Kimyo farmatsevtika korxonalarida fizikaviy omillarning gigiyenik tavsifi

Kimyo farmatsevtika korxonalarida fizikaviy omillarning gigiyenik tavsifi

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo farmatsevtika korxonalarida fizikaviy omillarning gigiyenik tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Kimyo farmatsevtika korxonalarida fizikaviy omillarning gigiyenik tavsifi Reja: Shovqinning fizikaviyaviy-gigenik xarakteristikasi Vibratsiya, vibratsiya kasalligi, profilaktikasi Profilaktika tadbirlari Shovqin, tebranish va ultratovush o'zining fizikaviy tabiati bo'yicha qattiq jismlar, gazlar va suyuqliklarning mexanik tebranishlaridir. Keyingi o'n yillikda ishlaydiganlarga ham va aholining boshqa tabaqalariga ham ularning zararli ta'sir etish imkoniyatlari keskin ortdi. Buning sababi texnika progressining ishlab chiqarish protsesslarini mexanizatsiyalashga, asbob - uskunalar quvvatining va qo'zg'alish tezligining ortishiga, transportga, mexanik tebranishlarning ancha intensiv yuzaga kelishi bilan kuzatiladigan yangi texnologik usullarni joriy etishga asoslangan. Shovqinning eshitish a'zosiga zararli ta'siri qadimdan ma'lum; keyingi vaqtlarda uning organizmga ta'siri har tomonlama o'rganilmoqda. Mashhur gigiyenist prof. Ye. S. Andreyeva - Galanina tomonidan shovqin kasalligining alohida nozologik shaklini ajaratish taklif etilgan. 40-50 yillarda tebranish ta'siri natijasida rivojlanadigan kasallik uning tomonidan batafsil o'rganilgan va uni tebranish kasalligi bilan yuzaga keladigan simptomokopleks deb atash taklif etilgan. Muhit fizikaviy omillarining, ayniqsa shovqinni ishchilar va butun aholi sog'lig'iga zararli ta'sirining olidini olish hozirgi vaqtda ulkan ijtimoiy muammodir. Shovqin Fizikaviyaviy - gigenik xarakteristikasi. Shovqin har xil kuch va balandlikdagi, vaqt jihatidan tartibsiz o'zgaradigan va yoqimsiz subyektiv sezgilarni yuzaga keltiruvchi tovushlar yig'indisidir. Fizikaviyaviy nuqtai nazardan tovushlar eshitiladigan chastotalar diapazonidagi tarqaluvchi mexanik tebranadigan xarakterlardir. Masalan, muvozanati buzilgan tor tebrana boshlaydi va biz ma'lum sifatli tovushni eshitamiz: qattiq yoki sekin, baland yoki past. Tovush to'lqinni havoda tarqalishi mumkin, bu ishlab chiqarishdagi, shuningdek, suyuqliklardagi va qattiq jismlardagi shovqinga nisbatan eng katta ahamiyatga ega. Suv ostida turganda yoki poezd yaqinlashayotganda uning relsiga quloq tutish bilan bunga ishonish mumkin. Stanoklar ishlashi, qo'l asbobidan foydalanishdagi zarba, ishqalanish, sirg'anish, suyuqlik va gazlar oqishi natijasida tebranuvchi harakatlar yuzaga keladi, ular havo muhitiga o'tkaziladi va unda tovush hosil qilib tarqaladi. Tovush to'lqini mexanik tebranishlar manbaidan havoning zichlashish va siyrakulashish zonasi shaklida tarqaladi. Tovushlarning hosil bo'lish sababiga ko'ra ular mexanik, aero va gidrodinamik tovushlarga bo'linadi. Mexanik tebranishlar amplitudasi va chastotasi bo'yicha xarakterlanadi. Amplituda - zichlashish va siyraklashishlarda bosim o'zgarishining eng katta ko'rsatkichi, chastota - 1 s. dagi to'liq tebranishlar soni. Uning o'lchov birligi gers (Gs) - sekundagi bir marta tebranishdir. Tebranish amplitudasi jaranglashning bosimi va kuchining (intensivligining) darajasini belgilaydi: u qanchalik katta bo'lsa, tovush bosimi shunchalik katta va tovush qattiq bo'ladi. Tovush bosimi bir marta o'lchanadi. Bar - atmosfera bosidaqiqaing milliondan bir yoki 1 mgsm 2 ga teng bo'lgan bosimdir. Tovush to'lqini 1 sm 2 ga vattlarda o'lchanadigan ma'lum mexanik energiyaga ega. Bu kattaliklarni quyidagi misollarda tasavvur qilish mumkin: shivirlab so'zlaganda tovush bosimi 1 m masofada taxdaqiqaan 0,01 bar, so'zlashganda - 1 bar atrofida, ishlayotgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.79 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.79 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga