Kimyo fani va uning vazifalari

Kimyo fani va uning vazifalari

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo fani va uning vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Kimyo fani va uning vazifalari Reja: 1. Kirish. 2. Kimyo fani va uning vazifalari 3. Kirnyo fanining qisqacha rivojianish tarixi Quyi sinflarda siz fizika va botanika fanlarini o'rgandingiz. Endi kimyo bilan tanishib chiqasiz. Kimyo fizika va botanika kabi tabiiyot haqidagi fanlar jumlasiga kiradi. Atrofimizni o'rab turgan moddiy dunyo jismlardan tashkil topgan. Ular katta-kichikligi, rangi, massasi, shakli va boshqa belgilari bilan farqlanadi. Ularning biror maqsadda ishlatila-diganlari buy urn deb ataladi. Jismlarning turli xil xossalarga ega bo'lishi eng avvalo ularning tarkibiga bog'liq. Jismning tarkibiy qismi moddalar deb ataladi. Ba'zan turli xil jismlar bir xil moddadan iborat bo'ladi. Masalan, bolg'a, mix, igna va pichoq temir moddasidan tashkil topgan. Shuningdek, bir xil jismlar har xil moddalardan, tashkil topadi. Masalan, qoshiq alyuminiy yoki temir moddasidan, shuningdek, oltin va kumushdan ham yasalgan bo'lishi mumkin. Demak, jismning xossasi uni tashkil qilgan moddaning tabiatiga, ya'ni uning xossasiga bog'liq. Shunga muvofiq, bir xil moddadan iborat turii jismlar bir xil xossaga, har xil moddadan iborat bir ,xil jismlar esa turii xossaga ega bo'ladi. Jonii va jonsiz tabiatdagi barcha moddalar doimo o'zgarib turadi. Misol tariqasida havoni olib ko'raylik. Sinf xonasidagi havoning tarkibi dars mobaynida o'zgaradi. Biz havo tarkibidagi kisloroddan nafas olganimizda uning havodagi miqdori kamayadi, nafas chiqarishimiz hisobiga havoda karbonat angidridning miqdori ortadi. Shuning uchun sinf xonasini tez-tez shamollatib turish kerak bo'ladi. Ikkinchi bir misoini olib ko'raylik. Siz maktab tajriba-yer maydonida yoki tomorqangizda yerga har xil o'simliklar urug'ini ekasiz. Ulardan dastlab nihol unib chiqadi, uning o'sishi natijasida poya va barglar rivojianadi. Gul va urug'(meva)lar hosil bo'ladi. Bu jarayonlarning hammasida qanday o'zgarishlar sodir bo'lishi haqida o'ylab ko'ring! Ularning asosida suv, tuproqdan olinadigan oziq moddalar, havodagi karbonat angidrid va quyosh energiyasi ishtirokida sodir bo'ladigan juda murakkab kimyoviy o'zgarishlar yotadi. Bu o'zgarishlarda ko'plab yangi moddalar hosil bo'ladi. Hozirgi kunda juda ko'p kiyim-kechak, uy-ro'zg'or buyumlari, mashinalarning detallari, sintetik hosil qilingan moddalar - plastmassalar, sun'iy charm, kauchuk, kimyoviy tolalardan tayyorlanmoqda. Demak, «Kimyq-tabiiy va sun 'iy moddalarning xossalarini, ular tarkibining o'zgarishi tufayli yangi moddalar hosil bo'lish jarayonlarini o'rganuvchi fandir», degan xulosa chiqarish o'rinii bo'ladi. Juda ko'p dori-darmonlar va o'simliklarni muhofaza qila-digan vositalar ishlab chiqarish ham ana shular jumlasidandir (1-sxema). Shulardan ko'rinib turibdiki, kimyoning asosi^ vazifalaridan bin insonlarning moddiy-maishiy sharoitini yaxshilash va salomatligini ta'minlashdan iborat. Kimyo fanining hozirgi vazifalari jamiyatning moddiy va ma'naviy ehtiyojini qondirish yuzasidan hali to'liq hal qilinmagan, ya'ni yechimi topilmagan muammolarni o'rganish va ularning yechimini axtarishdan kelib chiqadi. yechimini kutayotgan eng muhim muammolar sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: a) aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va keng iste'mol mollariga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.17 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.17 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga