Kaliy xom ashyolarining tarqalishi va ularning ahamiyati

Kaliy xom ashyolarining tarqalishi va ularning ahamiyati

O'quvchilarga / Kimyo
Kaliy xom ashyolarining tarqalishi va ularning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

KALIYLI XOMAShYoLARNING TARQALIShI VA ULARNING TARKIBI Kaliyli madanlarining dunyo bo'yicha uchrashi Kanada. Saskachev bo'lib, silvinit va karnallit minerallaridan iborat. Kaliy tuzlari qatlamining chuqurligi 750 dan 2500 m.gacha, silvinit qatlamlari qalinligi 1,5 dan 5,2 metrgacha, madandagi erimaydigan qoldiq miqdori 1-8%. AQSHdagi kaliy tuzlari resurslari Nyu-Mexiko, Kaliforniya va Yuta shtatlarida joylashgan. Karlsbad atrofidagi kaliy tuzlari qatlamlari asosiy sanoat ahamiyatiga ega. Kaliy tuzlari silvinit, langbeynit va poligalitdan iborat. Silvinit qatlamlarini qazib olish 300-460 m. chuqurlikda olib boriladi, qatlam qalinligi 1,2-4,2 m. Shuningdek langbeynit qatlamlari ham qazib olinadi. Kaliy tuzlari manbai bo'lib, Kaliforniya shtatidagi Serls ko'li hisoblanadi. Serls ko'li tuzlarining qatlamlari galit, glazerit (n K2SO4·mNa2SO4) va bor minerallaridan iborat. Germaniya (Olmoniya) kaliy tuzlarining katta zahiralari Janubiy va Shimoliy Gannaver rayonlari, Pastki va Yuqori Reyn havzalari, shuningdek Vera-Vulf va Janubiy Garts okruglari chegaralarida to'plangan. Gannover va Reyn konlarining tuzli qatlamlari 350-1100 m. chuqurlikda joylashgan silvinit va karnallitdan iborat; ishchi gorizont qalinligi 1,5-30 m. Vera-Vulf va Janubiy Gartsning kaliyli madanlari tarkibida karnallit bilan birgalikdagi xartzalt uchraydi. Fransiyaning .Kaliy madanlarining asosiy konlari Fransiyaning Elzasida joylashgan. Kaliy tuzlari 400-100 m. chuqurlikda joylashgan, qatlamlarning qalinligi 2-6 m, madandagi K2O miqdori 16-21%. Ispaniyada kaliy tuzlari qatlamlari Barselona provinsiyasida joylashgan (Katalon va Navar konlari) silvinit va karnallitdan tashkil topgan. Karnallit qatlamining qalinligi 15 m.ga yaqin, K2O miqdori - 12-16%. Karnallit ostida mahsuldor silvinit qatlami joylashgan, qalinligi 0,9 dan 7,2 m.gacha, K2O miqdori 17% yaqin. Katalon konlaridagi kaliy gorizontining joylashish chuqurligi 275-1500 m. ni tashkil etadi, Navarda esa 100-400 m.ni tashkil qiladi. Italiyaning kaliy tuzlarini sifatli qatlamlari K2O miqdori 12% yaqin kainitdan iborat. Ular Sitsiliya orolida 300-540 m chuqurligida joylashgan. Angliyaning Yorkshir kaliy konlarida silvinit qatlamlari gorizontal holda 975-1200 m. chuqurlika joylashgan. Ishchi qatlam qalinligi 23 m.gacha. Isroilda kaliy tuzlari manbai O'lik (Mertvoe more) dengiz rapasi hisoblanadi. Havzalarda karnallit cho'ktiriladi, so'ngra silvinitga qayta ishlanadi, bunda flotatsiya va issiq eritish usuli qo'llaniladi. Kaliy tuzlari zahiralari, shuningdek Polsha, Kongo, Marokko va boshqa mamlakatlarda mavjuddir. MDHdagi kaliyli madan konlari Yaqin chet ellarda kaliy tuzlarining 22 ta koni hisobga olingan, qidirib topilgan zaxiralar o'tgan asrning 70 yillarida 24 mlrd. t. tashkil etdi va faqat 2,5 mlrd. tonnasi sanoat zahiralariga to'g'ri keladi. Eng yirik kaliy konlari: Verxnekamsk va Verxnepechorsk (Ural); Starobin, Kopatkevichi va Petrikov (Belorussiya); Prikarpate (Ukraina); Gaurdak va Karlyuk (Turkmaniston); Jilyan (Qozog'iston); Tyubegatan (O'zbekiston); Verxnekamsk koni Perm oblastida joylashgan. Tuz qatlamining qalinligi 100m. Kon chuqur joylashmagan (90-220m) silvinit va karnallitning qalin qatlamlaridan iborat. Kaliy tuzlarining zonasi ikkita kuchli qatlamlarni hosil qiladi: pastki - silvinitli va yuqori-silvinit-karnallitli. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 603.36 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 603.36 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga