Kauchuk va rezina Reja: Kauchuk haqida Tabiiy kauchuk Rezina Kauchuk (tupi tilida kau - daraxt va uchu - oqmoq) - rezina va rezina buyumlari tayyorlashda ishlatiladigan elastik material. Tabiiy va sun'iy (sintetik) xillarga bo'linadi.kauchuk har xil boladi Tabiiy kauchuk - asosan, braziliya geveya daraxtining sutsimon shirasi - lateks va kauchukli daraxtlardan olinadi. Olingan lateks qayta ishlanib, xom - texnik kauchuk hosil qilinadi. Uning tarkibida 93-94% kauchuk, 2,4-2,9% oqsil, 0,3% kul, 0,3% kand moddalari va 2,5-3% smola bor. Toza tabiiy kauchuk yuqori molekulali to'yinmagan uglevodorod, tarkibi (S5N8)p. Mol. M. 150 mingdan 500 minggacha boradi, zanjirining o'z. 100-400 A, ko'ndalang kesimi 1,5-3 A gacha. Tabiiy kauchuk molekulasining bu kattaligi va shakli uning eng muhim xususiyati elastikligini ko'rsatadi. Tabiiy kauchuk yog' va aromatik uglevodorodlarda va ularning hosilalarida, mas, benzin, benzol, xloroformlarda erib, yopishqoq eritma yelim hosil qiladi. Tabiiy kauchuk to'yinmagan birikma bo'lgani uchun vodorod, galogenlar, oltingugurt va kislorod bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada uning eruvchanligi, mustahkamligi, elastikligi va b. Fizik, mexanik xossalari o'zgaradi. Xom kauchuk oltingugurt bilan reaksiyaga kirishib yuqori sifatli rezinaga (qarang Vulkanizatsiya) aylanadi. Tabiiy kauchuk, odatda, amorf holatda bo'ladi, lekin vaqt o'tishi bilan kristallanishi mumkin. Yuqori elastikligi, suv va gaz o'tkazmasligi, elektroizolyasion xususiyati va yemiruvchi muhitlarga chidamliligi tufayli kauchuk texnika va turmushda ko'p ishlatiladi Indoneziya, Malayziya, Tailand, Hindiston, Xitoy, Shri Lanka va Vyetnamda tabiiy kauchuk ko'p ishlab chiqariladi. Sintetik kauchuk - sun'iy yo'l bilan rezina olinadigan yuqori polimer material (elastomer). Sintetik kauchuk turli birikmalarni polimerlab va sopolimerlab olinadi. Suyuq kauchuklar, ularning suvdagi dispersiyasi (sintetik latekslar), shuningdek, polimerlanish jarayonida yog', qorakuya va b. To'ldiruvchilar qo'llab olinadigan kauchuk ham sintetik kauchukdir Ba'zi sintetik kauchuklarni olishda uglevodorodlarning bifunksional hosilalarini polikondensatlash usuli qo'llaniladi. Sintetik kauchuk olish 2 asosiy jarayon: monomer (kauchogen)lar tayyorlash va ularni polimerlash yoki polikondensatlashdan iborat. Butadiyen, stirol, izopren, xlorpren, izobutilen, akrilonitril (vinil sianid) va b. Kauchogenlar sifatida ishlatiladi. Kauchogenlarning o'zi esa neft krekingi gazi, tabiiy va yo'lakay gazlar, etil spirtidan olinadi. Kauchogenlarni polimerlash jarayonida monomerlar katalizator (mas, natriy metali) ishtirokida (monomerning o'zi yoki eritmasi, suvli emulsiyasi) qizdiriladi. Ba'zi sintetik kauchuklar texnik xossalari (mas, issiqqa, erituvchilarga, yemiruvchi muhitlarga va ishqalanishga, yorug'lik va ozon ta'siriga chidamliligi, gaz o'tkazmasligi va b.)ga ko'ra, tabiiy kauchukdan afzal. Sinetik kauchuklardan 50 mingga yaqin nomda mahsulotlar ishlab chiqariladi. Birinchi sintetik kauchukni 1879-yil G. Busharda (Fransiya) olgan; sanoat miqyosida ishlab chiqarishni S. V. Lebedev (Rossiya) 1932-yilda yo'lga qo'ydi. Sintetik kauchuk olish iqlim va geografik sharoitlarga bog'liq bo'lmaganligi, mehnat unumdorligining yuqoriligi va arzon xom ashyo bazasining mavjudligi tufayli katta iqtisodiy foyda beradi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
276.67 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
276.67 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: pptx