Kimyo o'qitish jarayonida o'quvchilarni bilim va ko'nikmalaini rivojlantirish Reja: Rivojlantiruvchi ta'limning psixo - pedagogik asoslari. Kimyo mazmuni tizimi o'quvchilarni rivojlantirish manbai. Rivojlantiruvchi ta'limda kimyoviy umumlashtirishlarning ahamiyati. O'quvchilarni yakkama-yakka munosabat orqali rivojlantirish. Muammoli ta'lim o'quvchini rivojlantirish manbai. O'rganiladigan asosiy tushunchalar: Rivojlantiruvchi ta'limning psixo - pedagogik asoslari, rivojlantiruvchi ta'limda kimyoviy umumlashtirishlarning ahamiyati, o'quvchilarni yakkama-yakka munosabat orqali rivojlantirish, muammoli ta'lim o'quvchini rivojlantirish manbai. Rivojlantiruvchi ta'limni vazifasi dastlab o'quvchilarda mustaqil bilim egallash ko'nikmalarini shakllantirish, ularda mehnat qilish uchun o'quv malakalarni shakllantirish lozim. Darsda qo'llanilayotgan moddalar, turli xil jihozlar bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirish, ular bilan ishlashda texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilsin. Bo'layotgan kimyoviy hodisalarni kuzata bilish, uning mohiyatini aniqlash, tahlil qilish, taqqoslash, o'z mulohazalarini ayta bilish, darslik, qo'llanmalar ommabop adabiyotlardan foydalanish. Ta'lim jarayonida o'quvchilar yangi bilim o'quv malakalar egallaydilar. Bu juda murakkab jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda o'quvchi bilimlar mohiyatini birinchi marta eshitadi. Bu holda hali bilimlar endi shakllana boshlaydi. Bilimlar mustahkam bo'lmagan sayoz dastlabki o'zlashtirishdir. Biz buni ta'lim jarayonining dastlabki didaktik vazifasi deb bilamiz. Demak materialni chuqur va mustahkam egallab olish uchun qo'shimcha ishlash talab etiladi. Bu talab ikkinchi didaktik vazifadir. Olingan zahira bilimlarni faoliyatga, amaliyotga tadbiq etish orqali ular rivojlanadi, bu esa ta'lim jarayonining uchinchi didaktik vazifasidir. Aynan shu jarayonda bilim, ko'nikma malakalar yoki tayanch bilimlar sayqal topib o'quvchining o'z mulkiga aylanadi. Sayqallanib, shaxsiy mulkka aylangan bilim o'quvchining mustaqil hayot faoliyati davrida - inson uchun yo'lchi yulduzga aylanadi. Rivojlantiruvchi ta'limning asosiy pedagogik qoidalari: Ta'limni yuqori darajada o'rtacha og'irlikda tashkil etish; O'quv materialini tez va o'quvchiga tushinarli holda o'rgatish; Nazariy bilimlar salmog'ini tezda oshirish; Bilimlarni ongli o'zlashtirish bilan ongli holda faoliyatda qo'llash; O'quvchi olgan bilimlarni faoliyatda ongli holda qo'llasagina undagi bilimlar rivojlanadi. Rivojlantiruvchi ta'limning psixologik holatlari; Bilimlarni qo'llaganda, qanday fikrlash xatti - harakat lozimligiga e'tibor berish. Bilimlarning rivojlanishi mustaqil, ijodiy ishlash rivojlanishining asosidir 2) Intellektual ko'nikmalar shakllanishi va rivojlanishi; o'quvchiga logik fikrlash xossalarini chog'ishtirish, tahlil qilish, sintezlash ulardan eng muhimlarini ajratib olib xulosa chiqarish, umumlashtirish. 3) O'qish faoliyatini to'g'ri tashkil eta bilish (o'qishni o'rganish.) - O'quvchilar rivojlanishining asosiy manbai kimyo kursi mazmunining o'zi bo'lib hisoblanadi. Sinfdan sinfga ko'chgan sayin bola shaxsi rivojlana boshlaydi. Maktab kimyo kursi dasturi nazariy masalalari rivojlanib, chuqurlashib, murakkablashib borish tartibida tuzilgan. Bu tuzilish tayanch bilimlarning yana yuqori darajada izohlanishi va o'rganishga olib keladi. Natijada o'quvchi shaxsi ham rivojlanadi. - Rivojlantiruvchi ta'limda kimyoviy umumlashmalar katta ahamiyat kasb etadi. O'rta maktab kimyo kursida maxsus umumlashma mavzular mavjud M: Anorganik birikmalarni eng muhimi sinflar haqidagi birikmalarni umumlashtirish; Davriy qonun, davriy sistema hamda anorganik birikmalar ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:41:24
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.04 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:41 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.04 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc