Kaliy xlorid ishlab chiqarish texnologiyasida qo'llaniladigan karboksimetilsellyuloza namunalarining tarkibi va fizik kimyoviy xossalarini tadqiq etish mavzusidagi Mundarija Kirish……3-6 I Bob. Adabiyotlar sharhi 1.1. Tabiiy yuqori molekulyar birikmalar va ularning ayrim xossalari ….7-17 1.2. Tabiiy polimerlar qovushoqligining o'ziga xos jihatlari…….……17-24 II Bob. Tajribalar qismi 2.1. Кarboksimetilsellyuloza olish usuli ……25 2.2. Karboksimetilsellyuloza olishning konversion usuli……25-26 2.3. Karboksimetilsellyulozaning 5% li 60 ml eritmasini tayyorlash….27 II Bob. Natijalar va ularning muhokamasi 3.1. Karboksimetilsellyuloza olishning konversion usuli…….27-33 3.2. Karboksimetilsellyuloza eritmalarining xossalari……33 3.3. Karboksimetilsellyulozaning qo'llanilishi……34 3.4. Natriykarboksimetilsellyuloza ( Na-KMS) ning fizik-kimyoviy qovushqoqlik konstantalarini o'rganish…….36 Xulosa…… Foydalanilgan adabiyotlar…… KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Tabiiy polimerlarni yurtimizda katta miqdorlarda ishlab chiqarilishi, ularni qayta ishlashning turli xil texnologiyalarini joriy etishni taqoza etadi. Eng ko'p miqdorda ishlab chiqariladigan paxta sellyulozasini amaliyotga keng ko'lamda qo'llash uchun uning suvda eruvchan hosilalari sintez qilinadi. Ular orasida eng ommaviyi natriy karboksimetilsellyuloza (Na-KMS) polisaxaridi bo'lib, uning suvdagi eritmasi yaqqol polielektrolitik xossa namoyon qiladi. Shuningdek, noyob xossali polisaxxaridlarga bo'lgan ehtiyojlar mavjud bo'lib, bular sarasiga xitozan kabi biologik faol polielektrolitni kiritish o'rinlidir. Shu bilan birga sellyuloza birikmalari ichida uning eng ko'p tarqalgan va katta miqdorda ishlab chiqariladigan oddiy efirlaridan biri karboksimetilsellyuloza bo'lib hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib bu birikma sanoatning turli sohalarida keng miqyosda ishlatilmoqda. Uning eng asosiy qismi neft, tog'-metallurgiya, qog'oz sanoatida, qurilish sanoatlarida ishlatilmoqda. Tozalangan karboksimetil-sellyuloza markalari esa asosan oziq-ovqat, meditsena, farmatsevtika sanoatlarida, yuvuvchi vositalar ishlab chiqarishda detergent sifatida, shuningdek, payvandlovchi elektrodlar, tish pastalari ishlab chiqarishda keng doirada ishlatilmoqda. Bugungi kunda tozalangan karboksimetilsellyuloza markalari Polsha, Xitoy, Amerika va Fransiya, shuningdek, kichik miqdorda Rossiya sanoatida ishlab chiqarishni amalga oshirishmoqda. Tozalangan karboksimetilsellyuloza (KMS) markalarini olish texnik namunani 60-70% li etil spirti eritmasi bilan yuvishga asoslangan. Bunda 1 tonna tozalangan KMS olish uchun 10-12 tonna etil spirti sarflanadi. Na-KMS va xitozan eritma va aralashmalari turli maqsadlarda qo'llaniladi. Jumladan, ularning aralashmasi asosida O'ZXITAN preparati ishlab chiqariladi va urug'larni kapsullab ekishda keng qo'llaniladi. Shu bois Na-KMS va xitozan asosidagi polielektrolit aralashmalari xussusiyatlarini, xossalarini o'rganish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ishning maqsadi. Texnik KMS markalari odatda qora metallardan iborat bo'lgan reaktorlarda konsentrlangan ishqor eritmasi yordamida yuqori temperaturada ishlab chiqariladi. Bu sharoitda metallarning korroziyasi bir necha barobar tezlashadi va olingan mahsulot sifat ko'rsatkichlarini pasaytiradi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotgan texnik KMS namunalarini etil spirtida yuvish usuli orqali uning tarkibidagi og'ir metallar va ularning tuzlaridan to'liq tozalab bo'lmasligi aniqlandi. Ushbu ishning maqsadi texnik KMS asosida oziq-ovqat, meditsena, farmatsevtika sanoatlari talablariga mos keladigan yuqori darajada tozalangan KMS namunalarini sintez qilishdan iborat. Yuqori darajada tozalangan KMS olish ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
414.24 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
414.24 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: doc