O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INAVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI GEOLOGIYA VA MUXANDISLIK GEOLOGIYASI FAKULTETI Fan: Mineralogiya va kristallografiya asoslaridan MUSTAQIL ISHI Mavzu: Karbonatlar sinifi Bajardi: Tekshirdi: Mavzu: Karbonatlar Sinfi Reja: Kirish. Karbonatlar sinfi haqida umumiy malumotlar. Suvsiz karbonatlar: Kaltsit guruhi. Malaxit guruhi minerallari. Suvsiz karnonatlar. Kirish Bu sinfda biz hozir ma'lum bo'lgan juda ko'p mineral turlarini uchratamiz. Bularning ko'pchiligi tabiatda ancha ko'p tarqalgan. Аyniqsa, СaСO3 ko'p tarqalgan bo'lib, asosan u dengiz cho'kindisi sifatida hosil bo'lgan g'oyat katta qatlamlarni tashkil etadi. Karbonatlar, ko'pincha, konlarda ruda minerallarning yo'ldoshi bo'lib ham topiladi, ayrim hollarda esa, ularning o'zi bir qator muhim metallar masalan, marganets (rodoxrozit shaklida) va temir (siderit shaklida) olinadigan manba tariqasida sanoat ahamiyatiga ega bo'lib qoladi. [CO3]2- anioni ion radiuslari o'rtacha va katta bo'lgan ikki valentli metall kationlari bilan birga birmuncha barqaror birikmalar beradi. Bunday metallarning soni ko'p emas. Bulardan eng muhimlari Mg, Fe, Zn, Mn, Ca, Sr, Pb, Ba va qo'shimcha anionlar [OH]1- va Cl1- bilan Cu va boshqalar. Karbonatlarning fizik xossalaridan qo'yidagilarni ko'satib o'tamiz: suvsiz karbonatlarning qattiqligi hech vaqt yuqori bo'lmaydi. Odatda u 3 dan 5 gacha o'zgaradi. Karbonatlarning suvda eruvchanligi ham yuqori. Bu, ayniqsa, ishqor elementlarning karbonatlari va kationlarining ion radiusi nisbatan kichik yoki aksincha, juda katta (masalan Ba2+) o'lchamli elementlarning bikarbonatlari uchun hosdir. Cu2+ karbonati faqat asostuzlar holida uchraydi. Bu, kationning o'ziga xos tuzilishi bilan bog'liq bo'lsa kerak. Mis karbonatlarining intensiv to'q yashil yoki ko'k rangli bo'lishi ehtimol shu bilan bog'liq bo'lsa kerak. Qolgan boshqa hamma karbonatlar rangsiz yoki och ranglidir. Karbonatlarning optik xususiyatlari, CO3 anionning yassi shakli bilan bog'liq holda eng yuqori ikkilantirib sindirish ko'rsatkichiga ega ekanligidadir. Biz bu sinfga kiradigan minerallarni, avvalo, suvsiz va suvli karbonatlarga ajratishimiz kerak. Shular orasidan ximiyaviy birikmalarning bir xil strukturali tiplariga qarab ayrim gruppalarni ajratamiz. Yakka-yakka mineral turlaridan iborat bo'lgan karbonatlarni tarkibidagi kationlarga qarab guruh- guruh qilib yig'amiz. Suvsiz kаrbonаtlаr 1. Kаltsit gruppаsi Bu gruppaga quyidagi ikki valentli elementlarning: Mg, Zn, Fe2+, Mn2+, Ca, Sr, Pb va Ba karbonatlaridan iborat juda ko'p mineral turlari kiradi. Shunisi xarakterliki, ion radiusi Ca ion radiusidan kichik bo'lgan elementlar trigonal singoniyada kristallanadigan juda ko'p minerallarning izomorf qatorini hosil qiladi. Ion radiusi Ca ion radiusidan katta bo'lgan elem-entlar esa rombik singoniyada kristallanadigan karbonatlar beradi. Kaltsiy karbonatining o'zi dimorf xususiyatiga ega bo'lib ikkala singoniyada ham kristyallana oladi. Kaltsit gruppasiga kiradigan minerallarning o'ziga xos belgilaridan yana boshqasi ularning izomorf aralashmalar bilan qo'shaloq tuzlar hosil qilishga moyilligidir. Kaltsit izomorf qatorida kationlarning ionlari ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
45.65 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
45.65 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: docx