Katalizator tayyorlashda ishlatiladigan asosiy yoyuvchilar

Katalizator tayyorlashda ishlatiladigan asosiy yoyuvchilar

O'quvchilarga / Kimyo
Katalizator tayyorlashda ishlatiladigan asosiy yoyuvchilar - rasmi

Material tavsifi

Katalizator tayyorlashda ishlatiladigan asosiy yoyuvchilar Reja: Katalizator tayyorlashda ishlatiladigan asosiy yoyuvchilar haqida 2. Asosiy yoyuvchilarni ayrimlarining fizik-kimyoviy xususiyatlari. 1. Katalizator tayyorlashda ishlatiladigan asosiy yoyuvchilar haqida Katalizatorlarni kichik nisbiy yuzaga (diatomit, pemza, asbest) yoki yuqori takomillashgan yuzaga ( - Al2O3, MgO, silikagel, loylar (kaolin, bentonit) alyumosilikatlar ega bo'lgan yoyuvchilardan tayyorlash mumkin. Quyida sanoatda eng ko'p ishlatiladigan yoyuvchilarni ko'rib chiqamiz. Pemza - tabiiy material, g'ovakli, vulqondan keyin hosil bo'ladigan shishasimon modda. U natriy, kaliy, alyuminiy, magniy, temir silikatlar aralashmasidan iborat bo'lib, quyidagicha xususiyatga va tarkibga ega. Pemzani ishlatishdan avval kislotalar bilan yuvilib, undagi temir va alyuminiy kabi qo'shimchalardan tozalanadi. U yirik bo'laklardan tashkil topgan bo'lib (2-8 mm), mustahkam emas, shu bilan birgalikda yengil. Asbest - bu guruh minerallar ipsimon tuzilishga ega bo'ladi. Kimyoviy tarkibiga ko'ra bu minerallar har xil magniy, temir, kaltsiy va natriyning suvli silikatlari ko'rinishida bo'ladi. Kam gidratlangan (ko'k rangli) asbest yuqori issiqqa chidamli, qayta ishlash oson, kimyoviy ta'sirlarga chidamli, rivojlangan yuzaga ega (150 m2g gacha) bo'ladi. Ishlatilishidan avval uni kislotalar bilan yuviladi, bunda har xil ortiqcha qo'shimchalardan tozalanadi. U nisbatan kam ishlatiladi. Diatomit (kizelgur, infuzorli tuproq) - tog' jinsi bo'lib, asosan diatomit pantsirlari suv o'tlaridan tashkil topgan bo'ladi. Diatomitning asosiy xususiyatlari: Diatomit mexanik mustahkam bo'lib, uning yirik donachalari ishlatiladi. Metalli sopol (metallokeramika) - mikrosferik sharsimon, yuqori bosimda presslangan metalli sopol bo'lib, u yuqori issiqlik o'tkazuvchanlikka ega. Uning g'ovakligini va o'lchamlarini mikroshariklarni presslash davomida boshqariladi. G'ovakligi 40 % ga etadi, yuzasi uncha yuqori bo'lmaydi. Asosiy kamchiligi - uni aktiv komponentlar bilan shimdirish qiyin boradi. Shunga qaramay metalli sopolning qattiqligi tufayli uni sanoatda «qaynash qatlamida» katalizator sifatida keng qo'llaniladi. Aktivlangan ko'mir. Sanoatning turli sohalarida sorbentlar, katalizatorlar, yoyuvchilar sifatida qo'llanilishiga asosiy sabab, uning yuqori g'ovakligi (60-70% atrofida), elektr o'tkazuvchanligi va yuzaning tabiiy xususiyatidir. Texnik aktivlangan ko'mirda uning xom ashyosiga hamda tayyorlash sharoitiga qarab uglerodning miqdori 88-98 %gacha etadi. Aktivlanagan ko'mir olinishiga qarab uch xil bo'ladi. tozalovchi (oqartiruvchi), g'ovaklari to'yuvchi (rekupirlangan), gaz holidagi ko'mir (juda mayda). Ko'proq yoyuvchi katalizator sifatida uch xildagi ko'mirdan foydalaniladi. Uning asosiy ko'rsatkichlari 10-jadvalda keltirilgan. Umumiy holatda ko'mir multidispers g'ovakligi tuzilishga ega bo'lib, u umumiy yog'ochsimonlar sistemasini hosil qiluvchi g'ovaklarning turli xillaridan iborat bo'ladi. Aktivlangan ko'mirni har xil xom ashyodan, qattiq yoqilg'idan (torf antratsit, qo'ng'ir va toshko'mir), yog'ochdan, teri sanoati chiqindisidan, yong'oq po'chog'idan, suyakdan, lignindan va boshqalardan olinadi. 2. Katalizator tayyorlashda ishlatiladigan asosiy yoyuvchilar haqida 10-jadval Asosiy yoyuvchilarning xususiyatlari Aktivlangan ko'mir olish uchun xom ashyoga havosiz joyda avval issiqlik bilan, undan keyin suv bug'i bilan ishlov beriladi, bunda suv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 79.58 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 79.58 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga