Katalitik kreking jarayonida boruvchi frakstiyalar. Jarayonni reaktorlari Reja: Sanoatda katalitik kreking Kimyoviy reaktorlar tasnifi Texnologik sxemalarning asosiy ko'rinishlari Kimyoviy reaktorlar konstruksiyalari 1. Sanoatda katalitik kreking Jarayonning maqsadli vazifasi - 300-500S oraliqda haydaladigan xom ashyodan yuqori oktanli benzin olishdan iborat. Benzin bilan birga o'rtacha distillat frakstiyalar - gazoyllar va butan - butilenni yuqori miqdorda saqlovchi gaz hosil bo'ladi. Katalitik kreking 450-5250S atmosfera bosimiga yaqin (0,06-0,14 MPa) bosimda alyumosilikat katalizatori ishtirokida olib boriladi. Katalitik kreking mahsulotlarining miqdori va sifati qayta ishlanayotgan xom ashyo va katalizatorning tavsifiga hamda jarayonning rejimiga bog'liqdir. Katalitik kreking qurilmalarida yog'liq gaz, nostabil benzin, yengil va og'ir katalitik gazoyl olinadi. Ayrim hollarda ligroin ajratib olish ham ko'zda tutiladi. Uglevodorod gazi 80-90 % S3-S4 frakstiyadan iborat bo'lib, ajratib olingandan so'ng alkillash, polimerlash jarayonlarida, etilen, propilen, butadien, izopren, poliizobutilen, sirt - aktiv moddalar va boshqa neftkimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Benzin frakstiyasi (qaynashning boshlanishi - 1950S) - avtomobil va aviastiya benzini komponenti sifatida qo'llaniladi. Uning tarkibiga arenlar - 20-30 % (mass.), stikloalkanlar - 8-15 % (mass.) va alkanlar - 45-50 % (mass.) kiradi. Frakstiyaning oktan soni 78-85 (motor usuli bo'yicha) ni tashkil etadi. yengil gazoyl (Q.B. 175200S - Q.O. 3203500S) - dizel yoqilg'isining komponenti sifatida, qurum ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida, hamda mazut olishda suyultiruvchi sifatida ham qo'llaniladi. Parafin xom ashyosidan olingan yengil katalitik gazoylning stetan soni 45-56, naften - aromatikniki esa 25-35. Og'ir gazoyl - katalitik kreking qoldiq mahsuloti. Mazut tayyorlashda va qurum ishlab chiqarishda, termik krekingda va kokslashda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Katalitik krekingning termikdan asosiy afzalliklari - katalizator ishtirokida reakstiya tezligining yuqoriroq bo'lishi va olinadigan mahsulotlarning qadrliligi. Quyida katalitik va termik kreking jarayonlarini nisbiy baholash natijalari berilgan. Katalitik va termik kreking jarayonlarini taqqoslash 2. Kimyoviy reaktorlar tasnifi Ko'p hollarda kimyoviy reaktorlar quyidagi belgilariga ko'ra tasniflanadi: texnologik jarayonni tashkil qilish usuliga ko'ra; jarayonning issiqlik jarayoniga ko'ra; apparat orqali reaksion muhitning harakat rejimiga ko'ra, boshlang'ich reagentlar va mahsulotlarning faza holatiga ko'ra. Texnologik jarayonni tashkil qilish usuliga ko 'ga, reaktorlar davriy, uzluksiz va yarim davriy ishlaydigan qurilmalarga bo'linadi. Davriy ishlaydigan qurilmalarda jarayon boshlanishida boshlang'ich moddalar biryo'la qurilmaga yuklanadi. Komponentlar konsentratsiyasi kimyoviy reaksiya rivojlanishi darajasiga ko'ra vaqt bo'yicha o'zgaradi, bu esa (11.5) kinetika tenglamasiga mos keladi. Reaksion aralashmaning aralashish jadalligi reaksion hajmning barcha nuqtalarida moddalar konsentratsiyasining o'zgarish xarakterini saqlash imkoniyatini yaratadi. Jarayonning asosiy kattaliklari - bosim va temperatura ham vaqt ichida o'zgaradi. Belgilangan vaqt o'tgangandan so'ng, reaktorda berilgan 12.1-rasm. Davriy ishlovchi aralashtirish qurilmasi: 1-qozon; 2-kirish yo'li; 3-aralashtirgich; 4-qobiq; 5-quyilish yo'li; 6-ilonsimon issiqlik ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
107.45 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
107.45 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: docx