Kaliy va murakkab o'g'itlarni olinishi, xossalari va ishlatilishi

Kaliy va murakkab o'g'itlarni olinishi, xossalari va ishlatilishi

O'quvchilarga / Kimyo
Kaliy va murakkab o'g'itlarni olinishi, xossalari va ishlatilishi - rasmi

Material tavsifi

Kaliy va murakkab o'g'itlarni olinishi, xossalari va ishlatilishi Reja: 1. Kaliyning o'simliklar uchun ahamiyati va uning tuproqdagi miqdori. 2. Kaliy o'g'itlarining olinishi, xossalari va ishlatilishi. 3. Murakkab o'g'itlarni xossalari va ishlatilishi. 4. O'gitlardan qishloq xo'jaligida foydalanish. Tayanch iboralar: Kaliy, fiksatsiyalangan kaliy, harakatchankaliy, kaliyli o'gitlar, kaliy elorid, kaliy sulfat, kalimagneziya, karnallit, potash, kul,tsement changi. 1. Kaliy o'simliklar hayotida muhim fiziologik rol uynaydi. Kaliy o'simliklardagi biror organik birikmalar tarkibiga kirmaydi. Kaliyning fotosintez, oksidlanish protsesslari intensivligiga va o'simlikda organik kislotalar hosil bo'lishiga ijobiy ta'sir etadi, uglevod va azot almashinuvida ishtirok etadi. Kaliy etishmaganda o'simlikda oqsil sentizi sekinlashadi, natijada azot almashinuvi umuman buziladi, oddiy uglevodlarning ancha murakkab uglevodlarga aylanishi tuxtab koladi. Kaliy shakarlarining birglaridan boshqa organlarga oqib utishini kuchaytiradi, uglevod almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarning, jumladan, saxaroza va amilazaning aktivligini oshiradi. Kaliy ta'sirida o'simliklarning sovukka chidamligi ortadi, bu xil shakarlar miqdorining kupligi va hujayralarda osmotik bosimining kutarilishi bilan bog'liq. Kaliy bilan etarli darajada ozi±lantirilganda o'simliklar turli kasalliklarga chidamli bo'ladi. Kaliy mexanik elementlar, naysimon tutamlar va lub tolalarining rivojlanishiga yordam beradi. Shuning uchun poyalarning baquvvat va yotib kolmaydigan bo'lishiga, ziІir va kanop tolalarining miqdori hamda sifatiga ijobiy ta'sir etadi. Kaliy etishmaganda reproduktiv organlarining rivojlanishi tuxtaydi, sxonalar va boshlang'ich tup gullar rivojlanmay koladi, don puch bo'ladi va unib chiqish darajasi pasayadi. Kaliy reproduktiv organlarga nisbatan vegetativ organlarga ko'p bo'ladi. tuproqlarda kaliy (K2O) miqdori ularning xiliga karab 0,5 dan 3 % gacha bo'ladi. tuproqning xaydalma qatlamida K2O ning umumiy zaxirasi bir ga yerga 50-75 ming kg to'g'ri keladi, lekin kaliyni asosiy kismi (98-99%) tuproqda erimaydigan va o'simliklar qiyin uzlashtiradigan birikmalar xolida bo'ladi. Almashinuvchi kaliy o'simliklarning oziqlanishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Almashinuvchi kaliyni o'simliklar oson uzlashtirishga sabab uning boshqa kationlar bilan almashganida eritmaga oson utish va o'simliklarga yaxshi singishidir. 2. Kaliy xlorid-KSI tarkibida 53,7-60 % K2O bo'ladi. Kaliy xlorid tuz minerallari tarkibida uchraydi. Silvinitdan KSI donalari sirtiga adsorbtsiyalanadi, NaCI kristallari esa chukib tushadi. Kaliy xlorid asosiy kaliyni o'g'it, xar qanday tuproqda va barcha ekinlarga ishlatish mumkin. 40 % li kaliy tuz kaliy xloridni maydalab tuyulgan silvinit yoki kainit bilan mexanik ravishda aralashtirib olinadi. Bu o'g'it natriyni xoxlaydigan va xlorga unchalik ta'sirchan bo'lmagan kand lavlagi va xashaki ildiz mevalilar uchun juda samaralidir. Kaliy sulfat-K2SO4 tarkibida 46-50% K2O bo'ladi. tashqi ko'rinishidan kulrang tusli mayda kristall, tuz suvda eriydi. Tabiiy sulfatli kaliy tuzlaridan K 2SO4 ni ajratish yo'li bilan olinadi. Bu o'g'it gigroskopik emas, mushtlashib kolmaydi, uni xar qanday tuproqda va barcha ekinlarga ishlatish mumkin. Kul elementi o'simlik kuydirilgandan keyin tushadigan kul ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.73 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.73 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga