Kimyo farmatsevtika korxonalari havosining hamda mahsulotlarning chang va mikroblar bilan ifloslanishini gigiyenik tavsifi

Kimyo farmatsevtika korxonalari havosining hamda mahsulotlarning chang va mikroblar bilan ifloslanishini gigiyenik tavsifi

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo farmatsevtika korxonalari havosining hamda mahsulotlarning chang va mikroblar bilan ifloslanishini gigiyenik tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Kimyo farmatsevtika korxonalari havosining hamda mahsulotlarming chang va mikroblar bilan ifloslanishini gigiyenik tavsifi Reja: 1.Aerodinamik tizimlar 2.Kimyo-farmatsevtika korxonalari havosining hamda mahsulotning mikroblar bilan ifloslanishini gigiyenik tavsifi. 3.Profilaktik chora-tadbirlar. Aerodinamik tizimlar Aerozollar atamasi U. Gibbs tomonidan amalga kiritilgan bo'lib, umumiy ma'noda muallaq holatdagi mayda zarrachalardan iborat va ular quyidagi xususiyatlarga ega. Aerozol zarrachalarining eng muhim xossasi yuza energiyasining umumiy energetik balansdaig hissasining salmoqliligidan iborat. Bu ayniqsa tomchilarda yaqqol namoyon bo'ladi, tomchi shakli mavjudligining o'zi yuza tortishuvi bilan bog'liqdir. Zarrachalarning xossalari ularning o'lchami, shakli, kimyoviy tarkibi va barqaror assotsiatlarni hosil qilish qobiliyati bilan belgilanadi. O'lchamlari faqat kimyoviy reaksiyalar natijasida Yiriklashishi mumkin bo'lgan molekulalardan farqli o'laroq, dispers zarrachalar o'lchamlarining kattalashishi tarang bo'lmagan mexanik to'qnashuvlar hisobiga yuz beradi. Bu yerdagi asosiy jihat qo'shilish natijasida yuza energiyasining kamayishi va, tegishlicha, energetik qulayroq holatga o'tishdir. Zarrachalar qo'shilish (shuningdek chegara yuzaga cho'qish) qobiliyatini, agar ularning o'lchamlari -10 - 100 molekulyar o'lchamdan oshgandagina orttiradi, deb hisoblanadi. Molekulalarga xos bo'lgan o'lcham sifatida Borovskiy radiusi qabul qilingan bo'lsa, 100ta molekulaning birikuvi ≈ 109 ≈ m. ga teng o'lchamga ega bo'ladi Qo'pincha aynan mana shu 0.001 MKM kattalik aerozollar o'lchamlarining quyi chegarasi sifatida qaraladi. Aerozol zarrachalari o'lchamlarining yuqori chegarasi o'rganilayotgan tizimlar xususiyatlariga bog'liq holda keng doiraga ega bo'ladi. Masalan, 100 mkm ga teng chegarani suv tomchilari sedimentatsiyasi cheklovlaridan kelib chiqib tanlash mumkin. Momoqaldiroqli bulutlarda yuz beradigan atmosfera hodisalarida bu kattalik millimetr ulushlarigacha oshishi mumkin. Dispers tizimlar harakati haqidagi masalalarda zarrachani aerozollar guruhiga kiritish mezoni sifatida harakatlanayotgan gazga qo'shilib ketish qobiliyati qabul qilinadi. Ushbu holda yuqori chegara millimetr ulushiga teng bo'ladi. Moddaning fazaviy holatlaridan farqli o'laroq, barcha aerodispers tizimlar mavjudligi yuzaga cho'qish, tashqi maydonlarda sedimentatsiyalanish hamda koagulyatsiya oqibatidagi beqarorlik ko'rinishida yakun topadi. Qudratli barqarorlashuv mexanizmlari, masalan, ikki qavatli elektr qatlamiga ega bo'lgan gidrozollar bilan taqqoslanganda, aerozollar uchun bunday omillar yo'q. Bitta moddaning fizik va kimyoviy xossalari massiv namunada hamda ingichka dispers ko'rinishda bir-biridan ancha farq qilishi mumkin. Modda o'zi kirishmaydigan kimyoviy reaksiyaga aerozol shaklda agregat holatlardan bittasida bo'lgan holda kirishishi mumkin. Masalan, ayrim metall kukunlari va changlarining o'z-o'zidan alangalanib ketish xossasi hammaga ma'lum. Mayda zarrachalar tuzilmaning tartiblilik darajasi pastligi oqibatida bir-biriga massiv namunaga qaraganda osonroq yopishib qoladi. Mayda zarrachalar elektrofizik va optik xossalar ham o'zgaradi: yuzadagi molekulalar o'tkazuvchanlikka, nurlanish va yutish spektrlariga sezilarli hissa qo'shadi. Aerozollar o'zaro ta'sirlashayotgan zarrachalar uchun o'ziga xos ansambl bo'lib, unga, masalan koagulyatsiya, yorug'likni tarqatish va yutish kabi kollektiv effektlar xos. Aerozollar tasnifi va generatsiyasi usullari Aerozollarni tasniflashga turlicha yondashuvlar mavjud. Tasniflashning asosiy parametri sifatida muallaq zarrachalarning agregat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 112.33 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 112.33 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga