Kimyo farmatsevtika korxonalarining ventilyasiyasiga va yoritilganligiga qo'yiladigan gigiyenik talablar Reja: Ventilyasiya turlari va tizimlari Kimyo - farmatsevtika korxonalarining ventilyasiyasiga qo'yiladigan gigiyenik talablar Kimyo - farmatsevtika korxonalarining yoritilganligiga qo'yiladigan gigiyenik talablar Ventilyasiya turlari va tizimlari Odatda, toza xonalardan o'z vazifasi, ishonchliligi, sifati va xavfsizligi bo'yicha aniq talablarga javob berishi kerak bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalaniladi. Toza xonalarda olib boriladigan ko'plab jarayonlar texnik taraqqiyot yutuqlariga asoslangan. Bunday xonalarda murakkab va qimmat turuvchi texnologik uskunalar o'rnatiladi. Har qanday vaziyatlarda ham ular to'g'ri ishlashi va ishonchlilik talablariga to'liq javob berishi lozim. Bu ma'noda toza xona sifat zanjiridagi harl qiluvchi bo'g'indir. Foydalanuvi unga ishonishi va uning to'g'ri ishlashiga qat'iy ishonch hosil qilishi shart. Qo'yilgan talablarga aniq mos kelish - toza xonani yaratishga jalb qilingan barcha ijrochilar va ta'minotchilar erishishlari kerak bo'lgan umumiy mahrajdir. Ammo ta'minotchini tanlashda qiymat omili ham muhim omil hisoblanadi. Bu borada optimal narx siyosatini belgilash zarur bo'lib, aynan mana shu bozordagi muvaffaqiyat kalitini beradi. Iqtisodiy samaradorlikni optimallashtirish Bir yo'nalishli havo oqimi hozirgi paytda va yaqin kelajakda havo tozaligining eng yuqori talablariga javob beradigan usul hisoblanadi. Ammo buning qiymati ancha yuqori, chunki u havoning katta sarfini taqozo etadi. Havo tsirkulyatsiyasi tizimi qiymati havo sarfiga proportsionaldir. Toza xonani loyihalashtirishga ijodiy yondashuv havo sarfini eng kam darajaga tushirishni talab qiladi. Buni, masalan, havo tozaligiga qo'yiladigan talablarni chuqur o'rganish, xavf omillarini tahlil qilish; imkoniyat bo'lgan joylarda turbulent oqimlardan foydalanish; yuqori ishonchlilik darajasini faqat xavf-xatarni tahlil qilish natijalari bo'yicha zarur bo'lgan texnologik jarayonlarda ta'minlash; jarayonning geometriyasini hisobga olgan holda bir yo'nalishli havo oqimining tezligini minimumgacha tushirish; to'siqlar yoki plastik pardalar yordamida atrofmuhitdan to'sish yo'li bilan bir yo'nalishli havo oqimining kritik zonalarini cheklash orqali ta'minlash mumkin. Har qanday himoya sxemalarini loyihalashtirishda boshlang'ich nuqta - himoyalanadigan jarayondir. Unga operatsiyalarning ketma-ketligi, rejalashtirish yechimlari, uskunalarning joylashuvi va jarayonning spetsifikasi, materiallar oqimlari va yordamchi zonalar bilan belgilanadigan tozalikka talablar kiradi. Bular qanchalik aniq bo'lsa, toza xonalar tamoyillarini qo'yilgan vazifaga shunchalik to'liq moslashtirish mumkin. Kimyo - farmatsevtika korxonalarining ventilyasiyasiga qo'yiladigan gigiyenik talablar. Xonadagi havo retsirkulyatsiyasi qurilmalari Agar toza havo bilan faqat kichik zonani himoya qilish talab etilayotgan bo'lsa (masalan, tadqiqot laboratoriyasi uchun), eng oddiy va iqtisodiy samarali yechimga toza ish joylaridan foydalanish hisobiga erishish mumkin. Bunday ishchi zonalar tarmoqqa ulanadigan va xonaning o'zidagi havodan foydalanadigan avtonom qurilmalardir. Shunday qilib, ular umumiy havoni konditsionerlash tizimiga bog'liq emas. Harorat va nisbiy namlikni boshqarish havoni konditsionerlash tizimidan tashqarida amalga oshiriladi. Havo retsikulyatsiyasiga bog'liq qurilmalarga boshqa misol - ular ham toza havo qurilmalari deb ataladi - cheklangan ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
350.27 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
350.27 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc