Karbonat kislota va uning xossalari Karbonat kislota va uning tuzilishi. Karbonat kislotaning hosilalari. Karbonat kislotaning oltingugurtli hosilalari va ularning ishlatilish sohalari Karbonat kislota HO-COOH oksikislotalar sinfiga mansub bo'lib gomologik qatorning birinchi va o'ziga xos vakilidir. U oksichumoli kislota deb ham ataladi. Molekulasi tarkibida 1 ta karboqsil guruhi bo'lsa ham, u ikki asosli kislotadir. Chunki ikkita gidroqsil guruhi ham bir xil bo'lib, ikkalasi ham karbonil guruh C=O ta'siri ostida bo'ladi. Karbonat kislota juda kuchsiz kislota, u faqat suvli sovuq eritmalardagina mavjud bo'lib erkin holda mavjud emas. Bunga sabab u oson parchalanadi: H2CO3 CO2 + H2O Karbonat kislotaning kuchsizligiga sabab -ON guruhning karboqsil guruhga kuchli mezomer ta'siridir: Karbonat kislota tuzlari va ularning xossalari noorganik kimyo kursidan ma'lum. Bu yerda uning quyidagi hosilalari bilan tanishamiz: 1. Cl-COCl fosgen, karbonat kislotaning dixlorangidridi, kuchli zaharli modda. Kislota xlorangidridining barcha xossalariga ega. 2.Cl-COOCH3 metilxlorkarbonat, metilxlorformiat, karbonat kislota monometil efirining xlorangidridi. Kislota xlorangidridining xossalariga ega. 3. CH3O-COOCH3 dimetilkarbonat, karbonat kislotaning dimetil efiri. Murakkab efir xossalariga ega. 4. H2N-COOCH3 metilkarbamat, karbonat kislota monometil efirining amidi. 5. H2N-CONH2 karbamid, mochevina, karbonat kislotaning diamidi. 6. Cl-CONH2 karbamoil xlorid, aminochumoli kislota xlorangidridi. 7. (H2N)2C=NH guanidin. 8. Cl-CN xlorsianid. 9. HO-CN sian kislota. 10. H2N-CN sianamid. Karbonat kislotaning hamma hosilalari gidroliz reaksiyasiga kirishib karbonat kislota hosil qiladi. Ularning olinishi va kimyoviy xossalari karbon kislotalarnikiga o'xshash. Uning oltingugurtli hosilalari ham ko'p. Masalan -uglerod sulfid CS2, ditiokarbonat kislota: beqaror va h.k. kabi birikmalar ham karbonat kislotaning muhim hosilalari hisoblanadi. Karbonat kislota hosilalari o'g'itlar (karbamid), gerbitsidlar, defoliantlar, desikantlar va h.k sifatida ishlatiladi. Karbonat kislotaning mononatriyli tuzi-natriy gidrokarbonat eritmasi karbon kislotalarni sifat jihatdan aniqlashda ishlatiladi. Har qanday karbon kislota karbonat kislotani uning tuzidan siqib chiqaradi: R-COOH + NaHCO3 R-COONa + CO2 + H2O Karbonat kislotaning choy sodasi, NaHCO3, kir sodasi Na2CO3, bo'r CaCO3 kabi xalq xo'jaligida keng ishlatiladigan birikmalari noorganik kimyo kursidan ma'lum. Bu yerda karbonat kislotaning xalq xo'jaligida keng ishlatiladigan organik birikmalariga misol keltiramiz: Polikarbonatlar-ikki atomli fenollarning fosgen bilan hosil qilgan shaffof, yuqori molekulyar birikmasi. Turli plyonkalar, o'q o'tmas oynalar tayyorlashda ishlatiladi. Poliuretanlar-glikollarning diizotsianatlar bilan hosil qilgan yuqorimolekulyar birikmasi. Penoplastlar, kleylar, tolalar va kauchuklar olishda ishlatiladi. Bu kauchuklardan esa oyoq kiyimlarining tag charmlari tayyorlanadi. Mochevina, karbamid-ko'p miqdorda o'g'it, mollarning ovqatiga qo'shimcha sifatida ishlatiladi. Mochevinadan mochevina formaldegid smolasi, biuret, aminoplastlar, gerbitsidlar olinadi. Mochevina n-alkanlarni tarmoqlangan zanjirli alkanlardan ajratishda foydalaniladi. Guanidin suv va CO2 ni tutib qolish uchun, portlovchi moddalar hamda geterosiklik birikmalar olishda ishlatiladi. Diizotsianatlardan 1,6-geksametilendiizotsianat, 4,4!-diizotsianatodifenilmetan, poliuretanlar olishda ishlatiladi. Tiomochevina va izotiotsianatlar organik sintezda, pestitsidlar ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.69 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.69 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: docx