KIRISh Qishloq xo'jalik ekinlaridan mo'l-ko'l hosil olish garovi - ularni to'liq va etarlicha oziqlantirishdir. O'simliklarning hayoti uchun yorug'lik, issiqlik, suv va ozuqaviy moddalar juda zarurdir. Bu shartlarning barchasi teng qimmatli va juda keraklidir. O'simliklarning ozuqaviy moddalarga bo'lgan ehtiyoji - o'simlikning turi va bu moddalarning shakllariga bog'liq bo'ladi. O'simlik tarkibiga 70dan ortiq kimyoviy elementlar kiradi, lekin ularning 16tasi hayot faoliyati uchun juda muhimdir. Chunonchi, shunday elementlar qatoriga organogen deb ataluvchi: uglerod, kislorod, vodorod va azotlar kiradi. Undan tashqari, kul elementlari :-fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy va oltingugurt -va mikroelementlar, : bor, temir ,kobolt,mis ,rux va marganetslar kiradi Ko'm-ko'k (yashil) o'simlikka atmosferadan o'tadigan asosiy elementlar - uglerod, kislorod va vodorod hisoblanadi. Bu uch element ulushiga o'simlik quruq og'irligining 93,5% to'g'ri keladi: yani uglerod - 45%, kislorod - 42% va vodorod 6,5%. Mineral o'g'itlarning ahamiyat Azot (N) o'simliklarning rivojlanishi va oqsil moddalarini hosil qilishi uchun eng muhim element hisoblanadi. Oqsil tarkibida azot miqdori 15-19% atrofida bo'ladi. Azot xlorofill tarkibiga kiradi. Azot fotosintezda, o'simlik va hayvonlar organizmida fermentlar-katalizatorlar jarayonlarida qatnashadi. Azot tuproqqa ammiak, amid va nitrat shakllarida kelib tushadi, azot shaklining samaradorligi o'simlikning biologik xususiyati va undagi uglevodlar miqdoriga bog'liq. Uglevod miqdori etarli bo'lmaganda, o'simlik aminokislotalar va oqsillar hosil qilish uchun azotni ishlata olmaydi. Azot etishmaganda, boshoqli o'simliklarning g'ujlanishi, mevali va reza meva ekinlarning gullashi kamayadi, oqsil miqdori va hosildorlik kamayadi. Fosfor (R) - o'simliklarni oziqlantirishda asosiy elementlaridan biridir, u hujayralarning yadrosi, fermentlar, vita'minlar va boshqa muhim birikmalar tarkibiga kiradi. Fosfor uglevodlar va azotli moddalarga aylanish jarayonlarida qatnashadi. Fosfor o'simliklarda organik va mineral formalarda ishtirok etadi. Fosforning mineral birikmalari (ortofosfor kislota tuzlari) uglevodlar va boshqa biokimyoviy jarayonlar sintezida qo'llaniladi. Bu jarayonlar qand lavlagi va uzumda shakar yig'ilishiga, kartoshka tugunaklarida kraxmal yig'ilishiga ta'sir etadi. O'simlikning fosfatga bo'lgan kuchli yetishmovchiligida poya va barglarning o'sishi, urug' hosil bo'lishi to'xtaydi va to'qimalarining qurib qolishi boshlanadi. Fosfor o'simlikning rivojlanishini tezlashtiradi, uning qishga chidamliligini oshiradi. Fosfor, ayniqsa, yosh o'simliklar uchun muhimdir. Kaliy (K) - o'simlikning uglevod va oqsil almashinuvida eng muhim fiziologik rol o'ynaydi, azotning ammiakli formada o'zlashtirilish sharoitlarini yaxshilaydi. O'simlikni kaliy bilan oziqlantirish - o'simlikning alohida organlarini rivojlanishi uchun kuchli omil hisoblanadi. Kaliy hujayra sharbatida shakar to'planishiga imkon yaratadi, bu esa o'simlikning qishga chidamliligini oshiradi, tomir taramlarining rivojlanishi, hujayralarning qalinlashishiga imkon beradi. Undan tashqari, poyaning mustahkamligini oshishiga olib keladi va ularni yotib qolishga chidamliligini oshiradi. Kaliy kartoshka tugunaklarida kraxmal miqdorini, qand lavlagi ildizlarida shakar miqdorini oshiradi. Kaliy don, sabzavot ekinlari, paxta tolasi, kanop va zig'ir tolasining sifati va turli mevalar(uzum, ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.73 MB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.73 MB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: ppt