Kimyo fani va sanoati oldidagi ayrim muhim vazifalar Kimyo fani va sanoati oldidagi ayrim muhim vazifalar Fan va texnika rivojlanib borar ekan, insoniyat oldida yangi-yangi muammolar ham paydo bo'ladi va ular odamlardan o'z yechimini so'raydi. Kimyo fani va sanoati ham Respublikamizda kundan-kun rivojlanib bormoqda. Rangli metallar, o'g'itlar, sun'iy va sintetik tolalar, plastmassalar, polietilen va polipropilen va ulardan tayyorlanadigan buyumlar, sovun va kir yuvish vositalari, neft va gaz mahsulotlari xalq xo'jaligining turli sohalarida ishlatiladigan kislota, asos, tuzlar, paxta va boshqa ekinlar yetishtirishda ishlatiladigan kimyoviy moddalar ishlab chiqarilmoqda. Shuni aytish kerakki, bu kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish vaqtida ko'plab sanoat chiqindilari ham hosil bo'ladiki, ular ikkilamchi xom ashyo sifatida albatta qayta ishlanib kerakli va foydali birikmalarga yoki buyumlarga aylantirilishi kerak. Chunki ular atrof muhitga zarar keltiradi. Shu nuqtai nazardan : Birinchi muammo bu ekologik muammolardir. Respublikada har bir viloyat, shahar, tumanlardagi shunday sanoat, qishloq xo'jaligi, muammolar va maishiy chiqindilar ro'yhatini(bankini) tayyorlab to'plam holida chiqarish va uni vaqti-vaqti bilan yangilab turish kerak. Shunda bu muammolar ko'pchilikka ma'lum bo'lib ularni yechish va qayta ishlash, foydali mahsulotlarga aylantirish bilan to'g'rilanish tezlashadi. Bularning barchasi kimyoviy moddalardir. Ikkinchi muammo bilimdon, yuqori malakali kimyogar mutaxasisslarni tayyorlash bilan bog'liq muammolardir. Ular ilmiy,ilmiy-ommabop adabiyotlar, o'quv qo'llanmalar, darsliklar, ko'rgazmali vositalar,elektron darslik va qo'llanmalar, kimyoviy tajribalarning rasmlari, animatsiyalar va hoka'zolardir. Murakkab masalalar va ularning yechimlariga bag'ishlangan o'zbekcha-ruscha-inglizcha kitoblar. Kimyodan jadvallar, sxemalar, qonun va qoidalarga bag'ishlangan adabiyotlar , ma'lumotnomalar shular jumlasidandir. Uchinchi muammo-kimyo vositalari va kimyoviy moddalar, reaktivlar, asboblar ishlab chiqarish, Respublikaga olib kelish bilan bog'liq bo'lgan tadbirkorlikni yo'lga qo'yish muammosidir. Bunda ilmiy va o'quv laboratoriyalarida,meditsinada, qurilishda, neft-gaz ishlab chiqarishda, ma'danlarni boyitishda, qishloq xo'jaligida, transportda va boshqa sohalarda ishlatiladigan kimyoviy moddalar va asbob uskunalarga asosiy e'tibor qaratiladi. To'rtinchi muammo-gaz holida chiqadigan ma'shiiy va sanoat chiqindilari H2S , SO2 , F2 , NO2 kabi gazlarni polimer chiqindilarni zararsizlantirish muammolaridir. Beshinchi muammo-Respublikada tabiiy(paxta, jun, ipak, zig'ir), sun'iy va sintetik tolalarni bo'yash uchun ishlatiladigan tabiiy va sintetik bo'yoqlar olishni yo'lga qo'yishdir. Chunki bu bo'yoqlar Respublikamizga chetdan keltiriladi. Oltinchi muammo-barcha kimyogarlarni bitta jamiyat asosida birlashtirib hamkorlik qilish muammosidir. Bunda gap kimyogarlar jamiyati tashkil qilish va uning vazifalarini belgilash ustida borayotir. Albatta bugungi kunda bu muammolar ro'yhati shular bilan tugamaydi. Ularni hayotning o'zi oldimizga qo'yadi va ularni yechish kerak bo'ladi. E'tiboringiz uchun rahmat. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.6 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.6 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: pptx