Kimyo fani yangiliklarini o'quv jarayoniga tadbiq etish R e j a: 1. «ta'lim to'grisida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ni kimyo faniga boglab o'tish. 2. Standart asosida bilim berish. 3. Yangi dastur bilan oldingi dasturlarni farqi va yangi dastur asosida dars o'tish. 4. xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiklangan o'quv darsliklari va ko'llanmalardan to'lik foydalanish. 5. Har bir dars fan yangiliklari bilan boyitib borish. 6. Har bir dars ko'rgazmali va texnik vositalardan foydalanish. o'quvchilarga kimyo fanining asoslari eng muhim tushunchalar, faktlar, kimyoviy qonun va nazariyalar, kimyoviy til, dunyoqarash xarakteridagi umumlashmalari haqida ma'lumot berish va ularni mehnat faoliyatiga tayyorlashdan iborat. o'quvchilarning politexnik tayyorgarligini oshirish uchun kimyoviy ishlab chiqarishning ilmiy asoslari, mamlakat xalq xo'jaligini kimyolashtirishning asosiy yo'nalishlari, fan bilan ishlab chiqarishning o'zaro bog'liqligi, iqtisodiy tejamligi, kimyoviy metod va vositalardan foydalanish: kimyoviy va shunga yaqin ishlab chiqarishdagi kishilarning mehnati, ularning sogligini muhofaza qilishning yo'llari bilan tanishtirish. Programmani bilib olish va dunyoqarash nuqtai nazaridan muhim bo'lgan moddalarning ishlatilishi, uning xossasiga bog'liqligi, xossalari va tuzilishiga bog'liqligi, kimyoviy reaksiyalarning borish qonuniyatlari va bu qonuniyatlarga asoslanib reaksiyalarni boshqarish yo'llari, moddalarning genetik bog'lanishi va tabiat hodisalarini bilib olish muhimligi, moddalarning miqdor o'zgarishlarning sifat o'zgarishga o'tishi, moddalarning o'zgarishi tabiatning o'ziga xos bo'lgan qonuniyatlarining ta'siri bilan bog'liqligi kabi kator g'oyalarni aniklashga imkon beradi. Moddalarning olinishi, xossalari, ishlatilishini o'rganishda o'quvchilarga davlatning kimyolashtirish sohasidagi siyosat bilan tanishtirib borish. o'quvchilarni kasblarga yo'naltirish maqsadida kimyo sanoati, shu jumladan, mahalliy sanaot va ishlab chiqarish bilan tanishtiriladi. Kimyo va unga oid har xil kasblar to'grisida, shu kasb uchun qanday kimyoviy bilimlar va o'quv malakalari talab qilinishi, kasbning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, unga bo'lgan ehtiyoj, kasbning mazmuni va undagi mehnat xarakteri, unda qanday fan va texnika yangiliklaridan foydalanish o'quvchilarga tushuntiriladi. Kimyo fani ishlab chiqarishlar va kimyo fanining amalda tadbiq etilishi o'rganilayotgan o'quvchilar etibori, tevarak-atrofdagi tabiatga yaxshi munosabatda bo'lish zarurligiga qaratilgan. o'quvchilar tabiatni sanoat chiqindilaridan muhofaza qilish, hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarishning eng muhim prinsiplaridan biri ekanligini o'quvchilarga tushuntirish lozim. Iloji bo'lsa, o'quvchilarni zavodlardan chikadigan chiqindi gazlar, okava suvlar va boshqalarni tozalash maqsadida qo'llaniladigan inshoatlar hamda tozalash usullari bilan tanishtirish kerak. Kimyo fanini o'qitish jarayonida o'quvchilar aktivligini iloji boricha oshirishga, ularga ongli ravishda bilim olishga intilish his -tuyg'ularini uygotishga harakat qilish lozim. o'qitishning turli metodlaridan foydalanish, darslarda o'quvchilarni mustaqil ishlashlarini to'gri tashkil etish, o'qituvchining muhim masalalarni gapirib berishi, hodisalarning sababini amaliyot bilan bog'lash, hozirgi zamon texnika vositalari (radio, televideniye, kino va boshqalar) ni tadbiq etish, yuqoridagilarning hammasi o'quvchilarning kimyo asoslarini o'zlashtirib olishlarini ta'minlashning asosiy yo'li hisoblanadi. Kimyoning asosi ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.99 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.99 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:42 ]
Arxiv ichida: doc