Katalitik kreking jarayoni va ularni qayta ishlash Katalitik krekingda uglevodorod reaksiyalari zanjirli karbkation mexanizmi bo'yicha ketadi. Kreking bilan birga uglevodorodlar jarayon sharoitlarida alkillash, izomerizatsiya, polimerizatsiya, gidrirlash va dealkillash reaksiyalariga kirishadi. Yuqori oktanli benzinlar va yuqori konsentratsiyali propan - propilen hamda butan - butilen fraksiyalari olish maqsadida turli tipdagi distillat va qoldiq xomashyolar katalitik kreking qilinadi. Sanoatda katalitik kreking Jarayonning maqsadli vazifasi - 300-500C oraliqda haydaladigan xom ashyodan yuqori oktanli benzin olishdan iborat. Benzin bilan birga o'rtacha distillat fraksiyalar - gazoyllar va butan - butilenni yuqori miqdorda saqlovchi gaz hosil bo'ladi. Katalitik kreking 450-5250C atmosfera bosimiga yaqin (0,06-0,14 MPa) bosimda alyumosilikat katalizatori ishtirokida olib boriladi. Katalitik kreking mahsulotlarining miqdori va sifati qayta ishlanayotgan xomashyo va katalizatorning tavsifiga hamda jarayonning rejimiga bog'liqdir. Katalitik kreking qurilmalarida yog'liq gaz, nostabil benzin, yengil va og'ir katalitik gazoyl olinadi. Ayrim hollarda ligroin ajratib olish ham ko'zda tutiladi. Uglevodorod gazi 80-90% C3-C4 fraksiyadan iborat bo'lib, ajratib olingandan so'ng alkillash, polimerlash jarayonlarida, etilen, propilen, butadien, izopren, poliizobutilen, sirt - aktiv moddalar va boshqa neftkimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Benzin fraksiyasi (qaynashning boshlanishi - 1950C) - avtomobil va aviatsiya benzini komponenti sifatida qo'llaniladi. Uning tarkibiga arenlar - 20-30% (mass.), sikloalkanlar - 8-15% (mass.) va alkanlar - 45-50% (mass.) kiradi. Fraksiyaning oktan soni 78-85 (motor usuli bo'yicha) ni tashkil etadi. Yengil gazoyl (Q.B. 175200C - Q.О. 3203500C) - dizel yoqilg'isining komponenti sifatida, qurum ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida hamda mazut olishda suyultiruvchi sifatida ham qo'llaniladi. Parafin xomashyosidan olingan yengil katalitik gazoylning setan soni 45-56, naften - aromatikniki esa 25-35. Og'ir gazoyl - katalitik kreking qoldiq mahsuloti. Mazut tayyorlashda va qurum ishlab chiqarishda, termik krekingda va kokslashda xomashyo sifatida ishlatiladi. Katalitik krekingning termikdan asosiy afzalliklari - katalizator ishtirokida reaksiya tezligining yuqoriroq bo'lishi va olinadigan mahsulotlarning qadrliligi. Katalitik va termik kreking jarayonlarini taqqoslash Katalitik riforming Katalitik riforming jarayonining ilmiy asoslari XX asrning boshida yo'lga qo'yilgan. 1911 yili Zelinskiy olti a'zoli sikloalkanlarni arenlarga yonaki reaksiyalarsiz platinali va palladiyli katalizatorlarda degidrirlashni amalga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. Shu yilning o'zida Ipatyev ushbu reaksiyani oksidli metall katalizatorda amalga oshirdi. 1936 yili bir vaqtning o'zida Sobiq Ittifoqda alkanlarni arenlarga degidrosiklizatsiya reaksiyasi ochildi: Moldavskiy va Kamusherlar ushbu reaksiyani xrom oksidida 450-4700C da; Kazanskiy va Plate - jarayonni aktivlangan ko'mirdagi platina katalizatori va 304-3100C haroratda amalga oshirdilar. Termik kreking Neftni qayta ishlash og'ir qoldiqlarini termik krekingi quyidagi mahsulotlar olish uchun amalga oshiriladi: avtomobil benzini (hozirda ushbu jarayon eskirgan); qurum ishlab chiqarish uchun xomashyo bo'lgan yuqori aromatlashtirilgan gazoyl; koks ishlab chiqarish ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
839.96 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
839.96 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: ppt