Kasb kasalliklari tavsifi va profilaktikasi Reja: Kasb kasalliklari me'yoriy asoslari Kasb kasalliklari tavsifi Profilaktik tibbiy tadbirlar Sog'liqni saqlash vazirligi, Aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 1995 yil 2 fevraldagi 23369-sonli buyrug'i bilan Kasb kasalliklari ro'yxati va uni qo'llash bo'yicha Yo'riqnoma tasdiqlangan. Ro'yxatga faqat noqulay ishlab chiqarish omillari ta'sirida kelib chiqqan kasb kasalliklari, ularning yaqin va uzoq vaqtdagi oqibatlari, shuningdek kasbiy zararlarning kasbga oid bo'lmagan asoratlariga (masalan, arterial gipertoniya - vibratsiyadan) bog'liq kasalliklar kiritilgan. O'tkir va surunkali kasb kasalliklari va zaharlanishlarini farqlash mumkin. O'tkir kasb kasalligi (intoksikatsiya) to'satdan, ishchi zonasi havosidagi kimyoviy moddalarning, boshqa zararli omillarning nisbatan yuqori kontsentratsiyalari, darajalari va dozalari bir marta ta'sir qilgandan so'ng (faqat bir ishchi smenasi davomida) yuzaga keladi. Surunkali kasb kasalliklari zararli ishlab chiqarish omillarining yuqori bo'lmagan (ammo PDK, PDU, PDDdan ortiq bo'lgan) kontsentratsiyalari, darajalari, dozalarining davomli ta'siri oqibatida yuzaga keladi. Kasb kasalliklari tavsifi Tasdiqlangan Ro'yxatga muvofiq, kasb kasalliklari 7 guruhga ajratiladi: Kimyoviy omillar ta'sirida yuzaga keladigan kasalliklar: ta'siri turli troplikka ega o'tkir, surunkali intoksikatsiyalar (neyro-, gemo-, gepato-, nefro-, politrop, dermatrop, allergik va h.k.); Sanoat aerozollari ta'sirida yuzaga kelgan kasalliklar: pnevmokoniozlar, changli bronxitlar, rinofaringolaringitlar, allergiyalar; Fizik omillar ta'siri bilan bog'liq kasalliklar: ionlovchi nurlanishlar (o'tkir, surunkali nur kasalligi, mahalliy nurli shikastlanishlar, ularning uzoq vatli oqibatlari - xavfli o'smalar); ionsiz nurlanishlar (lazerli, ultrabinafsha, infraqizil); dekompression - kesson kasalligi; o'tkir, surunkali issiq urishi, shovqin, vibratsion kasallik va h.k.; Alohida a'zolar va tizimlarning ortiqcha zo'riqishi va ortiqcha keskinlikda ishlashi bilan bog'liq kasalliklar: koordinatorli nevrozlar (sut sog'uvchilarda, skripkachilarda, linotipistlarda), radikulitlar, tendovaginitlar, artrozlar, bursitlar, tromboflebitlar; qo'shiqchilar, o'qituvchilardagi laringitlar, kuchayib boruvchi uzoqni yaxshi ko'rolmaslik va b.; Biologik omillar ta'siriga bog'liq kasalliklar: chorvadorlar, veterinar, infektsionistlar, baklaboratoriyalar laborantlari va boshqalarda infektsion va parazitar kasalliklar; Allergik kasalliklar: kon'yunktivitlar, rinitlar, bronxial astma, dermatitlar, ekzemalar, eshak emi va h.k., ular o'simlik yoki hayvonlarga xos qo'zg'atuvchilar bilan ishlaganda yuzaga keladi; Yangi hosil bo'lgan o'smalar - kelib chiqishi fizik (ionlovchi nurlanishlar, ultrabinafsha radiatsiya) va kimyoviy (3, 4-benzpiren, smolalar va h.k.) tabiatga ega kontserogenlar bilan ishlaganda yuzaga kelgan xavfli o'smalar. Sanab o'tilgan zararli ishlab chiqarish omillari, ular keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan kasb kasalliklari va zaharlanishlarni hisobga olib, mehnat gigiyenasi bo'yicha shifokormutaxassislar, profpatologlar, sanoat korxonalari, davolash-profilaktika muassalari tibbiy sanitar qismlarining boshqa mutaxassislari oldida turgan vazifalar: ishlab chiqarish muhitining, texnologik jarayonlarning zararli omillarini, ularning gigiyenik normativlarga muvofiqligini o'rganish; ishlab chiqarish muhiti (texnologik jarayon, ishchi zonasining havo muhiti, xom ashyo, yarim fabrikatlar, tayyor mahsulot, ishlab chiqarishning qo'shimcha mahsulotlari, chiqinldilari va ajratmalari) turli zararliklarining organizmga ta'sirini o'rganish; ishlovchilar sog'lig'i, ularning umumiy va kasbiy kasallanishi holatini ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
158.15 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
158.15 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: doc