Kaliy rudalarini mexanik boyitish yo'li bilan kaliy xlorid olish Reja: Kaliy rudalarini mexanik boyitish yo'li bilan kaliy xlorid olish Silg'vinitli rudalarni qayta ishlashning fizik-kimyoviy asoslari Silg'vinitdan kaliy xlorid ishlab chiqarish Kaliyli o'g'itlar. Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan va yer ostidan qazib olinadigan kaliy birikmalarining deyarli barchasi (95% dan ortiq qismi) mineral o'g'it sifatida ishlatiladi. Ular xlorli, sul'fatli va boshqa holatda bo'ladi. Xlorli kaliyli o'g'itlarga: silg'vinit, kainit,tabiiy rudalarni qayta ishlash kontsentrlangan mahsulotlari - kaliy xlorid va ularning kontsentrlangan kaliyli mahsulotlar bilan aralashmasi kiradi. Xlorsiz kaliyli o'g'itlarga esa: kaliy sul'fat, kaliy va magniy sul'fatlarning qo'shaloq tuzi - kaliymagneziya (unda oz miqdordagi kaliy va natriy xloridlari qo'shimchasi bo'ladi); kainit-langbeynit rudalarini flotatsion boyitish yo'li bilan olinadigan kaliy-magniyli kontsentrat kiradi. Kaliyli mahsulotlar va xom ashyolarning sifati ulardagi kaliy (K2O hisobida) miqdori orqali aniqlanadi. Kaliyli mahsulotlar sanoatining asosiy mahsuloti kaliy xlorid bo'lib, ularning 95% qismi mineral o'g'it sifatida ishlatiladi. Qolgan 5% qismi kaliyning - KON, KSlO3, K2CO3, KNO3, KCN va boshqa birikmalariga aylantiriladi. Ular qora va rangli metallurgiyada, qurilishda, shisha ishlab chiqarishda, qog'oz, lak-bo'yoq, charm oshlash sanoatlarida, farmatsevtikada va boshqa sohalarda ishlatiladi. O'g'it sifatida yanchilgan silg'vinit, aralash o'g'it (kaliy xlorid va yanchilgan silg'vinit aralashmasi) va kaliy xlorid ishlatiladi. Yanchilgan silg'vinit tarkibida 22% KCl (14% K2O) bo'lib, o'lchami 4 mm dan yirik bo'lgan zarrachalar 20% dan ortmasligi kerak. Aralash o'g'it tarkibidagi K2O miqdori 40% dan kam bo'lmaydi va N2O 2% dan oshmasligi lozim. Tarkibida 52,4% KSl (63,1% K2O) bo'ladigan kaliy xlorid - rangsiz kubsimon kristallardan iborat bo'ladi. Uning zichligi 1990 kgm3 bo'lib, 776OS da suyuqlanadi. Kaliy xloridning tabiiy minerali - silg'vin va rudalari tarkibida qo'shimchalar bo'lganligi sababli rangli bo'ladi. Kaliy xloridning 20OS dagi to'yingan eritmasida - 25,6% va 100OS dagi to'yingan eritmasida esa - 35,9% KSl bo'ladi. Texnik kaliy xloridning sifati GOST 4568-83 bo'yicha belgilanadi. Texnik shartlar bo'yicha u mayda kristall, donador va yirik kristalli holatida 1-, 2- va 3navlarda ishlab chiqariladi. Ularda navlariga muvofiq ravishda 95, 92 va 90% KCl bo'ladi. Mayda kristall holatida ishlab chiqariladigan mahsulotda namlik 1% dan oshmasligi lozim, donador mahsulot namligi esa 0,5% atrofida bo'lishi mumkin. Donador mahsulotda 1-4 mm li donachalarning miqdori 80% (quruq o'g'it ishlab chiqarish uchun esa 90%) bo'lishi, 7 mm dan yirik donachalar bo'lmasligi va 1 mm dan mayda donachalarning ulushi 5% dan oshmasligi kerak. Qishloq xo'jaligida o'g'it sifatida donador, murakkab o'g'itlar ishlab chiqarishda esa kukun holatidagi kaliy xlorid ishlatiladi. Kaliy sul'fat K2SO4 - rangsiz kristall modda bo'lib, rombik () va geksagonal () shakllarda bo'ladi. Kaliy sul'fat -shaklining -shaklga ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
141.96 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
141.96 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: docx