Kimyo kursida kimyoviy bog'lanish moddalarning tuzilish nazariyasini o'rganish

Kimyo kursida kimyoviy bog'lanish moddalarning tuzilish nazariyasini o'rganish

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo kursida kimyoviy bog'lanish moddalarning tuzilish nazariyasini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Kimyo kursida kimyoviy bog'lanish moddalarning tuzilish nazariyasini o'rganish Reja: 1. Kimyoviy bog'lanishning asosiy tavsiflari 2. Kovalent bog'lanish. Qutbli va qutbsiz kovalent bog'lanishlar 3. Molekulalararo ta'sir kuchlari 4. Ion va metall bog'lanish O'rganiladigan asosiy tushuncha va qoidalar: Kimyoviy bog'lanish, bog'lanish energiyasi, kovalent bog'lanish, qutbli va qutbsiz kovalent bog'lanish, molekulalararo ta'sir kuchlari, ion va metall bog'lanish, vodorod bog'lanish. Bu mavzular bir necha darslar mobaynida kichik mavzularga bo'lib o'rganiladi. Kimyoviy elementlarda elektrmanfiylik mavzusida: a). Kimyoviy elementlarda elektrmanfiylik hodisasining kuchliligi, elektron berish, nometallik xossasining kuchliligi elektron qabul qilish bilan bog'liqligini misollar yordamida o'quvchilarga singdirish; b). O'quvchilarning metall va metalmas elementlar va ularning xossalari haqidagi bilimlari tushunchalarini rivojlantirish. O'qituvchi yangi materialni bayon etish haqida tuzilgan rejaga ko'ra darsda quyidagilar to'g'risida batafsil ma'lumot beradi: Kimyoviy bog'lanish xarakteri, element tabiatiga, ularning tuzilishi va xossalariga bog'liq. Kimyoviy bog'lanish xususiyatlarining atomlarini elektrmanfiylik deb ataluvchi xossasi belgilaydi. Metallik xossalari o'ziga elektronlarni tez biriktirib oluvchi elementlar atomida metallmaslik xossalari erkin namoyon bo'ladi. Xususan, a). Elementlar davriy sistemasida davrning boshida joylashgan elementlar atomi valent elektronlarini oson chiqaradi, Demak, ularda metallik xossasi yaqqol namoyon bo'ladi; b). Davrning o'rtasida joylashgan elementlar atomlari valent elektronlarini qiyinchilik bilan beradi, demak, ularning oksid va gidroksidlari amfoter xossasiga ega. v). Davrning oxirida joylashgan elementlar atomlari elektronlarni tez qabul qilib oladi, demak, bu elementlarda metallmaslik xossasi kuchli namoyon bo'ladi. Kimyoviy element atomining o'z sirtqi qavatini tugallash uchun boshqa atomlardan elektronlar tortib olish xossasi elektromanfiylik deb ataladi. Elektrmanfiylikni ifodalash uchun litiyning elektrmanfiylik bir deb qabul qilingan. II davr elementlarining elektrmanfiyligi quyidagi ko'rinishda bo'ladi. Metallarda elektrmanfiylik ikkidan kichik, metallmaslarda ikkidan katta. Elektrmanfiyligi eng kuchli element - ftor bo'lib, uning elektrmanfiyligi 4 ga teng. Davriy sistemada elektrmanfiylik quyidagicha namoyon bo'ladi. Kimyoviy bog'lanishning asosiy tiplari mavzusida: a). Darsda o'quvchilarga elementlar orasidagi elektrmanfiylik tushunchasiga muvofiq sodir bo'ladigan kimyoviy bog'lanish tiplari (ion bog'lanish, metall bog'lanish, kovalent bog'lanish, qutbli va qutbsiz bog'lanish, vodorod bog'lanish) haqida, elektronlarning bir element atomidan ikkinchi element atomiga kuchishi yoki siljishi haqida bilim berish. b). O'quvchilarga kimyoviy elementlar va ular hosil qilgan birikmalarning orasida qanday bog'lanishlar mavjud bo'lishini farqlay olish bog'lanishlar hosil bo'ladigan sxemalarni chiza bilish qobiliyatlarini tarbiyalash. Darsni quyidagi savollarni takrorlashdan boshlash mumkin: 1. Natriy, alyuminiy, oltingugurt, xlor elementlari atomlarining elektron sxemalarini chizing. 2. Shu elementlar tashqi elektronlar qobig'ida tugallanmagan elektron qobiq bo'lishi uchun nechta elektron yetishmaydi. 3. Ishqoriy metallar va galogenlar atomlarining tashqi elektron qobiqlari bir-biridan qanday farq qiladi? Quyilgan savollarga javob beradigan yangi materiallar mazmunini o'qituvchi quyidagi reja asosida tushintiradi: Elementlardagi elektrmanfiylik tushunchasiga muvofiq kimyoviy bog'lanish tiplarini oldindan aytish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.6 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.6 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga