Jigar biokimyosi

Jigar biokimyosi

O'quvchilarga / Kimyo
Jigar biokimyosi - rasmi

Material tavsifi

Jigar biokimyosi Reja: 1. Jigarning moddalar almashinuvidagi boshqaruvchiligi. 2. Jigarning mochevina va o't hosil qilish funksiyasi. 3. Jigarda moddalarning zararsizlantirilishi. 4. Jigar hastaliklari va ulardagi biokimyoviy o'zgarishlar. 1. Jigarning moddalar almashinuvidagi boshqaruvchiligi. Jigar organizmning modda almashinuvida ishtirok etuvchi markaziy a'zolaridan birini tashkil etadi. U oshqozon-ichak yo'lida hazm bo'lgan moddalarni qopqa vena orqali qabul qilib, umumiy qon aylanish doirasiga o'tkazib berishda muhim vazifalarni bajaradi. Jigar quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshirishda qatnashadi: Uglevodlar almashinuvida. Oqsillar almashinuvida va ular almashinuvining oxirgi mahsuloti bo'lgan siydikchil sintezida. Yog'lar almashinuvida va ularning hazm bo'lishida zarur omil bo'lgan o't kislotalar sintezi va o't hosil qilishda. Boshqa a'zolar uchun zarur bo'lgan moddalar sintezida, ya'ni glyukoza, keton tanachalar va qon plazmasi oqsillarining sintezlanishida. Organizmda modda almashinuvi jarayonlarida hosil bo'ladigan va tashqi muhitdan organizmga tushgan zaharli moddalarni zararsizlantirishda. Metabolizm natijasida hosil bo'lgan ayrim moddalar (xolesterin, o't kislotalari, o't pigmentlari va boshqa moddalar)ni ichakka ajratib turishda. Qon aylanishini boshqarishda, ya'ni qopqa vena sistemasini umumiy qon aylanish sistemasi bilan bog'lashda. Qon yaratuvchi markaziy a'zo sifatida (embrionlarda). Qonning ivish jarayonini fibrinogen, protrombin va geparin ishlab chiqarish yo'li bilan boshqarishda. Provita'minlarni vita'minlarga aylantirishda. Temirni tashuvchi transferrin va ferritinlarni sintezi va boshqa vazifalarni bajarishda ishtirok etadi. Jigar oziq moddalar - uglevodlar, lipidlar, oqsillar, vita'minlar va qisman suv-mineral moddalarning almashinuvida ishtirok etadi. Uglevodlar almashinuvining boshqarilishi - jigar hattoki ochlik vaqtida ham qonda glyukoza miqdorini doimiy saqlab turuvchi yagona organ hisoblanadi. Jigardagi glikogenoliz va glyukoneogenez jarayonlarida ishlab chiqilgan glyukoza qonga o'tkaziladi va avvalo nerv to'qimasi faoliyati uchun sarflanadi, u ortiqcha miqdorda jigarga tushganda glikogen holatida to'planadi. Lipidlar almashinuvining boshqarilishi jigarda turli xil lipidlar (xolesterin, triatsilglitserin, fosfoglitserid, sfingomiyelin va boshqalar) biosintezi bilan shartlangan bo'lib, ular qonga tushadi va boshqa to'qimalarga taqsimlanadi. Jigarda ovqat bilan birga kirgan xolesteringa nisbatan ko'p xolesterin sintezlanadi: har kuni ovqat bilan birga 0,3-0,5 g xolesterin iste'mol qilinadi, jigarda esa sutkasiga 2-4 g xolesterin hosil bo'ladi. Lipidlarning organ va to'qimalarga taqsimlanishi jigar orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari jigarda yog' kislotalarning parchalanishi natijasida keton tanachalari hosil bo'lib, ular jigardan tashqari organlarda energiya manbai sifatida foydalaniladi. Oqsillar almashinuvining boshqarilishi jigarda oqsillarning jadal biosintezi va aminokislotalar oksidlanishi hisobiga amalga oshadi. Bir sutkada odam organizmida 80-100 g oqsil hosil bo'lib, shundan yarmisi jigarning faoliyatiga tog'ri keladi. Jigarda albumin, fibrinogen, protrombin, xolinesteraza, transport oqsillari - ferritin, serulloplazmin, transkortin kabilar sintezlanadi. Jigarda ayniqsa aminokislotalar almashinuvi faol kechadi: almashinadigan aminokislotalar biosintezi, aminokislotalardan oqsil bo'lmagan azotli birikmalar sintezi, aminokislotalarning ammiak hosil qilib oksidlanishi. Ochlik davrida jigar o'zining rezerv oqsillarini boshqa to'qimalarni aminokislotalar bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 13.61 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 13.61 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga