Izopren. 2,3-dimetilbutadiyen-1,3 Izopren (2-metilbutadiyen-1,3) rangsiz suyuqlik, qaynash harorati340C. UNINg havo bilan 1,7-11,5 hajmiy nisbatdagi aralashmasi portlash xususiyatga ega.Uning eng muhim xususiyati va ishlatilish sohasi sintetik kauchuk olishda uchun ishlatilishidir.Undan tashqari izopren butilkauchuk olishda ham qо'llaniladi.Bunda u izobutilen bilan oz miqdorda sopolimerizasiyaga uchratiladi.Keyingi vaqtlarda uning eng muhimishlatilish sohasi sereoregulyar tuzilishga ega poliizopren kauchugi olish bо'lib qolmoqda. Bu kauchukni olish uchun izopren metallorganik katalizatorlar ishtirokida polimerlanadi. Izopren birinchi marta 1860 yilda ingliz kimyogari Villyams tomonidan tabiiy kauchukni haydab parchalash mahsuloti tarkibidan ajratib olingan.1879 yilda esa Butard izoprenni polimerlab tabiiy kauchukka о'xshash modda sintez qilgan.Bu esa о'sha davrda etilendan keyingi ma'lum bо'lgan polimer hosil qiluvchi modda bо'lib, olingan natijalar asosida yuqori molekulyar birikmalar kimyosi fani va platsik massa ishlab chiqarish sanoati kelib chiqdi. Izoprenni ishlab chiqarish kо'p bosqichli bо'lganligi uchun tannarxi qimmatga tushadi.shuning uchun u kam miqdorda ishlab chiqariladi va aralash polimerlar olish uchun qо'llaniladi. Izopren olishning kо'p usullari mavjud.Izobutilen va formaldegiddan Prins reaksiyasi bо'yicha ham izopren sintez qilish mumkin.jarayon ikki bosqichda amalgam oshiriladi.Birinchi bosqichda izobutilen va formaldegiddan sulfat kislota ishtirokida m-dioksanning hosilasi-4,4-dimetil-1,3-dioksan olinadi: Hosil bо'lgan birikma yuqori haroratda suv bug'i ta'sirida kislotali katalizator ishtirokida gidrolizlanadi va formaldegid ajratib glikol, u degidratatsiyalanib izopren hosil qiladi. Izoprenning unumi formaldegid bо'yicha 75%ga, izobutilen bо'yicha 83%ga etadi. Neft mahsulotlari krekingidan hosil bо'lgan engil benzinpentan-izoamil) fraksiyasini degidrogenlab ham olish mumkin.Bunda datslab pentan-izoamil fraksiyasini aralshmasidan izoamilenlar 60-65%li sulfat kislotaga adsorbsiyalantirib ajratib olinadi.(n-amilenlar adsorbsiyalanmaydi) Tabiiy gaz tarkibidan ajratib olingan izopentanni degidrogenlab izopren olish ham oraliq izoamilenlar hosil bо'lishi bilan boradi. Ayrim usullar bо'yicha olingan izoprenning qiyosiy tannarxi quyidagicha;propilen demeridan-1: izobutilen va formaldegiddan-1,2-1,6: atseton va atsetilendan-,15 va metiletilketon va formaldegidda-1,8 Neft va tabiiy gaz mahsulotlarinidegidrogenlab izopren olish sanoatda asosiy о'rin tutsada, boshqa usullar ham qо'llaniladi. 2.5 2,3-dimetilbutadiyen-1,3 Ikita qо'shbog' tutgan tо'yinmagan uglevodorodlarni olishning umumiy usullaridan biri mos ravishdagi tо'yingan uglevodorodni degidrogenlashdir.lekin2,3-dimetilbutansimmetrik tuzilishga ega bо'lganligi uchun degidrogenlanganda 2,3-dimetilbutadiyen-1,3 juda kam miqdorda hosil bо'ladi. Dimetilbutadiyenni 2,3-dimetil-2,3digalogen butanni degidrigenlab olish mumkin.reksiya boshlang'ich moddalarni ishqor ta'sirida yoki suvsiz sirka kislota kaliy atsetat ishtirokida qizdirish orqali olinadi: 2,3-dimetil butyl-1-ol-3ni degidratasiyalab ham 2,3 dimetil butadiyene-1,3 olish mumkin.Jarayon suyultrilgan mineral kislotalar ishtirokida haydash orqali ham amalga oshiriladi.Undan tashqari katalitik usulda, ya'ni gaz fazada bosim otsida alyuminiy yoki alyuminiy oksidi ishtirokida qizdirish orqali ham olinadi: Reaksiya dastlab ikkita gidroksil guruhning bromga aylanishi va keyin ikki molekula vododrod bromide ajralib chiqishi bulan boradi. Dimetilbutadiyen oz miqdorda bо'lsada propanoldan ham olinadi.Bunda asosiy mahsulot bilan burga etilen, propilen, metilpenten va propion aldegid ham hosil bо'ladi. Labaratoriyada va sanoatda ham dimetilbutadiyen olishning ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.41 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.41 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: doc