KIMYO FANI VA UNING PREDMETI Tabiatda inson paydo bo'lishi bilan unda tabiatni, atrof muhitni o'rganish va undan foydalanish ko'nikmalari paydo bo'lgan. Hayotning rivojlanishi, insonning o'zi va atrof muhitni o'rab turgan borliqni o'rganishga intilish natijasida tabiat va jamiyat to'g'risidagi fanlar kelib chiqqan. Shunday tabiiy fanlar qatoriga kimyo fani ham kiradi. Kimyo fani atrofdagi barcha borliqni, uni tashkil etgan tarkibiy qismlarni moddalardan iborat deb qaraydi. Moddalarni o'rganishbilan borliqni o'rganadi. Shu sababli kimyo-moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularning bir turdan boshqa turga aylanishi sababi va qonunuyatlarini o'rganadigan fan. Kimyo fanining predmeti (o'rganadigan obyekti) -moddadir. Kimyo sanoat to'g'risidagi fandir. Kimyo fani boshqa fanlardan shunisi bilan farq qiladiki, bu fanning natijalari aniq ishlab chiqarish (kimyo sanoati) sohalarida qo'llaniladi, fanning bu sohasi kimyoviy texnologiya deb nomlanadi. Kimyoviy texnologiya kimyo fanining chuqur ilmiy tekshirishlar natijasida ishlab chiqilgan uslub, qonuniyatlar va iqtisodiy hisoblashlarga tayangan holda xalq xo'jaligida foydalaniladigan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish va ularning muammolari bilan shug'ullanadigan bo'limdir. Mavjud kimyoviy texnologik jarayonlar kimyo fanining sanoat fani ekanligini ko'rsatadi va oziq-ovqat, yengil va to'qimachilik, kimyoviy o'g'itlar, sintetik polimerlar, sintetik yuvish vositalari, metallurgiya, neft va gazni qayta ishlash sanoati va dori-darmonlar ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi. Kimyo fanidan takomillashtirilgan davlat ta'lim standarti. O'quvchilar kimyo asoslariga oid quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari shart: -moda, uning tarkibi, tuzilishi, xossalari, tarkibini bilish; -kimyoviy elementlar va ularning birikmadagi valentligini hamda kimyoviy formulani tuza bilish; -kimyoviy qonunlar va nazariyalarni, atom-molekulyar ta'limotni bilish; -anorganik birikmalarning eng muhim sinflari: oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarning tarkibi, xosalari, qo'llanilishi hamda ular orasidagi genetik bog'lanishni bilish; -atom yadrosi tarkibi, elementlar zarrachalarini bilish; -kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasini bilish; -kichik va katta davr elementlarining atom tuzilishlarini hamda elektron formulalarini tasavvur qila olish; -elektronlarni yadro atrofida harakatlanishini, kvant sonlari haqida tasavvurga ega bo'lish; -yadro reaksiyalari va sun'iy radioaktivlik haqidagi tushunchalarga ega bo'lish; -kimyoviy bog'lanish turlarini bilish; -kimyoviy reaksiyadagi asosiy qonuniyatlarni anglash; -kichik davrda joylashgan kimyoviy elementlar tavsifini bilish; -kislota, ishqor, tuzlarning dissotsiatsiyalanishini yoza olish; -ion almashinish tenglamalarini yoza olish; -metall va metallmaslarning ayrim vakillari (vodorod, kislorod, galogenlar, oltingugurt, azot, fosfor, uglerod, kremniy, ishqoriy metallar, kalsiy, magniy, alyuminiy, temir ) xossalari va qo'llanilishini bilish; -buyuk allomalarimiz va ularning kimyo rivojiga qo'shgan hissalari haqida tasavvurga ega bo'lish; O'zbekistonda olinadigan kimyoviy xom ashyolar va ularning mohiyatini anglash; -organik moddalarning tuzilish nazariyasini tushuntira olish; -organik birikmalarning (to'yingan uglevodorodlar, to'yinmagan uglevodorodlar, benzol, bir atomli to'yingan spirtlar, fenollar, sirka aldegidi, sirka kislotasi, aminlar, anilin, uglevodlar, aminokislotalar, oqsillar ) xossalari va qo'llanilishini tushuntira olish; -anorganik va ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.43 MB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.43 MB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: ppt