Kataliz - rasmi

Material tavsifi

Kataliz Reaksiya tezligini o'zgartiradigan, lekin o'zi reaksiya natijasida kimyoviy jihatdan o'zgarmaydigan modda katalizator deb ataladi. Katalizator faqat kimyoviy jihatdan emas, fizikaviy jihatdan ham o'zgaradi. Ko'pincha katalizatorning ta'siri reaksiyaning tezligini oshirishdan iborat bo'ladi. Lekin ba'zan «chet» moddalarning ishtirok etishi kimyoviy reaksiyaning tezligini kamaytiradi. Bunday moddalar manfiy katalizatorlar, yoki ingibitorlar deb ataladi. Barcha katalitik jarayonlarni ikki guruhga: gomogen va geterogen katalizga bo'lish mumkin. Gomogen katalizda reaksiyaga kirishadigan moddalar ham, katalizatorlar ham bir xil fazada (b gaz holatida, yoki eritmada) bo'lishi lozim. Geterogen katalizda reagentlar va katalizatorlar boshqa-boshqa fazalarda bo'ladi. Geterogen katalizning eng ko'p tarqalgan xili kontakt kataliz bo'lib, bu katalizda katalizatorlik rolini qattiq jism sirti bajaradi. Sanoatda kontakt usulda sulfat kislota olish geterogen katalizga misol bo'la oladi. Katalitik jarayonlar quyidagi xususiyatlarga ega: 1) Katalizator juda oz miqdorda bo'lganda ham reaksiya tezligini deyarli o'zgartiradi. 2) Katalizatorning ta'siri to'yinish darajasiga qadar uning miqdoriga proporsional bo'ladi, to'yinish darajasiga yetgandan keyin, katalizator miqdori oshsa ham, reaksiya tezligi o'zgarmaydi. 3) Reaksiyada katalizator miqdori o'zgarmay qoladi. 4) Katalizator reaksiyada ishtirok etganda kimyoviy muvozanatni siljitmaydi, ya'ni qaytar reaksiyalarda qarama-qarshi jarayonni bir xilda o'zgartiradi, demak, muvozanat konstantaga ta'sir etmaydi. 5) Ko'pincha ikki va bir necha katalizatorlardan tuzilgan aralash katalizator kuchliroq ta'sir ko'rsatadi. 6) Har qaysi katalizator ma'lum bir reaksiyani yoki bir necha reaksiyanigina tezlatadi. Har qaysi reaksiyaning o'ziga xos katalizatorlari bo'ladi. 7) Eritmalarda boradigan reaksiyalarda ba'zan vodorod yoki gidroksid ionlari katalizatorlik vazifasini o'taydi. 8) Katalizator reaksiyaning aktivlanish energiyasini pasaytirib, reaksiya tezligini oshiradi. 9) Ba'zan muayyan reagentlardan bir katalizator ishtirokida bir xil mahsulot, boshqa bir katalizator ishtirokida boshqa xil mahsulot hosil bo'ladi. Sanoatda bu hollar juda yaxshi o'rganilib, so'ng yo'lga qo'yiladi. Katalizatorlarga boshqa moddalar aralashtirilganda quyidagi uch holning biri bo'lishi mumkin. A) katalizatorda o'zgarish bo'lmaydi; B) katalizatorning ta'siri kuchayadi; D) katalizatorning ta'siri pasayadi; Katalizator ta'sirini kuchaytiradigan moddalar promotorlar deyiladi. Masalan, nikelga 1% seriy qo'shilsa, uning aktivligi taxminan 20 marta ortadi. Ammiak sintezida temirning katalizatorlik ta'sirini kuchaytirish uchun jarayonga ishqoriy metall va alyuminiy oksidlari qo'shiladi. Promotorlarni o'rganish sanoat uchun juda katta ahamiyatga ega. Kattalik yoyuvchilar yoki tregerlar deb ataladigan moddalar ta'sirini o'rganish ham katta ahamiyatga ega. Katta sirtga ega bo'lgan g'ovak moddalarga (silikagel, aktiv ko'mir, alyuminiy, oksid, ba'zi metallar, ba'zi metallarning oksidlari va boshqalar) katalizator berilib, triggerning hamma joyiga katalizator teng taqsimlanadi, ya'ni yoyiladi. Masalan, platinalangan asbestda asbest katalitik yoyuvchi vazifasini o'taydi. Eruvchi ishlatilganida katalizator yaxshi maydalaganligi tufayli uning aktiv sirti ortib, katalitik ta'siri kuchayadi, shu bilan birga qimmatbaho katalizator tenglanadi Katalizatorlarga ba'zi moddalardan ozgina qo'shilganda uning aktivligini pasaytiradigan moddalarga katalitik zaharlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.16 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.16 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga