Kimyo fanining vazifalari va ahamiyati Reja: Materiya va modda, kimyo fani. Kimyo fanining vazifalari va ahamiyati. Kimyo fanining tarixi va ilmiy kimyoning boshlanishi . O'zbekistoning xom ashyo resurslari Xulosa. Tayanch iboralar. Modda, fizik konstantalar, kimyoviy hodisalar, organik kimyo, noorganik kimyo, umumiy kimyo . Materiya va modda. Kimyo fani butun olamni, uning nixoyatda xilma xil formalarini va olamdagi sodir bo'lib turadigan har xil hodisalarni tekshiruvchi tabiiy fanlar katoriga kiradi. Butun tabiat, butun olam, inson ongidan tashqarida va uning ongiga bog'liq bo'lmagan holda obyektiv ravishda mavjuddir. Olam materiyadan iborat, bu narsalarning xammasi doimo harakat qilib turadigan materiyaning har xil turlaridir. Materiyani, tabiatni kuzgalmas deb tinch holatda turadi deb uylamaslik zarur, u doimo harakatda, o'zgarish va rivojlanishdadir. Materiyaning muayyan sharoitda uzgarmas fizik xossalarga ega bo'lgan xar bir turi kimyo fanida modda deyiladi. Masalan: suv, osh tuzi, oltingugurt, oxak, soda, shakar, kislorod va boshqa moddalardir. Xar bir modda o'ziga xos xossalarga ega, moddaning fizik xossalarini yani zichligi, suyuklanish temperaturasi, eruvchanligi va boshqa xossalarini tavsiflovchi kattaliklar, yani muayyan sharoitda uzgarmas qiymatga ega buladigan kattaliklar fizik konstantalar deyiladi.(lotincha konstanta-uzgarmas demakdir.) Moddalarda xilma-xil o'zgarishlar bo'lib turishini ko'p kuzatganmiz: nam havoda turgan temir buyum zanglab koladi, yongan utindan ozgina kul koladi. Moddalarni tubdan uzgartirib, ularni boshqa moddalarga aylanishiga olib keladigan hodisalar kimyoviy hodisalar deyiladi. Kimyo fani moddalar, ularning tarkibi va tuzilishi, xossa-larini moddalarning bir-biriga aylanishini o'rganadigan fandir. Mavjud barcha moddalar 107 ta elementlardan hosil bo'ladi, bu moddalar o'z tarkibiy kismi bilan bir-biridan farq qiladi. Barcha organik birikmalar tarkibida S-uglerod elementi bo'ladi, shuning uchun S-uglerod birikmalarini o'rganadigan kimyoning bu sohasini organik kimyo fani o'rganadi. Kolgan barcha elementlarning birikmalarini va bu moddalarning o'zaro munosabatlarini noorganik kimyo fani o'rganadi. Moddalarning tarkibi va kimyoviy birikmalarning tuzilishi, kimyoviy jarayonlarning qonuniyatlarini umumiy kimyo fani o'rganadi. Kimyo fanining vazifalari va ahamiyati kishilik jamiyatini ozik-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash uchun zarur buladigan moddalar ishlab chiqarish. a)ozik-ovqat mahsulotlarini etishtirish uchun zarur buladigan mineral o'g'itlar yetkazib berish, yangi-yangi o'g'itlarni ishlab chiqarish b) o'simliklarning kasalliklariga qarshi kurashadigan zaharli ximikatlar ishlab chiqarish va bu borada yangi izlanishlar olib borish. v) o'simliklarning rivojlanishida mikroelementlarning rolini o'rganish va ekinlarni oziqlantirish. kishilik jamiyatini kiyim-kechak bilan ta'minlash maqsadida: a) kimyoviy tolalar ishlab chiqarish; b) sun'iy charm ishlab chiqarish; v) kauchuk va rezina mahsulotlari ishlab chiqarish; g) buyoklar ishlab chiqarish; d) har xil polimerlar (plastmassalar) ishlab chiqarish; insoniyat yashayotgan muhitning ekologik muammolarini xal qilish. odamlar salomatligini saqlash maqsadida turli xil dori-darmonlar ishlab chiqish. qurilish materiallarini ishlab chiqarish va bu borada yangi izlanishlar bilan shugullanish. Turli xil ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.01 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.01 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc