Kimyo fani va uning metodologik muammolari XX-asr kimyo fani tabiatshunoslikning asosiy tarmoqlaridan biri darajasiga o'sib etdi va ilmiy-amaliy nuqtai nazardan bir qator o'ziga xos belgilarga ega bo'lib qoldi: 1. Kimyo fani qudratli nazariyaga tayanib ish ko'radi va bu nazariyaning negizida atomning kvant-mexanik tuzilish modeli yotadi. Elementlar xossalarining davriy ravishda o'zgarishi, kimyoviy bog'lanishning tabiati, moddalarning reaksiyaga kirishish qobiliyati kabi masalalar fizik va matematik apparat yordamida o'zining to'g'ri (ilmiy jihatdan asoslangan) talqinini topmoqda. 2. qudratli nazariy poydevor kimyoning amaliy imkoniyatlarini kengaytirib yubordi. Natijada xossalari oldindan bashorat qilingan va maqsadga muvofiq sifatlarga ega bo'lgan ko'p sonli yangi moddalar olinmoqda va foydalanilmoqda. 3. Moddalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini bexato aniqlash imkonini beradigan rang-barang tadqiqot metodlari kimyoga xizmat qilmoqda. Masalan, rentgen-spektr va rentgen-struktura, ultrabinafsha va infrakizil spektroskopiya, radiospektroskopiya, massa-spektrometriyasi, elektroparamagnit va yadro-magnit rezonansi, nishonli atomlar va aktivatsiya analizi kabi usullar shu jumladandir. 4. Organik va anorganik kimyoning o'zaro samarali omuxtalashuvi natijasida koordinatsion va element-organik birikmalar kabi noan'anaviy sohalar shakllandi va tez rivojlanmoqda. 5. Kimyoning boshqa tabiiy fanlar bilan aloqasi kuchayib fizikaviy kimyo, kimyoviyo fizika, biologik kimyo, geologik kimyo, kosmik kimyo, bioorganik va bioanorganik kimyo kabi fanlar paydo bo'ldi va bo'lmoqda. Fanlarning bunday integratsiyasi keng qamrovli ilmiy muammolarning muvaffatiyatli hal qilinishiga sababchi bo'lmoqda. 6. Kimyo fanining o'zida ham kuchli differensiyalanish sodir bo'lmoqda. Natijada ayrim elementlar va yo'nalishiga ko'ra tarmoqlanish kuzatilmoqda. Masalan, ftor kimyosi, fosfor yoki kremniy kimyosi, siyrak-yer elementlari yoki radioaktiv elementlar kimyosi, inert gazlar yoki o'tish davrining metallari kimyosi, gidridlar yoki karbidlar kimyosi, etilen yoki atsetilen kimyosi, aromatik yoki to'yinmagan birikmalar kimyosi, neft kimyosi, tabiiy birikmalar kimyosi, termokimyo, elektrokimyo, kristallokimyo, past haroratlar kimyosi, kollond kimyo, radiatsion kimyo va boshqalar. Kimyo fanining beqiyos darajada rivojlanishi, uning tabiat va jamiyat hayotiga bevosita yoki bilvosita ta'sirining kuchayishi, boshqa fanlar bilan hamkorligining ortishi, modda to'g'risida yangi-yangi bilimlar majmuasining qaror topishi kabi hodisalar olimlar va mutaxassislar oldiga ko'pgina falsafiy va metodologik muammolarni ham ko'ndalang qilib qo'yadi. O'z vaqtida akademik B.M.Kedrov va uning hamkasblari bu masalada kimyogarlarni boshqalardan orqada qolmaslikka chaqirib yozgan edilar: «O'zlarining metodologik muammoldarini faol muhokama qilib biologlar va fiziklar, kibernetiklar va mexaniklar munozarasida kimyogarlarning ovozi deyarli eshitilmayapti. Balki, ular uchun nazariyotchi fiziklar bir paytlar ajratib qo'ygan faqat tajriba o'tkazish (empirik faoliyat bilan shug'ullanish) vazifasi etarlidir? Vaholanki, hozirgi paytda kimyoning oldida juda ko'p metodologik muammolar turibdi». Kimyo metodologiyasi quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi: - materiya harakatining kimyoviy shakli; - kislota va asos tushunchalari; - modda tarkibining diskretligi (uzlukliligi) va uzluksizligi; - kimyoviy individuallik; - kimyo bilan biologiyaning, kimyo bilan ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.44 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.44 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: doc