Kaliyli tuzlar xomashyosi Reja: 1. Kaliyli tuzlar xomashyosi 2. Kaliy rudalarini mexanik boyitish yo'li bilan kaliy xlorid olish. Silvinitni flotatsiyali qayta ishlash 3. Eritish va alohida kristallantirish usuli bilan kaliy xlorid olish. Silvinitni qayta ishlashning fizik-kimyoviy asoslari 4. Polimineral rudalarni qayta ishlash. 1. Kaliyli tuzlar xomashyosi Kaliyli tuzlar olishda kaliyning xloridli va sulfatli tuzlariga boy bo'lgan cho'kindi minerallar va tabiiy tuz eritmalari asosiy xomashyolar hisoblanadi. Kaliy xloridni asosan silvinit rudasidan olinadi. U silvin KCl va galit NaCl aralashmasidan iboratdir. Yana bir turdagi xomashyo - karnallit KCl∙MgCl2∙6H2O hisoblanadi. Uning tarkibida qo'shimcha sifatida NaCl ham bo'ladi. Kaliy sulfat ishlab chiqarish xomashyosi sifatida: langbeynit K2SO4∙2MgSO4, kainit KCl∙MgSO4∙3H2O, shenit K2SO4∙MgSO4∙6H2O va boshqalar ishlatiladi. Tarkibida kaliy tutgan va suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan minerallari: poligalit K2SO4∙MgSO4∙2CaSO4∙2H2O, leysit K2O∙Al2O3∙4SiO2, alunit K2SO4∙Al2(SO4)3∙4Al(OH)3, nefelin [(K,Na)2O∙Al2O3∙2SiO2]∙nSiO2 va boshqalar kaliyli xomashyo sifatida bevosita ishlatilmasada, ulardan (alunit va nefelin) glenozem olishda K2SO4 va K2CO3 qo'shimcha mahsulot sifatida olinadi. Sinnirit - KAlSi3O8 va KAlSiO4 lar kelajakda ishlatish uchun muhim xomashyolar hisoblanadi. Kaliyli tuz konlari Markaziy Osiyoda (Gaurdak, Karlyuk, Jilan va Tyubegatanda), Uralda (Verxnekamsk va Verxnepechorskda), Belorussiyada (Starobinsk, Kapetkivichsk va Petrikovskda), G'arbiy Ukrainada (Prikarpateda) va boshqa joylarda uchraydi. Bu konlardagi zaxiralarning 88% ulushi Verxnekamskga to'g'ri keladi. Chet mamlakatlardagi kaliyli tuz konlari Kanadada, Germaniyada, Isroilda, AQSH da, Ispaniyada va Fransiyada mavjuddir. 1980 yilda Rossiyaning Sibir O'lkasida Nepskoe (silvinit va karnallit) koni ochilgan. Kaliyli tuz konlari zaxirasiga ko'ra, dunyoda MDH mamlakatlari 1-o'rinda, Kanada esa 2-o'rinda turadi. Verxnekamsk konidagi kaliy-magniyli tuzlar xloridlar shaklida bo'lib, qadimgi Perm dengizining bug'lanishidan hosil bo'lgan. Bu konning maydoni 3500 km2 bo'lib, qatlamning qalinligi 100 metrgacha yetadi. Karnallit va silvinit qatlamlari 90-220 metr chuqurlikda, quyi silvinit maydonining qalinligi 7-8 m dan 40 metrgacha bo'lib, bir-biridan KCl qatlami bilan ajralib turadigan oltita 6-8 metr qalinlikdagi silvinit qatlamlaridan iborat. Ruda tarkibida 17-40% KCl, 0,2-0,3% MgCl2, 14,5% erimaydigan qoldiq bo'ladi. Yuqori yuza qalinligi 20-115 metr bo'lib, 9 ta qatlamni tashkil qiladi. Bu qatlamlar karnallit, silvinit va kulrang, havorang hamda ko'k gallit aralashmalaridan iboratdir. Silvinit rudasi tarkibida 21-39% KCl, 0,2-1,2% MgCl2, 0,9-6,3% erimaydigan qoldiq, karnallit rudasi tarkibida esa 13,5-20,5% KCl, 14,5-19% MgCl2, 1,4-4,5% erimaydigan qoldiq bo'ladi. Karpate konidagi kaliy tuzlari sulfat-xloridlar shaklida bo'lib, xloridli qatlamlar silvinit (8-19% K2O) va boshqa rudalardan iborat. Sulfat-xloridli qatlamlarning 35-36% qismi kainitdan (10-12% K2O), 20-40% qismi gallitdan, 3-7% qismi poligalitdan va 6-15% qismi tuproq materiallaridan iborat. Kainit-langbeynit qatlamlarining 20-30% ini kainit, 10-20% ini langbeynit, 30-40% ini galit, 5-10% ini kazerit MgSO4∙H2O va ~20% ini tuproq materiallari tashkil etadi. Tabiatda kaliy sulfatli ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
506.73 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
506.73 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: docx