Kaliy sulfat ishlab chiqarish

Kaliy sulfat ishlab chiqarish

O'quvchilarga / Kimyo
Kaliy sulfat ishlab chiqarish - rasmi

Material tavsifi

Kaliy sul'fat ishlab chiqarish Reja: Polimineral rudalarni qayta ishlash Rudalarni qayta ishlashning boshqa usullari Konversiya usulida kaliy sul'fat olish Kaliy sul'fat. Kaliy sul'fat olish usullarini ikki guruhga bo'lish mumkin: 1 - usul. Bu usul 'olimineral kaliy sul'fatli rudalarni galurgik, flotatsiyali yoki kombinatsiyalangan sxemalarda qayta ishlashga asoslangan. 2 - usul. Bu usul natriy, magniy, ammoniy, kalg'tsiyning sul'fatli tuzlari, sul'fat kislota va boshqalar bilan kaliy xloridning konversiyalanishiga asoslangan. Bundan tashqari ayrim kimyoviy jarayonlarda (masalan, alunitni qayta ishlashda) qo'shimcha mahsulot sifatida kaliy sul'fat hosil bo'ladi. Polimineral rudalarni qayta ishlash. Dunyoda xlorid-sul'fatli turdagi eng yirik kaliyli ruda (zahirasi 2,5 mlrd.t) koni 'rikar'atiyada joylashgan. Rudaning kimyoviy va mineral tarkibi murakkab bo'lganligi uchun uni qayta ishlash anchagina qiyin kechadi. Bunda Na+, K+, Mg2+ SO42-, Cl-, H2O sistemasida tuzlarning o'zaro eruvchanligi hisobga olinib, qayta ishlashni turlicha sxemalarda olib borilishi mumkin. Sul'fatli sxema (13 - rasm) uch bosqichdan iborat: 1) rudani asosiy mahsulotlar - kaliy sul'fat va kalimagneziyaga qayta ishlash; 2) langbeynitli qoldiqni qayta ishlash va flotatsiyalash; 3) shyonit shelokidan kaliy tuzlarini ajratib olish. Rudani -5 mm gacha maydalangach (0,1 mm dan kichik zarrachalar 5% dan ko'p emas), oldindan 70-90OS haroratgacha isitilgan - shyonit kristallantirilishidan so'ng hosil bo'ladigan natriy xloridga to'yingan eritma va quyqumni yuvishdan hosil bo'ladigan oqava bilan qayta ishlanadi. Bunda oson eriydigan (silg'vinitdan KCl, shyonitdan K2SO4*MgSO4*6H2O, karnallitdan KCl*MgCl2*6H2O, kainitdan KCl*MgSO4*3H2O, leonitdan K2SO4*MgSO4*4H2O va b.) tuzlar eritmaga o'tadi. Qisman (10-30% yomon eriydigan (langbeynitdan K2SO4*MgSO4 va kazeritdan MgSO4*H2O) tuzlar ham eritmaga o'tadi. CHo'kindida esa asosan galit NaCl va langbeynit, ozroq miqdorda kazerit, 'oligalit K2SO4*MgSO4*2CaSO4*2H2O, gi's CaSO4*2H2O, angidrit CaSO4*2H2O va boshqalar bo'ladi. 13 - rasm. 'rikar'atiya polimineral rudasini qayta ishlash sxemasi. Quyqum cho'ktirilgandan so'ng issiq shelok birinchi tindirgichdan vakuumkristallantirish qurilmasiga shyonitni ajratib olish uchun yuboriladi. NaCl siz toza shyonitni kristallantirish uchun shelokka suv, shyonitni 'archalab kaliy sul'fat olishda hosil bo'ladigan eritmalar, shuningdek«sunhiy kainit» deb ataladigan flotatsiyalash bo'linmasidan keladigan langbeynitli shelok qo'shiladi. SHyonitning kristallanishi 20OS da tugallanadi. Olingan sus'enziya quyultiriladi va filg'trlanadi. Bir qism eritma rudani eritishga, qolgan qismi esa tozalangan xlormagniyli shelok ishlab chiqarish uchun va kaliyli tuzlarni ajratib olishga ishlatiladi (buni xlormagniyli sikl deyiladi). U quyidagicha kechadi: 1) osh tuzi ajratilishi bilan amalga oshiriladigan shelokni bug'latishning birinchi bosqichi; 2) shyonitli siklga yoki rudani eritishga qaytariladigan KCl, NaCl va MgSO4 aralashmasi - «sunhiy kainit» ni kristallantirish bilan amalga oshiriladigan bug'latishning ikkinchi bosqichi; 3) 25% li CaCl2 eritmasi bilan kainitli shelokni sul'fatsizlantirish; 4) «sunhiy kainit» ni kristallantirish bosqichiga qaytariladigan KCl, NaCl va MgCl2 aralashmasi - «sunhiy karnallit» ni kristallantirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 54.31 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 54.31 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga