Kimyo darslarida o'quvchilarga ekologik ta'lim - tarbiya berish

Kimyo darslarida o'quvchilarga ekologik ta'lim - tarbiya berish

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo darslarida o'quvchilarga ekologik ta'lim - tarbiya berish - rasmi

Material tavsifi

Kimyo darslarida o'quvchilarga ekologik ta'lim-tarbiya berish Reja: O'quvchilarga kimyo darslarida ekologik ta'lim- tarbiya berish. Atrof- muhitni zararlantiruvchi omillar Kimyo sanoatining ekologiyasi. Atmosfera havosining ifloslanishi. O'rganiladigan asosiy tushunchalar: Ekologiya deganda nimani tushinasiz? Kimyo darslarida ekologik ta'lim - tarbiya berishning ahamiyati, atrof-muhitni zararlantiruvchi omillar, kimyo sanoatining ekologiyasi, atmosfera havosining ifloslanishi. Tabiyatni muhofaza qilish - bugungi kunning eng asosiy muammolaridan biridir. Jamiyat va tabiat, inson va atrof-muhit o'rtasidagi munosabatlarni ongli ravishda boshqargandagina ekologik muvozanatga erishiladi. Bu munosabatlar mohiyatini o'quvchilar ongiga to'g'ri yetkaza olish, ularning tabiatga bo'lgan munosabatini ongli ravishda amalga oshira bilishga o'rgatish ekologik ta'limning asosiy negizidir. O'quvchilarga ekologik ta'lim-tarbiya bershda kimyo va biologiya o'qituvchlari muhum rol o'ynaydi. Kimyo darslarida uni amalga oshirishda tabiatning bir butunligi va uning ozaro aloqadorligiga, inson faoliyati ta'sirida tabiatda sodir bo'ladigan o'zgarishlarga tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi masalalarga alohida et'ibor beriladi. Buning uchun o'quvchilar ongida yangicha ekologik tafakkurni shakllantirish, bu ishda samarador tashkiliy ishlarni qo'llash- milliy tarbiyani tizimi oldiga qo'yilgan hayotiy muammolardandir. Bu masalani hal etishda sinfdan tashqari tashkil etiladigan ekologik tarbiyaviy tadbirlar o'zining mazmunan boyligi, tashkiliy shakllarining serqirraligi bilan ajralib turadi. Biz bu o'rinda sinfdan tashqari tashkil etiladigan ekologik tarbiyaning ayrim samarador shakllari xususida fikr yuritishni lozim deb topdik. Bundan ko'zlangan maqsad sinf va to'garak rahbarlarini, tarbiyachilarni aniq uslubiy tavsiyalar bilan qurollantirishdan, samarador tashkiliy shakllarning tarbiyaviy jarayondagi o'rni va ahamiyati haqida ma'lumotlar berishdan, ekologik tarbiyani tashkil etishda sezilarli siljish yasashga turtki bo'ladi. Sinfdan tashqari tashkil etiladigan ekologik tadbirlarning quyidagi shakllari samarador bo'lib hisoblanadi. a). an'anaviy bayramlarni nishonlash - 35,3% b). tabiat qo'yniga sayohatlar, sayrlar - 21,4% v). amaliy va to'garak mashg'ulotlari - 16,1% g). ijtimoiy foydali mehnat - 9,7% d). boshqa omillar - 17,5% Ekologik to'garaklar, o'quvchilarni mahalliy ekologik vaziyat bilan kengroq tanishtirish, ularni vujudga kelgan keskinlikni bartaraf etishda ishtirok etish istiqbolini ochadi. Kimyo zavodlarning atrof-muhitga chiqaradigan chiqindilari, havo havzasini ifloslantiradigan gazlar va ularning inson salomatligiga, tirik jonzod va o'simliklar dunyosiga ta'sirini o'rganishga to'g'ri keladi. Kislorod, oltingugurt, azot, fosfor, mineral o'g'itlar mavzulari o'tilganda, zavodning atrof-muhitni ifloslantirayotgan chiqindilari va zaharli gazlarga alohida to'talib o'tish kerak. Buning sabablari va ularni kamaytirish yo'llarini o'quvchilar bilan muhokama qilishlari lozim. Turli xil savol-javoblar o'tkazish va bular asosida o'quvchilarda ekologik ta'lim shakllanib boradi, ulardan tabiatga, o'simliklar dunyosiga va butun tirik mavjudodlarga bo'lgan qiziqishi va havaslari ortib boradi. Kimyo sanoatining kuchli rivojlanishi, mashinasozlikning rivojlanishi, kimyoviy mahsulotlarning xalq xo'jaligida qo'llanish darajasi ortib borgan sari havoning har xil sanoat chiqindilari (changlar, zaharli gaz moddalari) bilan ifloslanishi kuzatulmoqda, bu kishilar salomatligiga salbiy ta'sir qilmoqda. Bobokalonimiz Abu Ali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.28 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.28 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga