Kimyo o'qitish jarayonida o'quvchilarni tarbiyalash

Kimyo o'qitish jarayonida o'quvchilarni tarbiyalash

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo o'qitish jarayonida o'quvchilarni tarbiyalash - rasmi

Material tavsifi

Kimyo o'qitish jarayonida o'quvchilarni tarbiyalash Reja: 1. Maktab kimyo kursi asosida tarbiya berish va dunyoqarash g'oyalarini shakllantirish. 2. Dunyoqarash g'oyalarini shakllantirish bosqichi 3. Ta'lim jarayonida o'quvchilarni tarbiyalashga yalpi yondashiash 4. Kimyo ta'limi jarayonida vatanparvarlik tarbiyasi. Barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish hamma vaqt ham maktabning muhim vazifasi bo'lib hisoblanadi. Har qanday ijtimoiy tuzum tarbiya oldiga o'z talablarini qo'yadi. Bizning mustaqil demokratik fuqorolik jamiyatimiz ham shunday talablarni qo'yadi. Bu talablar «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» da o'z ifodasini topgan. Kimyo ta'limining mazmuni ham o'quvchilarda ilmiy- materialistik dunyoqarash g'oyalarini hosil qiladi. Bunga erishish uchun tizimli, fan asoslarini amaliyot bilan bog'lab o'qitish talab etiladi. Maktabda kimyo o'qitishning tarbiyaviy vazifasi o'quvchilarda dastlab mehnatga ongli ehtiyoj sezish, o'z xalqining tarixan shakllangan an'analariga sodiq bo'lish, insonlar qadriga yetish va shu orqali vatanparvar va baynalminal inson bo'lib yetishishi, insonlar yashab turgan muhitni e'zozlash, mahalliy sharoitda mavjud bo'lgan tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish, xalq mo'lkini ko'z qorachig'iday saqlash, kelajakda o'z vatani va xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish, shuningdek kimyoviy bilimlar asosida ekologik e'tiqodni hosil qilishdek istaklarni tarbiyalashdan iborat. Bunda, o'qituvchi kimyo ta'limidagi o'rganiladigan mavzularning mazmunidan kelib chiqqan holda va mahalliy jarayonlarni hisobga olib o'quvchilar ongiga ekologik ta'lim- tarbiyani shakllantirib borishni taqozo etadi. O'rganilayotgan har bir mavzuning fan va qishloq xo'jaligida, o'quvchilarda vatanparvarlik g'oyalarini shakllantirish ahamiyatini ko'rsata bilish lozim. Shu bilan birgalikda kimyo predmeti mazmuni, o'quvchilardagi zahira tayanch bilimga tayanib falsafiy tushunshalar, kategoriyalar; materiya, harakat, miqdor, sifat, xossa, qarama-qarshilik, inkor, sabab, oqibat kabilarnig mohiyatini ochib berish. Kimyo kursidagi har bir mavzuning mazmunidan kelib chiqib uning o'quvchini hamma tomonlama tarbiyalashni amalga oshirish zarur. Kimyo ta'limi jarayonida o'quvchilarni milliy istiqlol g'oyasi ruhida tarbiyalash asosiy vazifa bo'lib hisoblanadi. O'quvchilar dunyoqarashni shakllantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshadi. Birinchi bosqich - Alohida g'oyalar, tushunchalar holatlarning mohiyatini anglash (tayyorgarlik bosqichi) M: Dastlabki kimyoviy tushunchalar mavzusida modda va ularning xossalari haqida tushuncha beriladi. Ikkinchi bosqich - materiyaning kimyoviy harakat shakli haqidagi tushunchalar tartibga solinadi. Davriy qonun va davriy sistema mavzusida atomlarning ichki holatlari, xossalari, ularning xossalaridagi o'xshashlik va farq qiluvchi tomonlari o'rganiladi. Uchunchi bosqich - VII-IX- sinflar oxirida o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tufayli dunyoqarash tushunchalari g'oyalari chuqurlashtiriladi va yangi material aniq tartibga keltiriladi. To'rtinchi bosqich - dunyoqarash g'oyalari tushunchalarini falsafiy nuqtai nazardan izohlash Beshinchi bosqich - materiyaning kimyoviy harakat ko'rinishlarini tabiiy ilmiy va falsafiy nuqtai nazardan tizimga kiritishdan iborat. Didaktik qonunlar mohiyatini kimyoviy misollar vositasida ochib berish. Jamiyatda ijtimoiy faol, tafakkuri keng, mulohazali mustaqqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga yalpi yondoshish talab etiladi. Tarbiyada bunday yondoshish «Ta'lim to'g'risi»dagi qonun, «Kadrlar tayyorlash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.07 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.07 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga