Kimyo darslarida ekologik bilim va tushunchalarni singdirish usullari Ilgarigi boblarda moddaning fizik va kimyovii xossalarini izoxlovchi qonun bilan tanishdik. Atrof muhitni yaxshirok o'rganish maqsadida ana shu qonun va qonuniyatlarni amalda qo'llash kerak bo'ladi. Nima sababdan atrof muhit ifloslanadi uni qanday qilib toza tutishimiz va kelajak avlodlarga musoffo holda etkazishimiz uchun nimalar qilishimiz kerak, degan muammo kelib chiqayapti. Atmosfera va atrof muhitga tarqalayotgan moddalar avvaliga oddiy bo'lib ko'rkinsada, aslida ular bir-biriga qo'shilib, quyosh nuri, bosim, temperatura, suv va shu kabi omillar ta'sirida katta o'zgarishlarga sabab bo'layotgani malum. Korxonalardan ajralib, suvga yoki tuproqqa qo'shilib atrof muhitni turli chiqindilar bilan boyiyotgan mahsulotlar endilikda atmosferani ifloslantirib bormoqda. Buning oldini olish tez orada hal etilishi lozim bo'lgan muhim masalalardan bo'lib qoldi. Ushbu bobda yana shular haqida fikr yuritiladi. Atmosfera murakkab sistema bo'lib, dengiz sathida havoning 99 % i azot bilan kislorodga to'g'ri keladi. ( qolgani CO va asl gazlardan iborat). Atmosferaning tarkibiy nisbiy molekulyar massasi 90 km balandlikkacha o'zgarmaydi, undan yuqorida esa tez o'zgaradi. Masalan, dengiz sathidagi miqdori juda kam bo'lgan geliy 500-100km balanlikda atmosferaning asosiy komponentiga aylanadi. Atmosfera tarkibining balanlik bo'yicha o'zgarishi kimyoviy o'zgarishlar bilan bog'liq bo'ladi. Quyoshning elekromagnit nurlanish natijasida vujudga keladigan energiyaning yutilishi orqasida atom va molekulalar ionladi hamda dissotsilanadi. Bunda kislorod molekulalari quyidagi holda atomlarga dissotsilanadi: O2(gaz)khv → 2O(gaz) Bunday jarayonning davom etishi natijasida atmosfera tarkibining o'rtacha nisbiy molekulyar massasi pasayadi. Chunonchi molekulyar kislorodniki 32 ga, atomar kislorodniki 16 ga teng. Tarkibida atomar va molekulyar massasi 16-32 orasida bo'lishi tabiiy. Atmosferada suvning fotodissotsiyalanishi ham qiziqish tug'diradi. Yer yuzasidan atmosferaning qavatlariga ko'tariluvchi suv miqdori unchalik ko'p emas. Ammo suvning atmosferadagi fotodissotsiyalanishi yerda kislorodli atmosferaning vujudga kelishiga sabab bo'lgan, degan fikrlar mavjud. Atmosferada juda ko'p kimyoviy reaksiyalar amalga oshadi. Bulardan elektron ko'chishi bilan boradigan reaksiyalar kimyoning barcha tarmoqlari bilan bir qatorda biokimyo uchun ham muhimdir. Turli xil birikmalarning hosil bo'lishi, parchalanishi, almashinuv reaksiyalari, mamoqaldiroq paytida amalga oshadigan ozon O3 hosil bo'lishi reaktsilari inson va jonivorlar uchun mnhim ahamiyat kasb etadi. Almashinuv reaksiyalariga misol qilib qo'yidagi jarayonlarni ko'rsatish mumkin. O(gaz) k N2(gaz) → NO(gaz) k N(gaz) N(gaz) k O(gaz) → NO(gaz) k N(gaz) Yuqoridagi reaksiyalar ekzotermik reaksiyalar bo'lganligi tufayli osonligi bilan amalga oshadi. Atmosferaning yuqori qismini tashkil qilishiga qaramay NO milliondan bir qismida eng ko'p tarqalgan ion hisoblanadi.Mezosfera bilan stratosfera hosil bo'luvchi atomlar kislorod kislorod molekulasi bilan birikib, ozon (O3) ni hosil qiladi: O(gaz) k O2(gaz) → O3(gaz) Ozon molekulasi qo'shimcha energiyala ega. Uning atomar va molekulyar kisloroddan hosil bo'lishi energiyaning ajralishi bilan boradi ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.36 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.36 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: doc