Katalizatorni stabilligini (turg'unligini) aniqlash Reja: 1. Katalizatorning kokslanishi va reageneratsiya qilish. 2. Katalizator zarrachalarining tarkibi Turg'unlik - deb katalizatorni sanoat sharoitida ishlatilganda uzoq vaqt o'z aktivligini va selektivligini saqlab qolish xususiyatiga aytiladi. Amaliyotda aniqlangan sanoat normasiga ko'ra turg'unlikni pastki darajasi ko'pgina jarayonlar uchun 700 - 750 soat hisoblanadi. hozirgi vaqtda turg'unlikni umumiy va ilmiy asoslangan aniqlash usullari yo'q. Laboratoriya qurilmasida katalizator sanoat sharoitiga yaqin sharoitda aktivligini tamoman yo'qotguncha yoki 40 - 60% aktivligini yo'qotguncha tekshiriladi. Sinov yuqori temperaturada, katta kontsentratsiyada (xom ashyoni hajmiy tezligi), sanoatda ishlatiladigan katalizator bilan parallel olib boriladi. Standart katalizatorni parametrlari o'zgarmas ko'rsatkich sifatida foydalaniladi. Shu asosda gidrotozalash va riforming katalizatorlarni turg'unligini aniqlashda foydalaniladi. Turg'unlikdan tashqari katalizatorni ishlash davri (srok slujbi), ekspluatatsiya qilishni xarakterlaydigan ko'rsatkichlardan biri bo'lib, uni regeniratsiyalanish oralig'idagi ishlash vaqti hisoblanadi. 14.1. Katalizatorni kokslanishi va regeniratsiya qilish Xom ashyoning katalizator bilan kontaktlanishi natijasida, uning yuzasi smolasimon - koks mahsuloti bilan qoplanadi, natijada katalizatorni aktivligi pasayadi yoki butunlay yo'qoladi. Katalizatorni yuzasida eng avval to'yinmagan va polisiklik aromatik uglevodorodlar adsorbtsiyalanadi. Adsorbtsiyalangan uglevodorodlardagi vodorodlarni xom ashyodagi ozod bog'larga beradi. Buning natijasida katalizatorni yuzasidagi vodorodga to'yinmagan birikmalar hosil bo'ladi. Vodorodni berish hisobiga adsorbtsiyalangan mahsulotlar zichlashib katalizatorni aktivligini kamaytirib, uni yuzasida quyidagicha reaksion o'zgarishlarga olib keladi, uni quyidagicha yozish mumkin. Uglevodorodlar Smolalar Asfaltenlar Karboidlar Regenerlash - (aktivlash, aktivligini qayta tiklash) - bu katalizatorni maxsus qayta ishlangandan (toblangandan) keyin o'z aktivligini qayta tiklash jarayoniga aytiladi. Quyida katalizatorni regenerlashni quyidagi grafik (17-rasm) orqali tushuntirib berilgan. 17-rasm. Katalizatorni regenerlash. Shu bilan birga katalizatordagi koksni miqdorini aniqlash keltirilgan 1' - regeneratsiya oraligidagi vaqti, soat, yil. A- aktivlik, % VS - barqarorlik yoki turg'unlik oralig'idagi vaqti, soat, oy, yil Koks miqdori (x),% m - adsorbentli (askaritli) trubkani og'irligi.g (SO2 ni yutgandagi). mk - katalizatorning og'irligi, g. m1 - koksli katalizatorni og'irligi, g. m - toza katalizatorni og'irligi, g. Yuqorida keltirilganlardan ko'rinib turibdiki, regenerlash jarayonini bir necha marotaba takrorlash mumkinligi, bu albatta katalizator turiga va jarayonni borishiga bog'liq holda amalga oshiriladi. Shu bilan birga jarayonga muvofiq regenerlash agentini va regenerlash sharoitini tanlanadi. Katalizatorni kislorod (yoki havo) va havoni suv bug'i aralashmasi bilan regenerlash 400-500S da olib boriladi. Regeneratsiyani yuqori temperatura chegarasi, katalizatorni termik barqarorligini hisobga olinadi va odatda 700 - 7500S dan yuqori bo'lmaydi. Katalizatordagi kokssimon moddalarning tarkibi va katalizatorni strukturasiga bog'liq holda regeneratsiyani tezligi, oksidlanish reaksiyasini tezligi (kinetik chegarada) va kislorodni katalizator ichki g'ovaklariga yetkazish tezligi bilan (ichki diffuziya chegarasida) aniqlanadi. Regenerlashni (koksni yonishi) kinetik chegarasi quyidagi formula bilan ifodalanadi. Diffuziya oblastida koks qavatma-qavat yonadi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.02 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.02 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: doc