Kation va anionlarni aniqlash usullari

Kation va anionlarni aniqlash usullari

O'quvchilarga / Kimyo
Kation va anionlarni aniqlash usullari - rasmi

Material tavsifi

Kation va anionlarni aniqlash usullari Reja: 1. Birinchi guruh kationlarining sifat reaksiyalari 2. Kationlarning II - analitik guruhiga umumiy tavsifnoma 3. Kationlarning II - analitik guruhiga umumiy tavsifnoma 4. Kationlarning IV - analitik guruhiga umumiy tavsifnoma 5. Kationlarning V - analitik guruhiga umumiy tavsifnoma 6. I - II guruh anionlarining sifat reaksiyalari 7. Tarkibi noma'lum moddani tahlili 1Birinchi guruh kationlarining sifat reaksiyalari Birinchi analitik guruh kationlariga NH4+, Na+, K+, Li+, Rb+, Cs+, Fr+, Mg2+ ionlari kiradi. Bu ionlarning umumiy guruh reagenti yo'q. NH4+, K+, Rb+, Cs+, Fr+-lar uchun mos bo'lgan ko'pgina reagentlar bilan Na+, Li+, Mg2+ ionlari reaksiyalarga kirishmaydi. Shuning uchun birinchi analitik guruh kationlari ikkita guruhchaga bo'linadi, ya'ni Na3[Co(NO2)6], NaHC4H4O6 va H2[PtCl6] kabi reaktivlar bilan cho'kma beruvchi NH4+, K+, Rb+, Cs+ ionlar (1) va umumiy reagenti bo'lmagan Na+, Li+, Mg2+ ionlari (2) kiradi. Birinchi analitik guruh kationlarining ko'pgina birikmalari suvda yaxshi eriydi va rangsiz eritmalar hosil qiladi. Rangli eritmadagi birikmalariga xromatni (sariq), bixromatni (sarg'ish qizil), manganatni (yashil), permanaganatni (binafsha rang), ferrosianatlarni ( sariq va qizil) va geksakobaltlarni (sariq) kiritish mumkin. Birinchi guruh kationlarining NH4+dan boshqa barchasi oksidlovchilar va qaytaruvchilar ta'siriga chidamli, NH4+ esa oksidlanish xossasiga ega. Ushbu kitobda birinchi analitik guruh kationlariga xos reaksiyalar laboratoriyada bajarilishi mumkin bo'lgan ionlargagina berilgan(1-jadval) Birinchi analitik guruh kationlariga xos xususiy reaksiyalar 2. Kationlarning II - analitik guruhiga umumiy tavsifnoma Ikkinchi guruh kationlariga Ba2+, Ca2+ va Sr2+ ionlari kiradi. Bu kationlarning karbonatlari suvda erimaydi, kislotalarda yaxshi eriydi. Ana shuning uchun (NH4)2CO3 guruh reagenti hisoblanadi. BaS, CaS va SrS sulfidlar suvda yaxshi eriydi, shu xossasiga asoslanib II - guruh kationlari sulfidlarini, suvda erimaydigan II -V guruq kationlaridan ajratish mumkin. Ba2+, Ca2+ va Sr2+ ionlari rangsiz kationlardir. Kislotali tuproqda Сa2+ ionlari Н+ ionlariga, sho'rxok tuproqlarda esa Na+ kationlariga almashgan bo'ladi. Kislotali tuproqlarga CaCO3, sho'rxok tuproqlarga esa CaSO4H2O gips qo'shiladi. Tarkibida kalsiy va fosfor bo'lgan birikmalar qishloq xo'jaligida o'g'it sifatida ishlatiladi. Ca3(PO4)2+2CaSO4 - fosfat tolqoni. Ca(H2PO4)2 +2CaSO4 - oddiy superfosfat. Ca(H2PO4)2 - qo'sh superfosfat. CaHPO42H 2O -pretsipitat. CaСN2 - defoliant. Ca(NO3)2 - kalsiyli selitra. BaC12 va BaCO3 zaharli ximikatlar sifatida ishlatiladi. Guruh reagentini ta'siri. Ba2+, Ca2+ va Sr2+ kationlari guruh reagenti (NH4)2CO3 ta'siridan suvda erimaydigan, lekin kislotalarda eriydigan karbonatlar holida cho'kadi. СаC12+(NH4)2СОз= CaCO3+2NH4Cl 2+ 2- = СаСО3 Са +СО3 Bа2++СО32- = BаСО3 Sr2++СО32- = SrСО3 Guruh reagenti bilan II-guruh kationlarini cho'ktirishda quyidagilarga e'tibor berish kerak. Guruh reagenti suv ta'siridan gidrolizlanadi bu jarayonni to'xtatish uchun Le -Shatele qoidasiga muvofiq eritmaga NH4OH qo'shish kerak. (NH4)2CO3+HOH = NH4HCO3+NH4OH NH4OH qo'shilganda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 473.39 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 473.39 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga