Kimyo farmatsevtika korxonalarida kimyoviy faktorlarining gigiyenik tavsifi Reja: 1.Atmosfera havosi. 2.Kimyoviy ishlab chiqarish zararlarining umumiy gigiyenik tavsifi 3.Kimyoviy factor ta'sirini oldini olish chora tadbirlari Atmosfera havosi Troposferadagi atmosfera havosining tabiiy tarkibi nisbiy doimiyligi bila xarakterlanadi: 78,08 foizini azot, 20,95 foizini kislorod, 0,03 foizini uglerod oksid gazi, 1 foizdan biroz ortig'ini inert gazlar tashkil qiladi. Ammo insonning jadal xo'jalik faoliyati atmosfera kimyoviy tarkibini keskin o'zgartirib yubordi, shuning uchun Yerda ifloslanmagan havoli hududlar deyarli qolmagan. Shunga qaramay, havoning fiziologik va gigiyenik ahamiyati birinchi navbatda uning kimyoviy tarkibi bilan bog'liq. Kislorod juda katta fiziologik ahamiyatga ega, chunki usiz organizmda oksidlanish-qaytarilish jarayonlari bormaydi. Organizm tinchik holatida bir daqiqada 350 ml kislorod sarflaydi, jismoniy ishda esa bu ko'rsatkich 500 ml gacha oshadi. Odam organizmida kislorod zaxirasi deyarli bo'lmaydi. Qonesa kislorodning partsial bosimi 160 mm simob ustuniga teng bo'lganda kislorod bilan yetarlicha to'yinadi, organizm evolyutsiya jarayonida shu bosimga moslashgandir. Kislorodning bunday partsial bosimi normal atmosfera bosimida kuzatiladi. Balandlikka ko'tarilganda, yuqorida aytilganidek, atmosfera bosimi pasayadi, bunda kislorodning partsial bosimi ham kamayadi. Kislorod katta sanitar ahamiyatga ham ega: u havoda, suvda, tuproqda mavjud organik va anorganik moddalarni oksidlaydi va bu bilan ularning tozalanishiga, ya'ni san'atsiyasiga yordam beradi. Atmosfera havosidagi uglerod oksidi gazi 0,03 foizni tashkil etadi va juda muhim ahamiyatga ega. Ushbu gazning fiziologik roli shundan iboratki, u kichik kontsentratsiyalarda nafas olish markazini qo'zg'atadi va nafas olish harakatini keltirib chiqaradi. Biroq kontsentratsiya 1 yoki 2 foizga yetganda SO2 nafas yetishmasligini keltirib chiqaradi, 4 foizdan yuqori kontsentratsiyada esa organizmga zaharli ta'sir ko'rsata boshlaydi. Uglerod oksidi gazi nafas olishda ajralib chiqadi, ya'ni aksariyat biokimyoviy jarayonlarning oxirgi mahsuloti bo'lib, chirishda, yonilg'i yonganda, sanoat korxonalari ishida ajralib chiqadi, o'simlik organizmida fotosintez orqali SO2 o'zlashtirilmaganida edi, atmosfera havosida SO2 tez to'plangan bo'lardi. Bu esa katta sanitar ahamiyatga ega. Agar gap turarjoylar, jamoat binolari, kasalxona palatalari, ya'ni odamlar bo'ladigan xonalar haqida ketadigan bo'lsa, havoda SO2 miqdorining ortishi ularning yetarlicha shamollatilmasligi bilan bog'liq. Ushbu xonalar uchun havodagi SO2 ning yo'l qo'yiladigan kontsentratsiyasi 0,1 foizga teng. Bu miqdor biroz ortganda organizmga zaharli ta'sir kuzatilmaydi, ammo bu havo turli antropogen mahsulotlar bilan to'yinganidan dalolat beradi, shuning uchun SO2ni turarjoy va jamoat binolari havosi tozaligining bilvosita ko'rsatkichi hisoblanadi. Havoning asosiy qismini azot tashkil etadi. Uning organizmlar hayot faoliyatidagi roli juda ulkandir, chunki azotning doimiy aylanishi sodir bo'ladiki, unda tirik organizmlar va o'simliklar har yili 360 mln. Tonnagacha azotni o'zlashtiradi, 1 tonna neft yonganda esa 15 kg azot ajraladi. Biroq azotning odam organizmidagi fiziologik roli haligacha yaxshi o'rganilmagan. Hisoblanishicha, ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.39 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.39 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc