Katalizatorlar haqida

Katalizatorlar haqida

O'quvchilarga / Kimyo
Katalizatorlar haqida - rasmi

Material tavsifi

Katalizatorlar haqida Reja: 1. Katalizator tayyorlash usullari. 2. Katalizatorlarning qaytarilishi. 3. Katalizatorning xizmat vaqti . Gomogen jarayonining katalizatorlari gazlar (NSl, NH3, BF3, azot oksidlari) yoki suyuq moddalar (mineral kislotalar, SO2Cl2, organik asoslar va hokazo) dir. Ular tayyor holda olinadi va malum miqdorda reaksion sistemaga kirgiziladi. Reaksiyalarni geterogen fazada olib borish uchun qattiq katalizatorlar kerak. Ular yuqori darajada aktiv bo'lishlari kerak, bu esa o'z navbatida katalizatorni yuzasiga bog'liq bo'ladi, yani katalizatorni tayyorlash usullariga va ularni reaksiyada ishlatishdan oldin qayta ishlashga bog'liqdir. Qattiq katalizatorlarga qo'yiladigan asosiy talablar: uning aktivligi, barqarorligi (turg'unligi), tanlovchanligi (selektivligi), uzoq muddat ishlashi, zaharlarga va yuqori temperaturaga chidamliligi, regenerirlashni osonligi. Katalizatorni ishga yaroqliligi uni tayyorlashda ishlatilgan materiallarga va ishlab chiqarish sharoitiga bog'liqdir.Katalizatorni uzoq muddat ishlashi, uni optimal ish sharoitini to'g'ri olib borishga bog'liqdir. Ishlash sharoitlariga rioya qilmaslik katalizatorni tezda ishdan chiqishiga olib keladi. Hozirgi zamon katalizatorlari murakkab va ko'p komponentli aralashmalar va birikmalardan tuzilgan bo'lib, ularning tarkibiga aktivlovchi qo'shimchalar kiritilgan bo'ladi. Bu katalizatorlarni tarkibini atom-adsorbtsiyalash usulida aniqlanadi. Katalizatorni cho'ktirib tayyorlash uchun ko'pincha nitrat tuzlarining yoki organik karbon kislota tuzlarini eritmalaridan foydalaniladi. Sulfatlar va galogenidlarni ishlatish taklif qilinmaydi, chunki va Cl- ionlari gellarga adsorblanib tayyor katalizatorni aktivligini pasaytiradi. 5.1. Katalizator tayyorlash usullari Quruq usulda (yondirish, toblash). Ho'l (nam) usulda (cho'ktirish bilan). Qotishma (splavi). Kolloid metallar olish yo'li bilan. Katalizator tayyorlashda, yoyuvchilar sifatida, aktivlangan ko'mir, har xil loylar, kaolin, shamot, silikagel, tsink oksidi, alyuminiy oksidi va boshqalar ishlatiladi. Co(NO3)2 CoO Co Cu(NO3)2 CuO Cu Mn (NO3)2 MnO Mn Zn(NO3)2 ZnO Zn Fe(NO3)3 Fe2O3 Fe Cho'ktirish, ammiakni suvli eritmasini [(NH4)2CO3, Na2CO3, K2CO3] tuzlari bilan amalga oshiriladi. Cho'ktirish jarayoni sovuq yoki issiq sharoitda, kontsentrlangan va kontsentrlanmagan eritmalarda olib borilishi mumkin. Cho'ktirilayotgan vaqtda to'la cho'ktirishga erishish kerak, bu esa empirik usulida amalga oshiriladi. Cho'ktirish tezligini, temperaturasini va eritmalar kontsentratsiyasini keng miqyosda o'zgartirish mumkin. Masalan, aktiv Zn(OH)2 ni olish uchun suyultirilgan ishqorni rux nitrat tuziga ta'sir ettirilsa, Su(ON)2 ni olish uchun esa ishqorni kontsentrlangan eritmasidan foydalaniladi, bunda cho'ktirish harorati 60-800S bo'lishini taqazo etadi. Zn(NO3)2 + NaOH Zn(OH)2 + NaNO3 suyultirilgan Cu(NO3)2 + NaOH Cu(OH)2 + NaNO3 kontsentrlangan Aralash katalizatorlarni olish uchun aktiv komponentlar tuzlari eritmasini birgalikda cho'ktirib olish maqsadga muvofiqdir. Hisoblarni metallar nisbatiga qarab olish kerak. Olingan cho'kmalarni distillangan suv bilan ON- yoki ionlari yo'qolguncha yuvish kerak. Ko'rsatilgan ionlar yuvilmaguncha katalizator aktivligi past bo'ladi va u tez ishdan chiqadi. Cho'kmada ortiqcha ishqorni bo'lishi kondensatsiya jarayonini tezlashtiradi. Buning natijasida yuzada kondensatsiya mahsulotlarining parchalanmaydigan birikmalar plyonkasi hosil bo'ladi, bu esa adsorbtsiyani qiyinlashtiradi, natijada katalizatorning aktivligi tez yo'qolib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.12 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.12 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga