Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo darslarini takomillashtirish muammolari MUNDARIJA KIRISH Mavzuning dolzarbligi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish uchun ta'lim tizimiga ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali o'quvchilarning faol bilim olishlarini tashkil etish va ta'lim tizimining demokratik tamoyillariga tobora keng yo'l ochib berish lozim. Hozirgi kunda faqat pedagogning mehnati va mahoratiga asoslanib tashkil etilgan ta'lim yaxshi samara bermasligi hеch kimgа sir emаs. Endi pеdаgоgning аsоsiy vаzifаsi o'quvchilаrgа tаyyor bilim bеrish emаs, bаlki bilimlаrni mustаqil egаllаshlаrigа ko'mаklаshishdаn ibоrаt. Buning uchun esа o'quvchilаrning o'z qоbiliyati vа imkоniyatlаrini to'lа-to'kis nаmоyon etishlаri vа butun kuch-g'аyrаtlаrini bilim оlishgа sаrflаshlаri uchun imkоn bеrаdigаn dаrаjаdа tа'lim-tаrbiya jаrаyonini tаkоmillаshtirish zаrur. Аn'аnаviy tаrzdаgi o'qituvchining fаоlligi vа bаrchа mаtеriаlni tushuntirishgа hаrаkаt qilishi bilаn bоg'liq bo'lgаn dаrslаrning o'rnigа o'quvchining fаоlligini оshirish bilаn bоg'liq bo'lgаn nоаn'аnаviy dаrslаrni аmаlgа оshirish hоzirgi kundаgi dоlzаrb mаsаlаlаrdаn biridir. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi.Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo darslari samaradorligini noan'anaviy va interfaol metodlarni qo'llash orqali oshirish. Tadqiqot vazifalari. -adabiyotlar orqali kimyo o'qitish metodlarini tahlil qilish va unda interfaol metodlarning o'rnini aniqlash; - «Galogenlar» va «Ammiyak ishlab chiqarish» mavzularini bo'yicha syujetli-rolli o'yinli darslarning senariylarini ishlab chiqish; - «Galogenlar» va «Kislorod» mavzularini bo'yicha noan'anaviy va interfaol darslarning senariylarini ishlab chiqish. Himoyaga quyidagilar olib chiqiladi: «Galogenlar» va «Ammiyak ishlab chiqarish» mavzularini bo'yicha syujetli-rolli o'yinli darslarning senariylari; - «Galogenlar» va «Kislorod» mavzularini bo'yicha noan'anaviy va interfaol darslarning senariylari. Ishning ilmiy yangiligi: Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo o'qitishning o'qitishning o'ziga xos tomonlari,mavjud muammolar o'rganilib,ularni uslubiy jihatdan to'g'ri hal etishda noan'anaviy va interfaol darslarning senariylari ishlab chiqildi. Ishning amaliy ahamiyati: Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar o'quvchilarning kimyo fanini mavzularini chuqur o'zlashtirishlariga yordam beradi va ularning kimyo fanidan bilim olishga bo'lgan qiziqishini oshiradi.Bitiruv malakaviy ish materiallaridan maktab kimyo o'qituvchilari o'z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. Bitiruv malakaviy ish kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidav tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishni yozishda 40 ta ilmiy va uslubiy adabiyotlardan foydalanilgan. 1- BOB. KIMYO O'QITISH METODLARINING UMUMIY TAVSIFI 1.1.Kimyo o'qitishdagi umumiy metodlar 1.1.1. O'qitish metodlari tushunchasi Metodika nomi metod (yunoncha metodos-tadqiqot, yo'l) og'zakiidan kelib chiqqan. Falsafa lug'atida metod maqsadga erishish yo'li, ma'lum tartibga solingan faoliyat. Maorif va o'qitish metodlarning muammosi nafaqat kimyo o'qitish metodikasi va nazariyasida, balki didaktikada ham yetarlicha ishlab chiqilgan emas. o'qitish metodlari tushunchasining aniq ta'rifi ommalashgan tasnifi mavjud emas. Didaktikada o'qitish metodlari deganda ta'lim maqsadlariga erishishga qaratilgan o'quvchilar va o'qituvchi o'rtasida o'zaro bog'langan tartibga solingan faoliyat usullari tushuniladi. G.I.Shukina o'qish metodlarini o'quv jarayoning eng murakkab, ko'p sondagi aloqalar va ular orasida bog'liqliklarga xizmat qiluvchi komponenti ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
193.79 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
193.79 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: doc