Mavzu: Karbamid va tiokarbamidning koordinatsion birikmalari MUNDARIJA KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Xozirgi paytda qishloq xo'jaligida ishlatiladigan samarali ta'sirlarga ega bo'lgan yangi kimyoviy birikmalarni sintez qilish zamonaviy kimyoning dolzarb vazifalaridan biri xisoblanadi. Amidlarning kompleks birikmalari qator o'ziga xos xossalariga ega bo'lganligi sababli xalq xo'jaligining turli sohalarida keng qo'llanilmoqda. Koordinatsion birikmalarning ishlatilish sohasi ularning tarkibi, tuzilishi, termodinamikasi va elektron tuzilishi bilan bog'liq bo'ladi. Alifatik, aromatik va piridin karbon kislotasining amidlari, jumladan, karbamid (K), tiokarbamid (TK) lar tarkibida metall ionlari bilan koordinatsion bog' hosil qiluvchi donor atomlariga egadir. Zamonaviy koordinatsion kimyoning metall komplekslari bo'limida ligandlar qurshovida azot, kislorod, oltingugurt kabi donor markazlari tutgan birikmalari aloxida o'rin tutadi. Ishning mаqsаdi: Karbamid va tiokarbamidning kооrdinаtsiоn birikmаlаrini sintеz qilish shаrоitlаrini o'rgаnish, tаrkibi, tuzilishi vа хоssаlаrini qаyd qilish. Tаdqiqоt vаzifаlаri: Karbamidning koordinatsion birikmalarini o'rganish; Karbamidning koordinatsion birikmalarini o'rganish; sintеz qilingаn kооrdinаtsiоn birikmаlаrning tаrkibi, tuzilishi vа хоssаlаrini qаyd qilish; Shu munоsаbаt bilаn dissеrtаtsiya ishidа bоshlаng'ich kоmpоnеntlаr sifаtidа chdа kоmplеks hоsil qiluvchi mis kupаrоsi, nаtriy gidrоksid, оrgаnik ligаndlаr sifаtidа АА, K lаrni tаnlаdik. Tаdqiqоtning mеtоdоlоgik аsоsi: bo'lib O'zbеkistоn Rеspublikаsining Tаlim to'g'risidаgi qоnuni, Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi, Rеspublikа prеzidеnti I.А.Kаrimоvning yoshlаrgа tаlim-tаrbiya bеrish hаqidаgi bildirilgаn fikr mulохаzаlаri, fаrmоyishlаri, Dаvlаt tаlim stаndаrtlаri, o'quv dаsturlаri, dаrsliklаr, fаlsаfаning bilish nаzаriyasi, tаniqli pеdаgоglаr, psiхоlоglаr, mеtоdistlаrning ilmiy tushunchаlаrni shаkllаntirishgа оid аsаrlаri hisоblаnаdi. BOB ADABIYOTLAR TAHLILI Karbami, tiokarbamid va ularning koordinatsion birikmalari Kimyoda va stereokimyoda kompleksonat va aralashligand kompleksonat Bi(II) sistematik tekshirish natijasida (CH7N4)[BiEdta(TК)2].2.5H2O va (CH7N4)[BiEdta(TК)Н2О].2H2O tarkibli etilendiamintetra (tiokarbamid)-vismut(II)atsetat aminoguanidinning kristall strukturasi aniqlangan. Birikmalar strukturasi (CH7N4)+ kation, [Bi(Edta)(TК)2]− va [Bi(Edta)(TК)(H2O)]− anionlari va kristallangan H2O malekulasidan iborat. [Bi(Edta)(TК)2]− (а) va [Bi(Edta)(TК)(H2O)]− (б) anionlar tuzilishi (CH7N4)[BiEdta(TК)2].2.5H2O va (CH7N4)[BiEdta(TК)(H2O)].2H2O strukturasida tasvirlangan. [Bi(Edta)(TК)2]− va [Bi(Edta)(TК)(H2O)]− kompleks anionlarda Edta4− ligand geksadentat va Bi ning KCH atomi 8 ga teng. Har ikkala strukturada vismut atomi deprotonlangan karboksil guruhidagi kislorod 4 atomi va Edta4− ligand azotining ikkita nitril atomi bilan koordinasiolangan. (CH7N4)[BiEdta(TК)2].2.5H2O strukturada Bi atomlari tiokarbamid ikkita mono- dentat ligandi bilan oltingugurt atomlari ikkilangan bog'lanishini tashkil etadi. (CH7N4)[BiEdta(TК)(H2O)].2H2O strukturada esa Bi atomi TKning bir atomi va H2O ning bir atomi bilan birlashishi natijasida Bi atomi koordinatsion soni 8 ga etadi. Vismut atomi koordinatsion poliedr (CH7N4)[BiEdta(TК)2].2.5H2O va(CH7N4)[BiEdta(TК)(H2O)].2H2O strukturalarda siqilgan kvadrat antiprizma shaklida tasvirlanadi. (CH7N4)[BiEdta(TК)2].2.5H2O strukturada Bi-S bog'lanish uzunligi 3.0110(5) va 3.1044(5)A˚ga teng. (CH7N4)[BiEdta(TК)(H2O)].2H2O kristall strukturada Bi-S masofa 3.1665(7) Å ga, Bi atomi bilan H2O koordinatsion malekula kislorod atomi masofasi 2.604(1) Å ga, teng. (CH7N4)[BiEdta(TК)(H2O)].2H2O birikma vismut (II) aralash ligand kompleksonatga misol bo'ladi. Koordinatsion sferada markaziy atom Edta4− ligand bilan ikkita har хil jinsli neytral ligand-tiokarbamid ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.93 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.93 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: doc