossalari faqat ularning tarkibiga bog'liq bo'lmay, balki molekulada atomlarining o'zaro birikish tartibiga ham bog'liqligi qayd qilingan. Bu qoida organik birikmalarda ko'p uchraydigan izomeriya hodisasining mohiyatini ochib beradi. Izomeriya tushunchasi kimyo faniga XIX asrning 30-yillarida shved olimi I. Berselius tomonidan kiritilgan. A.M. Butlerov uglevodorodlar molekulasining tuzilishini o'rganib, butan molekulasidan boshlab, molekula tarkibidagi atomlar turli tartibda bog'lanishi mumkin, degan xulosaga keldi. Umumiy formulasi C4H10 bo'lgan butanda uglerod atomlari ikki xil tartibda, ya'ni to'g'ri va tarmoqlangan zanjir shaklida joylashgan bo'lishi mumkin. Molekulasini tarkibi bir xil, lekin ularda atomlarni o'zaro birikish tartibi ya'ni tuzilishi har xil bo'lsa bunday moddalarni turli moddalar deb qarash kerak va ular xossalari bilan farqlanadilar. Masalan, bu ikki modaning qaynash temperaturalari har xil. Umumiy formulasi C5H12 bo'lgan pentanni o'rganib, A.M. Butlerov tuzilishi bilan farqlanadigan uch xil modda bo'lishi mumkinligini aytdi. Molekuladagi atomlarni soni ortishi bilan izomerlar soni ham ortib boradi (geksanda - 5 ta, geptanda - 9 ta izomer bor) Keyinchalik izomeriyani boshqa turlari ham aniqlanib fanga kiritildi. 1. Tuzilish yoki zanjir izomeriyasi; 2. 3. 4. Holat izomeriyasi; Sinflararo izomeriya; Geometrik izomeriya Bizlar izomeriyaning quyidagi turlari bilan tanishib o'tamiz. Tuzilish (zanjir) izomeriyasi bilan yuqoridagi butan va pentan misolida tanishib chiqdik. Ko'rganimizdek, ularda uglerod atomlari bir-birlari bilan bog'lanib tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan zanjirlarni hosil qiladilar. Holat izomeriyasi to'yingan uglevodorod molekulasidagi o'rinbosarlar (galogenlar) yoki funksional guruh o'rniga bog'liq bo'ladi. Holat izomeriyasini yana bir ko'rinishi to'yinmagan uglevodorodlarda uchraydi va qo'shbog'ni yoki uchbog'ni nechanchi uglerod atomlarida joylashgani bilan farqlanadilar. Sinflararo yoki funksional guruhlar izomeridyiamsie tuilmasuemtilieyn formulasi bir xil bo'lgan, lekin har xil sinfga kiradigan moddalarda uchraydi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.18 MB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.18 MB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: pptx