Karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi

Karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi Reja: Karbamidning xossalari Ammiak va karbonat angidriddan karbamid sintez qilishning fizik-kimyoviy asoslari Karbamid ishlab chiqarish usullari To'la suyuqlik resiklida karbamid sintezi Karbamid eritmasidan tayyor mahsulot olish Olim A.I.Bazarov tomonidan 1968 yilda ammiakning karbonat angidrid bilan o'zaro ta'sirida sodir bo'ladigan qaytar jarayon kashf etilgan: 2NH3 + CO2  NH2COONH4 NH2CONH2 + H2O Natijada ammoniy karbamat va uning parchalanishi natijasida karbamid, xalq tili bilan aytilganda mochevina deb ataladigan modda hosil bo'ladi. hozirgi paytda bu jarayondan butun dunyo amaliyotida foydalaniladi. Karbamidning xossalari Karbamid - karbonat kislotaning diamid tuzi bo'lib, mochevina deb ham ataladi. U rangsiz, xidsiz kristall modda bo'lib, 25°S dagi zichligi 1330 kgm3 ga teng, 132,7°S da suyuqlanadi. Texnik mahsulot esa oq yoki sarg'ish rangli ignasimon rombik prizmatik shakldagi kristallardan iboratdir. Suyuqlanish haroratigacha atmosfera bosimida qizdirilganda ammiak gazi ajralib chiqishi bilan parchalanadi. Bu jarayonda dastavval ammoniy tsianat hosil bo'ladi, so'ngra tsianat kislota va ammiakgacha parchalanadi: (NH2)2CONH4OCNHOCN + NH3 Oddiy tsianat kislotasi karbamid bilan ta'sirlashib biuret hosil qiladi: HOSN + (NH2)2CO  NH2CONHCONH2 Ammiak ishtirokida biuret hosil bo'lishi sekinlashadi, lekin karbamidning o'zaro ta'siridan ham biuretlanish reaksiyasi sodir bo'lishi davom etaveradi: 2(NH2)2CONH2CONHCONH2 + NH3 Ammoniy nitrat qo'shilganda esa karbamid turg'unlanadi (stabillanadi). 1-rasmda ((NH2)2CO-NHz-H2O sistemasining holat diagrammasi keltirilgan. Karbamid suvda, spirtda va suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Uning to'yingan suvli eritmasida 20°S haroratda 51,8%, 600S; da 71,9% va 120°S da 95,0% (NN2)2SO bo'ladi. (NH2)2 CO 1-rasm. (NH2)2CO-HNO3-H2O sistemasining holat diagrammasi. Karbamid kuchsiz asos xossasiga ega bo'lganligi uchun (25°S haroratdagi dissotsiatsiya konstantasi 1,5*10-14) kislotalar bilan ta'sirlashib tuzlar hosil qiladi. Masalan, karbamid nitrat (NH2)2CO*HNO3 suvda oz eriydi, qizdirilganda esa portlash bilan parchalanadi, karbamid fosfat (NH2)2CO*H3RO4 esa suvda yaxshi eriydi va to'la dissotsilanadi. Karbamid ammiak bilan ta'sirlashib ammiakat (NH2)2CO*NH3 hosil qiladi. Uning tarkibida 77,9% gacha karbamid bo'ladi va 46°S da inkongurent suyuqlanadi. haroratning ko'tarilishi bilan suyuq, ammiakda karbamidning eruvchanligi ortib boradi. harorat 30°S bo'lganda eruvchanlik suvdagiga nisbatan ham ko'proq bo'ladi. Karbamid tuzlar bilan ham kompleks birikmalar hosil qiladi. Masalan, Ca(NOz)2*4(NH2)2CO va Ca(H2R04)2*4(NH2)2SO larning xar bir komionenta ham mineral o'g'it hisoblanadi. Karbamid suvli eritmalarda 80°S haroratgacha turg'un, harorat ko'tarilganda esa u ammoniy izotsianat (tsianat - N) ga va undan ammoniy karbonatga aylanadi: (NH2)2CONH4HSO; NH4HSO + 2H20  (NH4)2HOz U esa ammoniy gidrokarbonatga, so'ngra ammiak va karbonat angidridga parchalanadi: (NH4)2CO3 NH4HCO3 +NH3; NH4HCO3 C02 + NH3 + H2O Karbamid tarkibida 46,6% N bo'lib, ballastsiz azotli o'g'it hisoblanadi. Karbamidning ammiakli selitraga nisbatan bir necha afzallik tomonlari: azot miqdorining ko'pligida, kam gigroskopikligida (gigroskopiklik nuqtasi 20°S da 80% ga teng), ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga