iZomorfizm Va Uning Turlari izomorfizm Izomorfizm -(yunoncha izo-o'xshash va morphe - shakl ma'nosini anglatadi) Kimyoviy tarkibi va kristall strukturasi bir-biriga yaqin jinslarning o'zgaruvchan tarkibli birikmalar (aralash kristallar) hosil qilish qobiliyatiga Izomorfizm deyiladi. Izomorfizm hodisasini birinchi marta 1819-yil nemis kimyogari E. Mitcherlix aniqlagan. Izomorfizm tabiiy mineral va kristallarda keng tarqalgan bo'lib, yer po'stining turli termodinamik zonalarida uchraydi. Elementlarning o'zaro izomorf aralashma hosil qilishi ular atom radiusining kattaligi, kristallokimyoviy xususiyatlari va tabiiy termodinamik sharoitlarga bog'liq. Tekshirishlar natijasida izovalentli (bir xil valentli) va geterovalentli (har xil valentli) izomorfizmlar borligi aniqlangan. Izomorfizm aralashmalari cheksiz va cheklangan bo'ladi. Cheklangan izomorfizmda elementlar o'zaro ma'lum miqdordagina aralashma hosil qila oladi. Izomorfizm hodisasidan mineral, kristall va rudalar tarkibidagi elementlarning qanday holatda joylashganligini, shuningdek, sintez usulida olingan, zamonaviy texnikada qo'llaniladigan yarim o'tkazgichlar, ferromagnetiklar, pyezo va segnetoelektriklar, lazer materiallari xossalarini aniqlashda foydalaniladi. Izomorfizm Har xil tarkibli kristallangan moddalarning kristall strukturasi bir xil bo'lib, tarkibi uzluksiz o'zgaruvchan aralashmalar hosil qilish qobiliyati ko'p jihatdan izmorfizmga, ya'ni kimyoviy elementlarning o'xshash tarkibli kimyoviy birikmalarda bir-birini almashtira olish xususiyatiga asoslanadi. O'zgaruvchan tarkibli birikmalarda strukturani o'zgartirmay bir atomning (yoki ionning) o'rnini ikkinchi bir atom (yoki ion) almashtirgan holda izomorfizmga xos bo'ladi. Izomorfizmning ikki holati mavjud Birinchisi oddiy bo'lgan ya'ni bir xil valentli elementlarning o'rin almashishi bilan sodir bo'ladigan izomorfizm. Izomorfizmning bu turi izovalent izomorfizm deyiladi. Ikkinchisi murakkab bo'lgan, ya'ni turli valentli elementlarning o'rin almashishi bilan sodir bo'ladigan izomorfizm, buni geterovalent izomorfizm deyiladi. Elementlarning atom va ionlari qay miqdorda izomorf o'rin almashishiga bog'liq ravishda, izomorfizm mukammal yoki chegaralangan bo'lishi mumkin. Bir elementning o'rnini ikkinchi bir element 100% gacha bo'lgan miqdorda almashtirib egallasa u holda mukammal izomorfizm, agarda bir element ikkinchi bir elementning o'rnini qisman ya'ni 0,01% dan bir necha protsentgacha egallasa u holda chegaralangan izomorfizm yuzaga keladi Bir elementning o'rnini ikkinchi bir element qisman egallagan holda, formulada bu elementlar qavs ichiga olinib, vergul orqali ajratiladi. Ko'proq protsentni tashkil qilgan element avval yoziladi. Bunga misol qilib volframit (Fe, Mn)[WO4] mineralini olsak, bu mineral ferberit (Fe[WO4]) bilan gyubneritning (Mn[WO4]) izomorf aralashmasidan iborat. Bu bir xil valentli elmentlarning o'rin almashishiga, ya'ni izovalent izomorfizmga misol bo'lad Izomorfizmning ikkinchi mukammal bo'lgan turi, geterovalent izomorfizmga, ya'ni turli xil valentli elementlarning o'rin almashishi bilan sodir bo'ladigan izomorfizmlarga dala shpatlari gruppasidagi plagioklazlarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Plagioklazlarda Ca va Al ning juft atomlari, Na va Si ning juft atomlari bilan almashib (Ca2+Al3+↔Na1+Si4+) uzilmas minerallar qatorini tashkil qiladi. Bu qatorning chekka qismlarini albit (Na[AlSi3O8]) va anortit (Ca[Al2Si2O8]) tashkil qiladi. Izomorf almashinishlar tabiiy va sintetik kristall moddalarda ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: pptx