Katalitik jarayonlarni sanoatda tutgan o'rni va vazifalari

Katalitik jarayonlarni sanoatda tutgan o'rni va vazifalari

O'quvchilarga / Kimyo
Katalitik jarayonlarni sanoatda tutgan o'rni va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Katalitik jarayonlarni sanoatda tutgan o'rni va vazifalari RYeJA: 1. Katalizator to'g'risida umumiy tushunchalar. 2. Katalizatorli reaksiyalarni borish mexanizmi. 3. Reaksiyalarning aktivlanish energiyasi. Yaqin yillar ichida O'zbekiston neft, gaz va gazokondensat qazib olish bo'yicha MDXda yetakchi o'rinlardan birini egalladi. Bu esa Respublikada yuqori sifatli yoqilg'i ishlab chiqarishga va kelgusida kimyo sanoati uchun mahsulotlar yetkazib beradigan xom ashyo bazasini tashkil etishga yordam beradi. O'zbekistonda tabiiy gaz konlari va ularning zahiralari juda ko'p. Bu esa gaz qazib olinganda chiqadigan (gaz bilan) gazokondensatni ishlab chiqarishni ko'paytiradi. Shuningdek neftning ham zahiralari katta, shuning uchun Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1997 yil ishga tushirildi (quvvati 5,5 mln. tyil, gazokondensat bo'yicha). Gazokondensatlarni yuqori sifatli ekanligi - ularni tarkibida naften va aromatik uglevodorodlarning ko'pligi (70% gacha) va undagi smola - asfaltenli birikmalarni deyarli yo'qligi, oltingugurtli organik birikmalarni kamligi, ulardan neftkimyo sanoati uchun va boshqa kimyoviy mahsulotlar olish uchun qimmatbaho xom ashyo ekanligini ko'rsatib turibdi. Neftni qayta ishlash sanoatiga yangi jarayonlarning kirib kelishi rangsiz (benzin, kerosin, dizel yoqilg'isi) neft mahsulotlarini ko'plab ishlab chiqarishga olib keldi. Respublikamizda xalq xo'jaligini neft mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirib, hozirda, neft va neft mahsulotlari mustaqilligiga erishishga muvaffaq bo'lindi. Lekin neft qayta ishlash sanoatining va boshqa sohalarning yutuqlari qancha yuqori bo'lmasin - ularni rivojlanishini texnikaviy darajasi jahon texnika darajasidan, mahsulotlarni kompleks qayta ishlash sohasida, ayniqsa, yuqori sifatli neft mahsulotlari - benzin, kerosin, dizel yoqig'isi, moylar, spirtlar, plastifikatorlar, qattiq parafinlar va boshqa qimmatbaho kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda orqada qolmoqda. Bu masalalarni hal qilish uchun yangi katalitik jarayonlarni sanoatga tadbiq qilish bilan bir paytda (katalitik kreking, katalitik riforming, alkillash, polimerlash, gidrotozalash va hokazo jarayonlar uchun) yangi katalizatorlarni sintez qilish va sanoatga joriy qilish kerak. Bir reaktorda, polifunksional katalizator yordamida ikki-uch jarayonni olib borish yuqorida ko'rsatilgan kamchiliklarga barham berishga yordam beradi. Yangi katalizatorlarni yaratish, sanoat miqyosida sinab ko'rish ko'p vaqt talab qiladi, shuning uchun ilmiy tekshiruv ishlarini olib borish uchun yangi uskunalarni qo'llash kerak bo'ladi. Bu esa ilmiy-tadqiqot ishlarni bajarish uchun ketadigan vaqt va xarajatlarni ancha kamaytiradi. Bu yerda analitik tahlilda qo'llaniladigan xromotograf va fizik-kimyoviy anjomlar, ularni tadqiq qilish masalasi turadi. Neftni qayta ishlash va neftkimyosi sanoatida hozirgi vaqtda sanoat miqyosida juda ko'p katalizatorlar ishlab chiqarilmoqda. Lekin bu katalizatorlarni ko'pchiligi 20-30 yil avval yaratilib sanoatga tadbiq etilgan. Yangi nazariyalar asosida tayyorlangan va tadbiq etilgan katalizatorlar deyarli yo'q. 2.1. Katalizator to'g'risida umumiy tushunchalar Katalizatorlar - bular shunday moddalarki, reaksiyaga kirishayotgan reagentlar bilan ko'plab oraliq reaksiyalarga kirishib, reaksiyani mexanizmini o'zgartirib, uni tezligini oshiradi. Oraliq reaksiyalarda ishtirok etib bo'lgandan keyin (har sikldan) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.89 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.89 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga